Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
36 - Qani kel. Ko‘tardik! Qani ol! - Mo‘minning komandasi bilan ular yog‘ochni joyidan bir oz ko‘tarib, uni toshlarning siquvidan bo‘shatib, pishangning ustiga mindirdilar. Ot naqadar aqlli jonivor! U ayni shu paytda toshlarga qoqinib, toyinib pastromkani torday tarang tortib oldinga silkindi. Lekin yog‘och o‘rnidan bir qo‘zg‘aldi-yu, toyib yana botib qoldi. Ot yana bir silkindi va o‘zini tutib qololmay suvga yiqilib tushib, tipirchilagancha egar-jabdug‘iga o‘ralashib qoldi. - Otni! Otni ko‘tar! - Mo‘min O‘razqulni turtdi. Ular birgalikda otni bazo‘r oyoqqa turg‘azib qo‘yishdi. Ot sovuqdan titrar, arang suvda turardi. - Yech otni! - Nimaga? - Yech deyapman senga. Boshqatdan bog‘laymiz. Past-romkani ol. Yana O‘razqul jimgina bo‘ysuna qoldi. Otni yechib bo‘lgach, Mo‘min uning yuganini qo‘lga oldi. - Endi ketdik, - dedi u. - Keyin kelamiz. Ot damini olsin. - Qani, to‘xta-chi! - O‘razqul cholning qo‘lidan yuganini tortib oddi. U xuddi uyqudan ko‘z ochgandek bo‘ldi. Birdan yana asl holiga qaytdi. - Sen kimning boshini qotiryapsan. Hech qayoqqa bormaysan. Yog‘ochni hozir chiqaramiz. Kechqurun yog‘ochga odamlar kelishadi. Gap-so‘zsiz otni egarla, eshityapsanmi? Mo‘min jimgina burildi-da, sovuq qotgan oyog‘i bilan oqsagancha sayozdan qirg‘oq tomon yurdi. - Qayoqqa ketyapsan, chol? Qayoqqa deyapman? - Qayoqqa! Qayoqqa! Maktabga. Nabiram u yerda rosa tushdan beri kutyapti. - Qani qayt-chi! Qayt! Chol quloq solmadi. O‘razqul otni dalada qoldirib, salkam qirg‘oqda, toshloq ustida Mo‘minga yetib oldi, yelkasidan ushlab o‘ziga tortdi. Ular yuzma-yuz turib qolishdi. O‘razqul epchillik bilan cholning bo‘yniga osilgan eski kirza etikni yulib oldi-da, qaynotasining boshiga, yuz-ko‘ziga ikki marta qulochkashlab urdi. - Qani yur! - xirilladi O‘razqul etiklarni bir chekkaga uloqtirarkan. Chol etik oldiga borib, uni ho‘l qumdan ko‘tarib, qaddini rostlaganda lablaridan qon tirqirab oqar- di. - Yaramas! - dedi Mo‘min qonni tupurarkan, etikni yana yelkasiga ilib. Bu hech kimning so‘zini qaytarmagan Mo‘min chaqqonning so‘zi edi. Bu sovuqdan ko‘kargan, eski etiklarini yelkasiga ilgan, lablari qonab ketgan bechora cholning so‘zi edi. - Yur! O‘razqul uni sudradi. Lekin Mo‘min kuch bilan uning qo‘lidan siltanib chiqdi-da, orqasiga qaramay jimgina nariga ketdi. - Xap sanimi, qari ahmoq! Endi kuningni ko‘rsataman! - O‘razqul uning orqasidan mushtini do‘laytirib dag‘dag‘a qiddi. Chol qayrilib qaramadi. U «yotoq tuya»ning oldidagi supachaga borib o‘tirdi, etigini kiydi va uyiga tez yurib ketdi. Hech yerda to‘xtamay, to‘g‘ri otxonaga kirdi. U yerdan O‘razqulning daxlsiz, mehmonga miniladigan, poygada chopadigan, birov egarlashga botinolmaydigan bo‘z oti - Olaboshni yetaklab chiqdi. Xuddi yong‘in chiqqandek Mo‘min uni hovlidan egarsiz, uzangisiz minib chiqib ketdi. U derazalar yonidan, hali ham shaqillab qaynab yotgan samovar yonidan ot choptirib o‘tganida tashqariga otilib chiqqanlar - Mo‘minning xotini, qizi Bekey va yosh Guljamol cholga bir gap bo‘lganini darrov fahmlashdi. U hech qachon Olaboshga minmas va hech qachon hovlidan bunchalik shoshilib chiqmagandi. Bu Mo‘min chaqqonning isyoni ekanligini ular hali bilishmasdi. Keksaygan chog‘idagi bu isyon uni nimalarga giriftor qilishini ham bilishmasdi. Qirg‘oq tomondan esa otni yetaklab O‘razqul uyga qaytardi. Ot oldingi oyog‘ini oqsab bosardi. Ayollar jim turib, uning hovliga yaqinlashib kelishiga ko‘z tikib turishardi. O‘razqulning ko‘nglidan nimalar kechayotganini, u o‘sha kuni ularga qanday g‘am-alamlar keltirayotganini hali ayollar xayoliga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling