Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
- Sen meni nima deb o‘ylayapsan? - dedi u sekin va jaxd bilan cholning yuziga pishqirib. - Afsus, 
soqoling yo‘q, bo‘lmasa boshqalarni o‘zingdan ko‘ra ahmoqroq deb o‘ynamasliging uchun yulib 
tashlardim. Sening bug‘ularingni boshimga uramanmi. Nimasiga yana men ularni o‘ylashim kerak 
ekan. Sen meni gap bilan chalg‘itma. Qani tur, yog‘ochni ushla. To daryodan olib o‘tmagunimizcha, 
biron nima haqida g‘ing dema. U yoqda kim maktabga boryapti, kim yig‘layapti - mening ishim yo‘q. 
Bas, endi ketdik... 
Mo‘min har safargidek bo‘ysundi. U toki yog‘och joyiga bormaguncha O‘razqulning qo‘lidan 
qutulib ketolmasligini bilib, sukut saqlagancha jon-jahdi bilan ishlardi. Qalbi tug‘yon urib yotsa ham, u 
boshqa biron so‘z qotmadi. Nabirasi uni maktab oldida kutib turibdi; hamma bolalar uy-uyiga tarqab 
ketishgan, faqat yolg‘iz uning yetim nabirasigina yo‘l poylab, bobosini kutmoqda. 
Chol barcha sinfning bolalari maktabdan qanday yer tepinib otilib chiqishini, qanday uy-uyiga 
chopqillab ketishini ko‘z oldiga keltirdi. Och qolishgan. Ular yo‘ldayoq o‘zlariga tayyorlangan 
ovqatning hidini sezishadi va quvonchga to‘lib, hayajonlanib uylarning derazasi ostidan chopib 
o‘tishadi, Onalari allaqachon kutib o‘tirishibdi. Har birining chehrasida odamni quvontiradigan 
tabassum. Ona o‘ziga og‘irmi, yengilmi, bolasi uchun tabassum qilishga har qachon o‘zida kuch topa 
oladi. Hatto ona: «Qo‘llaring-chi? Qo‘llaringni kim yuvadi?» - deb o‘shqirib turganda ham baribir 
uning ko‘zlarida o‘sha tabassum yashiringan bo‘ladi. 
Mo‘minning nabirasi o‘qishga tutingan kundan beri qo‘li siyohdan arimay qoldi. Bu bobosiga hatto 
yoqib tushardi: demak, yigitcha ysh bilan mashg‘ul. Ana, hozir uning nabirasi siyohli qo‘llarida shu yil 
yozda sotib olingan portfelini ushlab yo‘lda turibdi. U, ehtimol, kutaverib charchagan va endi ko‘zini 
uzmay, otda yo‘rtib kelayotgan bobom do‘nglikda ko‘rinib qolmasmikan, deb bezovtalanib turgandir. 
Axir u hamisha o‘z vaqtida kelardi-ku. Bola har safar maktabdan chiqqanida bobosi sal narida uni 
toqatsizlik bilan kutib turardi. Hamma uy-uyiga tarqab ketar, u esa bobosi tomonga chopardi. «Ana 
bobom turibdi, chopdik!» derdi bola portfeliga. Chopib borayotib hayajonga to‘lgancha to‘xtab 
qolardi. Agar yon-verida hech kim bo‘lmasa, u bobosiga tashlanib, eski ust-boshlarining va yozgi 
quruq pichanning o‘zi ko‘nikib ketgan hididan nafas olib, yuzlarini uning qorniga ishqab quchoqlab 
olardi. O‘sha kunlari bobosi narigi qirg‘oqdan pichan tashirdi, qishda qalin qorda u yerga yetib 
bo‘ladimi. Yaxshisi kuzda tashib keltirgan ma’qul-da. Keyin ancha paytgacha Mo‘mindan to‘zg‘igan 
pichanning achqimtil hidi kelib yurdi. 
Bobo bolani o‘zining orqasiga, otning sag‘risiga mingashtirib olar, shu bilan u yokdan bu yoqdan 
gaplashib yetib kelib qolganlarini sezishmasdi. Tog‘ tepaligining ikki cho‘qqisi orasidagi 
pastqamlikdan oshib, to‘g‘ri San-Toshga kelishardi. 
Bolaning maktabga qattiq berilgani buvisining achchig‘ini keltirardi. Bola ko‘zini ochgan zahoti, 
apil-tapil kiyinib, portfeliga kitob-daftarlarni solardi. Kechasi ham portfelini yoniga qo‘yib yotishidan 
buvisining jahli chiqardi: 
- Bu yaramas portfelga buncha yopishib qolding? Shu senga xotin bo‘lib qolgandami, qaliniga 
bizni sotib yer ekansan-da... 
Buvisining gapi bolaning u qulog‘idan kirib, bu qulog‘idan chiqib ketar, qolaversa, gap nima haqda 
borayotganini ham uncha tushunib yetmasdi. Uning uchun eng muhimi maktabga kechikmaslik edi. U 
hovliga otilib chiqib bobosini shoshirardi. Faqat maktab ko‘zga tashlangandagina tinchlanardi. 
Bir safar ular baribir kechikib qolishdi. O‘tgan haftada tong xiyol yorishganda Mo‘min otda narigi 
qirg‘oqqa yo‘l oldi. Ertalab barvaqt pichanga bir qatnov qilishga qaror qilgandi. Hammasi joyida 
bo‘layotgandi, lekin yo‘lda pichan sochilib ketdi. Yana hamma pichanni qayta bog‘lab, yana otga 
ortish kerak edi. Shoshib bog‘langan pichan qirg‘oqning o‘zida yana sochilib ketdi. 
Nabirasi esa narigi tomonda kutib turardi. U g‘adir-budur toshning ustiga chiqib, portfelini silkir va 
qichqirib allakimni chaqirardi. Chol shoshar - arqon chalkashib ketgan, yechib bo‘lmas, ko‘r tugun 
tushib qolgandi. Bola esa hamon qichqirardi, shunda chol uning yig‘layotganini angladi. Pichanni ham, 
arqonni ham tashladi-da, tezroq nabirasining oldiga yetib borish uchun otga minib, uni kechuvdan 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling