Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 mumkin emas ekan? Aytaylik, bironta qo‘lida mikrofoni bilan o‘ynab ashula aytadigan go‘zal artistkaga: aytishadiki, ular uchun eng muhimi odamning amaldor bo‘lishimish. Mana shunaqasini qo‘ltig‘idan olib galstuk taqib yursang. Kinoga borsang. U bo‘lsa tuflisini tiqillatib, atir taratib yursa. O‘tgan-ketgan burnini cho‘zib qolaveradi. Qarabsan-ki, bolalar tug‘iladi... O‘g‘limni yuristlikka o‘qitardim, qizim esa royal chalsin. Shaharlik bolalar darrov ko‘zga tashlanadi - aqlli bo‘lishadi. Uyda faqat ruscha gaplashishadi: ular kallalaridan eski qishloq so‘zlarini chiqarib tashlashadi. U o‘z farzandlarini shunday tarbiyalagan bo‘lardi: «Papochka, mamochka, uni olib ber, buni olib ber...» o‘z jigarbandingdan biron narsani ayab o‘tirarmiding? U ko‘plarni boplardi-da, kim ekanini ko‘rsatib qo‘yardi. Boshqalardan nimasi kam uning? Nima, yuqoridagilarning undan biron joyi ortiqmi? Ular ham o‘ziga o‘xshagan odamlar-da. Ularning omadi kelgan faqat. Uning esa omadi kelmagan. Baxt kulib boqmagan. O‘zida ham ayb bor. O‘rmonchilar kursini bitirgach, shaharga ketishi kerak edi, texnikumga kirishi kerak edi yoki bo‘lmasa institutga. Shoshdi - amalga uchdi-da. Kichkina bo‘lsa ham, harholda amal-da. Mana endi tog‘ma-tog‘ yur, eshakka o‘xshab yog‘och tashi... Buning ustiga mana bu qarg‘alar ortiqcha, Nimaga buncha qag‘illashadi, nimaga aylanib qolishdi? Eh, pulemyot bo‘lgandami... O‘razqulning avzoyi buzilishiga arzigulik sabablar bor edi. Yozni yallo qilib o‘tkazdi. Kuz yetib keldi, yoz bilan birga cho‘ponlar va yilqiboqarlar davrasidagi mehmondorchilik davrlari ham o‘tib ketdi. Xuddi qo‘shikda aytilganday: «Yaylovdagi chechaklar ochilib bo‘ldi, etagingni yig‘ishtirib qol...» Kuz keldi. O‘razqulga ko‘rsatylgan hurmatlar uchun, ziyofatlar uchun, qarzlar uchun, va’dalar uchun hisoblashadigan payt keldi. Buning ustiga maqtanib katta ketganlari-chi: «Senga nima kerak? Xari bo‘ladigan ikkita qarag‘ay yog‘ochmi, faqat shumi? Shuning nimasini gapirib o‘tiribsan. Mashina olib kelasan-da, olib ketaverasan». Og‘zidan gullab, hadyalar olib, aroqni ichaverdi, mana endi bo‘g‘ilib, terga botib, yer yuzidagi hamma narsaga la’nat o‘qib, tog‘ma-tog‘ yog‘och sudrab yuribdi. Bu yog‘ochlarning daxmaza bo‘lganini aytmaysizmi? Umuman, butun hayotida ro‘shnolik ko‘rmadi. Bexosdan kallasiga lop etib bir fikr keldi: «Hammasiga tupuraman-da, boshim oqqan tomonga ketaman». Lekin u shu zahotiyoq hech qayoqqa ketolmasligini tushundi. Hech kimga hech qaerda keraklik joyi yo‘q va ko‘ngli tilayotgandek hayotni hech qaerdan izlab topolmaydi. Bu yerdan ketib yoki va’dangdan tonib ko‘r-chi! Uni o‘z oshna-og‘aynilari tutib berishadi. Odamlar yaramas bo‘lib ketgan. O‘tgan yili o‘zining bug‘u avlodi qarindoshiga hadya qilingan qo‘zichoq uchun qarag‘ay yog‘och va’da qilgandi, kuzda esa qarag‘ay uchun yuqoriga chiqqisi kelmadi. Bu aytmoqqa oson, qani u yoqqa bir chiqib boq, yog‘ochlarni arralab, yumalatib ko‘r, keyin bilasan qanaqa ekanligini. Yana buning ustiga qarag‘aylar besh yil-o‘n yillik bo‘lsa qani, ularni eplab ko‘r-chi! Oltin bersa ham bu ishga qo‘l urging kelmaydi! Aksincha, o‘sha kunlari Mo‘min cholning tobi qochib, ko‘rpa-to‘shak qilib yotib oldi. Bir kishi uddasidan chiqolmaydi bunday ishni. Ha, biron kimsa umrida yolg‘iz o‘zi tog‘dan yog‘och olib tushishning uddasidan chiqqan emas. Yiqitishku mumkin, lekin yiqitgan bilan qarag‘ayni pastga olib tushib bo‘lmaydi... Nima bo‘lishini oldindan bilganda, Seydahmadni yoniga olib chiqqan bo‘lardi. Lekin O‘razqul toqqa tirmashib chiqib yurishga erindi-da, birinchi duch kelgan qarag‘ay bilan qarindoshidan qutulib qo‘ya qolmoqchi bo‘ldi. Lekin u uncha-munchasiga ko‘nmadi: unga haqiqiy qarag‘ay kerak emish, vassalom. «Qo‘zichoqni olishni bilasan, gapingning uddasidan chiqishni bilmaysanmi?» O‘razqul jahli chiqib, hovlidan uni haydab chiqardi: olmaysanmi - jo‘nab qol. U yigit ham bo‘sh kelmadi. San-Tosh o‘rmonchilik zapovednigining qorovuli O‘razqul Balajanov ustidan darhol shikoyat xati yozib, unga shunday to‘g‘ri va noto‘g‘ri gaplarni qo‘shdiki, oqibat-natijada O‘razqulni «sotsialistik o‘rmon kushandasi» sifatida otish lozim edi. Keyin rayonning va o‘rmonchilik ministrligining turli xil tekshiruv komissiyalari O‘razqulni uzoq vaqt sarson qilishdi. Zo‘rg‘a qutuddi. Mana senga qarindosh! Yana: «Biz hammamiz Shoxdor ona bug‘u bolalarimishmiz. Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun!» emish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling