Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
OLTINCHI BOB To‘shakka kirganida ham eti uvushishi qolmadi. Anchagacha uxlay olmadi. Hovliga allaqachon qorong‘ilik cho‘kkan. Boshi zirqirardi. Lekin u miq etmasdan yotardi. Uning og‘rib qolganini hech kim bilmasdi. Unutgandilar. Bu yerda uni unutmay ham nima qilishsin! Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) www.ziyouz.com kutubxonasi 42 Bobo butunlay tinchini yo‘qotib qo‘ydi. O‘zini qo‘yarga joy topolmasdi. Goh tashqari chiqar, goh ichkari kirar, goho achinish bilan chuqur nafas olib o‘tirib olar, goho turardi-da, qaergadir ketardi. Kampir bo‘lsa cholga dakki berar va ayni paytda u ham tinmay goh u yoqqa, goh bu yoqqa yurar, hovliga chiqar va yana zum o‘tmay qaytib kirardi. Hovlida qandaydir noaniq, uzuq-yuluq ovoz eshitildi, kimningdir shoshilinch oyoq sharpasi, kimningdir so‘kinishi quloqqa chalinardi, aftidan, O‘razqul yana so‘kina boshlagandi, allakim entikib-entikib yig‘lardi... Bola o‘rinda jimgina yotar, barcha ovoz va oyoq sharpalaridan, uyda va hovlida yuz berayotgan butun voqealardan charchog‘i ortar edi. U ko‘zini yumib oldi. O‘zining yolg‘izligini, unutilganini sezdirmay, bugun ko‘pdan beri orzu qilib yurgan narsasini ko‘rganini eslay boshladi. U katta daryo qirg‘og‘ida turardi, Suv shunchalik tez oqardiki, unga uzoq tikilib turish mumkin emasdi, ko‘z tinib, bosh aylanib ketardi. Daryoning narigi qirg‘og‘ida esa unga bug‘ular qarab turardi. U kechga yaqin ko‘rgan o‘sha uchala bug‘u hozir ham o‘sha joyida edi. Hamma-hammasi uning ko‘z oldida qayta takrorlana boshladi. Shoxlari katta erkak bug‘u boshini suvdan ko‘targanda uning namli lablaridan yana o‘sha suv tomchilari oqib tushdi. Shoxdor ona bug‘u esa xuddi avval ko‘rgani singari mehribonlik bilan tikilib turardi. Uning ko‘zlari katta-katta, qop-qora va namli edi. Bola hayratda qoldi, Shoxdor ona bug‘u xuddi odamlarga o‘xshab, xuddi bobosi singari g‘amgin va ayanchli xo‘rsinar edi. Keyin ular butalar orqali daraxtzorlarga kirib ketdi. Bug‘ular ustida qizil novda chayqalar va oltin yaproqlar ularning tarang, silliq yelkasiga uchib tushardi. Ular jar bo‘yiga ko‘tarilib, shu yerda to‘xtadi. Katta bug‘u bo‘ynini cho‘zib, shoxlarini yelkasi osha orqasiga tashlab «Ba-ba!» deya karnayday sado soldi. Bola uning ovozi daryo ustida uzoq yangrab turganini eslab, o‘zicha jilmayib qo‘ydi. Shundan keyin bug‘ular o‘rmonga kirib, g‘oyib bo‘ldi. Lekin bola ulardan ajralishni istamasdi. U o‘zi istagan narsalarni yana ko‘rish uchun xayol sura boshladi. Yana tezoqar ulkan daryo ko‘zi oldidan shiddat bilan oqib o‘ta boshladi. Oqim tezligidan uning boshi aylandi. U bir sakradi va daryo ustidan uchib o‘tdi. Hamon qumloqda yotgan bug‘ular yaqiniga yengil va ohista qo‘ndi. Shoxdor ona bug‘u uni yoniga chaqirdi: - Sen kimning bolasisan? Bola indamadi. U kimning bolasi ekanligini aytishga uyalardi. - Biz bobom bilan seni juda yaxshi ko‘ramiz, Shoxdor ona bug‘u. Biz seni anchadan beri kutayotgan edik, - dedi. - Men ham seni bilaman. Sening bobongni ham. U yaxshi odam, - dedi Shoxdor ona bug‘u. Bola sevinib ketdi. Lekin o‘z minnatdorchiligini qanday bayon etishni bilmasdi. - Istasang, baliqqa aylanaman-u, daryo bo‘ylab suzib Issiqko‘lga, oq kemaga yetib boraman, - dedi bola to‘satdan. U buning uddasidan chiqa olardi. Biroq Shoxdor ona bug‘u unga hech nima demadi. Shunda bola yechina boshladi va xuddi yozdagidek, daryo yoqasida tolning shoxidan ushlab, suvga tushdi. Suv issiq va dimiqqan edi. U ko‘zi ochiq holda suv tagidan suzib ketdi. Son-sanoqsiz oltin qum donachalari mayda suv osti o‘tlari bilan qo‘shilib girdob hosil qilardi. Uning nafasi bo‘g‘ila boshladi. Issiq oqim esa uni hamon olib ketardi. - Yordam ber, Shoxdor ona bug‘u, yordam ber menga, men ham sening farzandingman, Shoxdor ona bug‘u! - deya baqirdi u. Shoxdor ona bug‘u uning ortidan qirg‘oq bo‘ylab yugurdi. U shunday tez yugurdiki, havo vizillab ketdi. Bola ustidagi ko‘rpani otib tashladi va darhol yengil tortdi. U terlab-pishgan edi. Lekin bunday paytlarda bobosi uni yana yaxshiroq o‘rab qo‘yishini eslab, ko‘rpaga o‘ralib oldi. Uyda hech kim yo‘q edi. Chiroq piligi yonib tugagan, shuning uchun ham u xonani xiragina yoritib turardi. Bola o‘rnidan turmoqchi, suv ichmoqchi bo‘ldi, lekin tashqaridan qandaydir keskin ovoz zshitildi. Kimdir birovga baqirdi, allakim yig‘ladi, kimdir uni yana yupantirdi. G‘ala-g‘ovur, oyoq sharpasi eshitildi. Keyin naq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling