Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
tomchilar sachrab tushdi. Erkak bug‘u quloqlarini qimirlatib bolaga diqqat bilan razm soldi. 
Lekin hammasidan ham ko‘ra mayda shoxli, ikki biqini do‘ppaygan oq bug‘u bolaga ko‘proq 
tikildi. Uning shoxlari kaltaroq, lekin juda chiroyli, xuddi Shoxdor ona bug‘uning o‘zginasi edi. 
Ko‘zlari shahlo, tip-tiniq. O‘zi esa har yili bittadan qulunlaydigan qomatdor biyaga o‘xshaydi. Shoxdor 
ona bug‘u bu xum kalla, shalpang quloq bolani qaerda ko‘rganini eslayotgan-day, unga ko‘z uzmay 
qarab turdi. Uning ko‘zlari namli yaltirab, uzoqdan yonib turardi. Burnidan yengil hovur ko‘tarilardi. 
Uning yonginasida shoxsiz bug‘ucha orqasini o‘girib tolning novdasini kemirardi. Uning hech nima 
bilan ishi yo‘q. Semiz, g‘ayratli, quvnoq. U birdan novda kemirishni qo‘ydi-da, dikirlab yelkasi bilan 
ona bug‘uga turtinib ketdi va uning atrofida o‘ynoqlab, erkalana boshladi. O‘zining shoxsiz boshini 
Shoxdor ona bug‘uning biqiniga ishqaladi. Shoxdor ona bug‘u bo‘lsa hamon bolaga tikilib turardi. 
Bola nafasini ichiga yutib, toshlar panasidan chikdi va xuddi tushdagiday, qo‘llarini oldinga 
cho‘zib qirg‘oqqa, suvning o‘ziga yaqin keldi. Bug‘ular hech bir hurkmadi, narigi qirg‘oqdan unga 
bamaylixotir qarab turaverdi. 
O‘rtada, suv ostidagi toshlar ustidan irg‘ishlab, tezoqar, ko‘m-ko‘k tiniq daryo qaynab oqib yotardi. 
Agar ularni ayirib turgan shu daryo bo‘lmaganda go‘yo bug‘ularning oldiga borib ularga qo‘l tekkizish 
mumkinday edi. Bug‘ular tekis, toza shag‘al ustida turishardi. Ularning orqasida, shag‘al tugagan 
joyda zich o‘rmonning kuzgi xazonrezgisi alvon tusda tovlanardi. Undan yuqorida - jar tepasida 
qarag‘ay va tog‘ teragi yal-yal yonadi. Undan ham yuqoriroqda cheksiz o‘rmon-u tog‘ tizmasidagi 
oppoq qor ko‘zga tashlanadi. 
Bola ko‘zlarini yumdi va yana ochdi. Ko‘z oldida hamon o‘sha manzara, oltin yaproqli 
daraxtzordan sal berirokda, top-toza shag‘al ustida hamon o‘sha ertaklardagi bug‘ular turardi. 
Mana ular burildi-da, tizilgancha shag‘aldan o‘rmon tomonga yurib ketdi. Oldinda - katta bug‘u, 
o‘rtada shoxsiz bug‘ucha, ular ortida Shoxdor ona bug‘u. U qayrilib, bolaga yana bir bor qarab qo‘ydi. 
Bug‘ular daraxtzorga kirib, butalar oralab ketdi. Ular tepasida qizil novdalar chayqalar va oltin 
yaproqlar ularning tarang va silliq yelkasiga to‘kilardi. 
Keyin ular so‘qmoqdan jar tomon yuqoriga ko‘tarildi va shu yerda to‘xtadi. Bolaga go‘yo bug‘ular 
yana qarab turgandek tuyuddi. Katta bug‘u bo‘ynini cho‘zib va shoxlarini orqasiga tashlab xuddi 
karnayday sado soldi: «Ba-ba!» Uning ovozi jar va daryo ustida uzoq aks sado berib taraldi: «A-a!» 
Shundagina bolaning hushi joyiga keldi. U oyog‘ini qo‘lga olib tanish so‘qmoqdan uyga chopib 
ketdi. U jonining boricha chopardi. Hovlidan g‘izillab o‘tib, eshikni lang ochib, entikkancha, 
ostonadan turib qichqirdi: 
- Bobo! Bug‘ular keldi! Bug‘ular! Ular shu yerda! Bir burchakda g‘amgin va jimgina o‘tirgan 
Mo‘min bobo unga bir qarab qo‘ydi-yu, hech nima demadi, gap nima haqda ekanligini aniq 
tushunmadi. 
- O‘chir, ovozingni! - do‘q qiddi kampir. - Kelsa kelibdi-da, hozir ulardan ham boshqa tashvish 
ko‘p. 
Bola jimgina chkqib ketdi. Hovli kimsasiz edi. Kuz quyoshi g‘ira-shira yalang‘och tog‘ tizmalari - 
Qorovultog‘ ortiga botdi. Quyosh haroratsiz quyuq shafag‘i bilan tog‘larni lola rangiga burkardi. Muz 
qotgan shafaq bu yerdan kuzgi tog‘ cho‘qqilariga beqaror shu’la sochib turardi. O‘rmonga g‘ira-shira 
qorong‘ilik cho‘kdi. 
Izg‘irin turdi. Bola eti uvushib qaltiray boshla-di. 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling