Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
turgan, o‘rmonlar esa avval kuzga, undan keyin qishga o‘tadi, buning hech qanday mashaqqatli joyi 
yo‘q. Zag‘chalar ham o‘z erkicha uchib yuradi. Istaganicha chag‘illaydi. Bug‘ular, agar ular haqiqatan 
ham bug‘ular bo‘lsa, dovonning narigi yog‘idan keladi-da, o‘rmonda daydib yuraveradi, qanday 
yuradi, qanaqa yuradi, o‘zining ishi. Shaharda odamlar asfalt ko‘chalarda beparvo qadam tashlashadi, 
taksilarda yurishadi, restoranlarda o‘tirishadi, vaqtichog‘lik qilishadi. Uning peshanasiga mana shu 
tog‘larda yurish bitilgan, u bebaxt... Hatto uning mana shu hech nimaga yaramaydigan qaynotasi 
Mo‘min chaqqon ham undan baxtliroq, chunki u ertakka ishonadi. Ovsar odam. Ovsarlar hamisha o‘z 
hayotidan mamnun. 
O‘razqul o‘z hayotini ko‘rarga ko‘zi yo‘q. Hayoti o‘zi istagancha emas. Bu hayot Mo‘min 
chaqqonga o‘xshaganlarga xos. Unga esa nima ham kerak? Umri mehnatda o‘tyapti, bir kun dam olish 
yo‘q. Umrida esa biron inson unga qaram bo‘lgan emas, u esa hammaga qaram bo‘lib kelgan, hatto 
o‘zining kampiriga ham - chol hatto unga bir so‘z qaytarmaydi. Shunday sho‘rpeshana erkak bilan ham 
baxtiyor bo‘laveradi. O‘rmonda bug‘ularni ko‘rib, xuddi yuz yil dunyoda izlagan aka-ukalarini 
uchratgandek, ko‘z yoshi qilib yuribdi-ya. 
Eh, nimasini gapirasan... 
Ular axiri so‘nggi manzilga chiqishdi, u yerdan uzun tik yo‘l daryoga tushib boradi. Tin olgani 
to‘xtashdi. 
Daryoning narigi betida, qorovulxona yonidagi O‘razqulning uyi oldida qandaydir bug‘ 
ko‘tarilardi. Bug‘ga qarab samovar qaynab turganini bilsa bo‘lardi. Demak, uni xotini kutayotibdi. 
Lekin bundan O‘razqul yengil tortmadi. U og‘zi bilan entikib nafas olar, havo yetishmasdi. Ko‘kragi, 
boshi og‘rir, yuragi gupillab urardi. Peshanasidan ter quyilardi. Oldinda esa hali uzoq va tik nishab 
turibdi. Uyda esa pushtsiz xotin kutib o‘tiribdi, samovar qo‘yib o‘tirganlariga kuyaymi, ko‘nglimni 
topmoqchi... Birdan chopib borib, bu qorindor samovarni bir tepib, uchirib yuborgisi kelib ketdi. Keyin 
esa xotiniga tashlanib, o‘lguday ursa. U xayolan xotinining dod-faryodini eshitib, uning baxtsiz 
qismatini tasavvur qilib, huzur qildi. 
«Yaxshi bo‘pti, - o‘ylardi u. - Ajab bo‘pti. Men qiynalganimda nega u rohat qilib o‘tirishi kerak?» 
Uning xayollarini Mo‘min bo‘ldi. 
- Men esimdan chiqarayozibman, o‘g‘lim, - shosha-pisha xatosini tuzatmoqqa urinib 
O‘razqulning oldiga keldi, - Men bolani olgani maktabga borishim kerak axir. Darslari tutadi-ku. 
- Xo‘sh, nima bo‘pti? - atayin vazmin ohangda so‘z qotdi O‘razqul. - Nima qil deysan? 
- Jahling chiqmasin, bolam. Yog‘ochni shu yerda qoldiramiz. O‘zimiz pastga tushamiz. Sen 
uyingga borib ovqatlanasan. Men shu paytda otda chopib maktabga borib kelaman. Bolani olib 
qaytaman. Keyin kelib yog‘ochni olib ketamiz. 
- Shuni o‘ylab topguncha ancha bosh qotirdingmi

chol? - zaharxandalik bilan gap qotdi O‘razqul. 
- Bola axir yig‘laydi-da. 
- Nima bo‘pti shunga? - qizishdi O‘razqul. Nihoyat cholni xumordan chiqquncha so‘kishga 
bahona topildi. Kun bo‘yi O‘razqul janjalga bahona axtardi, mana endi Mo‘minning o‘zi unga bahona 
topib berdi. - U yig‘lar ekan deb biz ishimizni tashlab ketaylikmi? Ertalab, maktabga olib boraman, 
deb boshni qotirding. Olib bording, yaxshi. Endi maktabdan olib kelaman deysan. Men nima senga? 
Yo biz maynabozchilik o‘ynayapmizmi bu yerda? 
- Keragi yo‘q, o‘g‘lim, - zorlandi Mo‘min. - Shunday kunda. Menga-ku mayliya, bola kutadi-da
shunday kunda yig‘laydi-da... 
- Nima shunday kunda? Bu qanaqa xosiyatli kun o‘zi? 
- Bug‘ular qaytdi. Nima keragi bor edi shunday kunda... 
O‘razqul dovdirab, hatto hayratidan jim bo‘lib qoldi. U tikanli butalar orasida yumalab, qo‘rquvdan 
yuragi yorilayozganda sakragan soyalari lip etib o‘tganday ko‘zga tashlangan bu bug‘ularni allaqachon 
unutgan edi. Yog‘och bilan pastga yumalaganda birgina daqiqada takdiri hal bo‘lib ketardi. Uning 
bug‘ularga qarashga ham, cholning vaysashiga quloq solishga ham holi kelmay qolgandi. 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling