Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
yoqtirmaydi, - deb qo‘shib qo‘ydi, xuddi aqlsiz qushlar uchun uzr so‘ragandek. 
- Kim ularga xalaqit beryapti? - keskin burilib qaradi O‘razqul. Birdan qizarib ketdi. - Allanimalar 
deb aljiysan, chol, - dedi sekin do‘q urgan ohangda. 
«Eh, - xayolga keltirdi u, - nimaga ishora qilyap-ti! Bu nimasi, uning zag‘chalari dastidan 
qarag‘ayga tegmaslik, bir shoxini ham sindirmaslik kerak ekan-da? Yo‘q, bekor aytibsan? Hozircha bu 
yerga men xo‘jayinman». U g‘azab bilan uymalashayotgan zag‘chalar galasiga qaradi: 
- Eh, pulemyot bo‘lgandami! - dedi va burilib uyatsiz so‘z bilan so‘kindi. 
Mo‘min jim qoldi. U kuyovini so‘kishini ko‘p eshitgandi. 
«Yana ayniyapti, - ich-ichidan g‘am tortdi chol. - Ichdi - hayvonga aylanadi. Nahorda bosh 
og‘rig‘iga tortsa ham - bir so‘z qotma. Odamlar nega bunday bo‘lib qolishar ekan-a? - o‘yga toldi 
Mo‘min. - Sen unga yaxshilik qilasan, u senga yomonlik qaytaradi. Uyalmaydi ham, uyalishni xayoliga 
keltirmaydi ham. Xuddi shunday bo‘lishi lozimdek. Hamisha o‘zinikini to‘g‘ri deb biladi. Faqat unga 
yaxshi bo‘lsa bo‘lgani. Hamma uning atrofida girdikapalak bo‘lishi kerak. 
Agar istamasang majbur qiladi. Yaxshiyamki, mana bunday tog‘da, o‘rmonlar orasida o‘tiradi, 
uning qo‘li ostida bitta, ikkita odami bor. Kattaroq amalga minsa bormi? Xudo ko‘rsatmasin... 
Bundaylarni joyidan siljitib ham bo‘lmaydi. Hamisha o‘z ulushini changallab qoladi. Sen bunaqalardan 
hech joyga qochib qutulolmaysan ham. Hamma joyda u seni kutib turadi, izlab topadi. O‘zining 
dorilomon yashashi uchun sening joningni sug‘urib oladi. Hamisha haq bo‘lib chiqadi. Ha, bundaylarni 
siljitib bo‘psan...» 
- Xo‘sh, yetar qaqqayib turish, - O‘razqul cholning xayollarini tarqatib yubordi. - Ketdik! - buyruq 
qildi u. Ular yo‘lda davom etishdi. 
Bugun ertalabdanoq O‘razqulning kayfiyati joyida emasdi. Ertalab, asbob-uskunalari bilan narigi 
qirg‘oqqa, o‘rmon tarafga o‘tish kerak bo‘lgan chog‘da, Mo‘min nabirasini maktabga olib borishga 
shoshardi. Bugun aqlidan ozib bo‘ldi! Har kun ertalab otni egarlaydi, bolani maktabga eltib qo‘yadi, 
keyin uni yana olib kelgani boradi. Bu tashlandiq daydi bilan ovora. Qarang-a, maktabga kechikish 
mumkin emasmish. Bu yerdagi ish shundayki, xudo biladi oxiri nima bo‘larkin, bundan chiqdi - bu 
ishni keyinga qoddirib tursa bo‘larkan-da? Shunday emasmi? «Men, deydi, bir zumda qaytib kelaman, 
bola maktabga kechiksa muallimaning oldida uyalaman». Uyaladigan odamingni topibsan! Ahmoqsan-
da! Bu muallimang o‘zi kim bo‘libdi? Besh yildan beri ustidan bitta palto tushmaydi. Faqat daftar 
bilan, sumka bilan ko‘rasan... Doimo yo‘lda qo‘l ko‘tarib mashina kutgani-kutgan - hadeb rayonga 
tushadi, hamisha unga nimadir yetishmaydi, goh maktabga ko‘mir deydi, goh oyna, goh bo‘r, hatto 
lattagacha so‘raydi. He, nomusli muallima bunday maktabga kelarmidi? Qanaqa ot topishibdi-ya - 
«mitti maktab». U chindan ham mitti-da. Undan nima naf kelardi. Haqiqiy o‘qituvchilar shaharda. 
Maktablari oynadan. O‘qituvchilari galstuk taqib olgan. Lekin shaharda shunday-da... Boshliqlar u 
yerda hashamatli mashinalarda ko‘chalardan qanday o‘tishadi. Mashinalarni aytmaysanmi?! Qop-qora, 
yaltiroq, bu mashinalarni «lip» etib o‘tib ketguncha to‘xtab tomosha qilging keladi. Shahar odamlari 
esa xuddi bu mashinalarni ko‘rmayotgandek parvo ham qilishmaydi. Vaqtlari yo‘q - shoshilishadi, 
qayoqqadir chopishadi. Ana u yerda, shaharda, hayotni - hayot desa bo‘ladi. Qani endi o‘sha yoqqa 
yetishsang, biron joyga o‘rnashib olsang ekan. U yerda odamlarni amaliga qarab hurmat qilishni 
bilishadi. Lozimmi - demak, hurmat qilishing shart. Katta amalga - katta hurmat. Madaniyatli odamlar. 
Shuning uchun ham u yerda mehmonma-mehmon yurish yoki u-bu sovg‘a qilish, yog‘och tashish yoki 
shunga o‘xshash allaqanday ishlarni qilishga to‘g‘ri kelmaydi. Bu yerdagiga o‘xshab - ellik so‘m, ko‘pi 
bilan yuz so‘m berib, yog‘och olib, ustingdan shikoyat yozib yurmaydi: O‘razqul poraxo‘r, falon-
piston... Nodonlik! 
Ha, shaharda bo‘lgandami... Eh, tog‘iga ham, o‘rmoniga ham, mana bu dardisar yog‘ochlarga ham, 
pushtsiz xotiniga ham, manavi valakisalang, beaql cholga ham qo‘l siltab yuborgan bo‘lardim. Eh, 
suliga to‘ygan otdek jo‘sh urib ketardim-da! O‘zimni hurmat qilishga majbur etardim. «O‘razqul 
Balajanovich, kabinetingizga kirishga ruxsat eting». U yerda shaharlikka uylanib olardim. Nega 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling