Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 O‘razqul o‘zini tutolmay, otni qiyalikdan tikka changallar orasiga haydab ketdi. Mayli, Mo‘min chaqqon yog‘ochlar atrofida girdikapalak bo‘lib qolsin. Qani, u yog‘ochni eplamay ko‘rsin-chi! «Majaklab tashlayman, ahmoq cholni, vassalom», ko‘nglidan o‘tkazdi O‘razqul. Boshqa vaqtda u hech qachon yog‘och bilan bunday xavfli nishablikka o‘zini urishga yuragi betlamagan bo‘lardi. Bu safar shayton yo‘ldan ozdirdi. Mo‘min ham uni to‘xtatib qolishga ulgurmadi, faqat qichqirib qololdi, xolos: «Qayoqqa ketyapsan? Qayoqqa? To‘xta!» - yog‘och chirpirak bo‘lib aylanib, butalarni yanchib pastga yumalab ketdi. Yog‘och ho‘l va og‘ir edi. Mo‘min yog‘ochni ushlab qolish uchun pishang solmoqchi bo‘ldi. Lekin zarb shunday kuchli ediki, pishang cholning qo‘lidan otilib chiqib ketdi. Hamma ish ko‘z ochib yumguncha bo‘lib o‘tdi. Ot yiqildi va yoni bilan pastga surilib ketdi. Ot surilayotib O‘razqulni ham urib yiqitdi, U titrab-qaqshab butalarga tirmashib, ilinib, yumalab ketdi. Shu payt qalin xazon ustidagi allaqanday shoxli jonivorlar hurkib qochib qoldi. Ular talvasaga tushib, jon-jahdi bilan sakray-sakray qayinzorlar ichida g‘oyib bo‘ldi. - Bug‘ular! Bug‘ular! - qo‘rquv va shodligidan o‘zida yo‘q xursand bo‘lib qichqirdi Mo‘min. Keyin go‘yo o‘z ko‘zlariga ishonmagandek jim bo‘lib qoldi. Nogoh tog‘ qo‘yniga sukunat cho‘kdi. Zag‘chalar birdan g‘oyib bo‘ldi. Yumalab ketayotgan yog‘och yoshgina baquvvat qayinni bosib, ezib qiyalikda ilinib qoldi. Ot egar-abzali og‘ib, oyoqqa turdi. Hammayog‘i yirtilib ketgan O‘razqul emaklab bir tomonga chiqib oldi. Mo‘min kuyoviga yordamlashgani tashlandi: - O, muqaddas ona Shoxdor bug‘u! Bizni hozir u qutqazdi! Qo‘rding-ku. Bu Shoxdor ona bug‘uning bolalari. Bizning onamiz qaytib kelibdi! Qara-ya! O‘razqul yuz bergan voqeaga hali ham ishonqiramay joyidan g‘amgin holda xijolat chekib turdi- da, qoqina boshladi: - Ko‘p vaysama, chol. Yetar endi, otning abzalini chiqar. Mo‘min itoatkorona shoshilinch ravishda otning abzalini ola boshladi. - O, qudratingdan o‘rgilay, Shoxdor ona bug‘u! - u xursandligidan g‘o‘ldirashini qo‘ymasdi. - Bug‘ular bizning o‘rmonimizga qaytibdi. Shoxdor onamiz bizni unutmabdi! Bizning gunohimizdan o‘tibdi... - Hali ham g‘o‘ldirayapsanmi? - do‘q qildi O‘razqul. U endi qo‘rquvni unutgan va yana eski g‘azabi bo‘g‘ziga kelgandi. - Ertagingni aytyapsanmi? O‘zing jinni bo‘la turib, boshqalar ham ahmoqona ertagimga ishonaveradi, deb o‘ylaysanmi! - Men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Bular bug‘ular edi, - bo‘sh kelmasdi Mo‘min bobo. - Nahot sen ko‘rmagan bo‘lsang, o‘g‘lim? Sen o‘zing ko‘rding-ku. - Xo‘sh, ko‘rdim. Uchtasi chopqillab ketdi, shekilli. - Rost, uchta. Menga ham shunday tuyuldi. - Nima qipti shunga? Bug‘u bo‘lsa bug‘u-da. Mana bu yerda odam o‘z jonidan judo bo‘lishiga sal qoldi. Nimasiga quvonish kerak ekan. Bular agar bug‘ular bo‘lsa, demak, dovon ortidan kelgan. U yokda - Qozog‘istonda, tog‘ning narigi tomonida, o‘rmonlarda hali bug‘ular bor, deyishadi. U yer ham zapovednik. Zapovednikning bug‘ulari bo‘lsa ehtimol. Kelsa kelibdi-da. Bizning nima ishimiz bor. Qozog‘istonning bizga daxli yo‘q. - Balki, bizda yashab qolar ular? - orzu qilib gapirdi Mo‘min bobo. - Qani endi qolsa... - Bas endi, - uning so‘zini bo‘ldi O‘razqul. - Ketdik!.. Yog‘ochni hali ancha pastga sudrab tushish, keyin esa yana otda daryodan sudrab olib o‘tish kerak edi. Bu ham og‘ir ish. Agar yog‘och daryodan omon-eson olib o‘tilsa, so‘ngra yana mashinaga ortiladigan tog‘ yon-bag‘rigacha yetkazish darkor. Eh, qancha mehnat. O‘razqul o‘zini butunlay baxtsiz his qildi. Butun borliq unga nohaq yaratilganday tuyuldi. Tog‘lar bo‘lsa, hech nima sezmaydi, hech nima istamaydi, hech nimadan zorlanmaydi, bir joyda turgani- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling