Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
45 pushtini bilmasligidan bir oz xijolat ham tortdi. Soldat faqat o‘z otasini, bobosini va bobokalonini bilardi, xolos. Boshqalari-chi? - Senga yetti ota-bobolarning nomlarini esda tutishni o‘rgatishmaganmi? - deb so‘radi bola. - O‘rgatishmagan. Nimaga kerak bu? Men ular haqida hech nimani bilmasam ham, hamma qatori binoyidek yashayapman. - Bobom, agar odamlar o‘z ota-bobolarini bilmasalar, ular aynib ketadi, deydi. - Kim ayniydi? Odamlarmi? - Ha. - Nima uchun? - Bobom aytadiki, unda hech kim yomon ishlardan hazar qilmaydi, chunki bolalar va bolalarning bolalari ham uni eslamaydi. Shuningdek, hech kim yaxshi ish ham qilmaydi. Chunki, baribir, bolalar uning yaxshi ishlari haqida eslamaydi-da. - Bobong qiziq ekan-ku! - Soldat chinakam hayratda qoldi. - G‘aroyib. Ammo u sening boshingni bo‘lmag‘ur narsalar bilan gangitib qo‘yayotganini bilmasa kerak. Axir, sening boshing katta-ku... Quloqlaring ham shunchalik kattaki, xuddi bizning poligonimizdagi lokatorlarga o‘xshaydi. Sen uning gaplarini tinglama. Kommunizmga boryapmiz, kosmosga uchyapmiz, u bo‘lsa seni nimaga o‘rgatyapti? Uni bizga, siyosiy mashg‘ulotga olib borishsa bormi, bir zumda ma’lumotli qilib qo‘yardik. Sen o‘sib, o‘qib-o‘rganib olganingdan so‘ng bobongdan voz kechib qo‘ya qol. U nodon, madaniyatsiz kishi. - Yo‘q, men hech qachon bobomni tashlab ketmayman, - e’tiroz bildirdi bola. - U yaxshi. - Hozircha shunday. Keyinroq tushunib olasan. Hozir ovozlarga quloq solib turar ekan, bola o‘sha harbiy mashinalarni esladi. U o‘shanda soldatga nima uchun bu yerdagi shofyorlar, ayniqsa, u bilgan shofyorlar Shoxdor ona bug‘uning farzandlari ekanligini yaxshilab tushuntirib berolmagan edi. Bola unga to‘g‘risini aytdi. Uning so‘zlarida hech qanday uydirma yo‘q edi. O‘tgan yili xuddi shunday kuz pallasida, ehtimol, sal kechroqmidi, pichan olib ketish uchun toqqa sovxoz mashinalari kelgan edi. Ular qorovulxonaning yonidan emas, balki unga bir oz yetmasdan Archadaraga olib boradigan yo‘lga burilishdi so‘ng yuqorilab borib, yozda o‘rib qo‘yilgan pichanlar tomon ketishdi. Qorovultog‘dagi motorlarning mislsiz gurillashini eshitgan bola yo‘lning ayrilishiga qarab chopib ketdi. Birdaniga shuncha mashina! Birining ketidan biri tizilishib ketgan. Butun bir kolonna. U mashinalardan o‘n beshtachasini sanadi. Havo aynib turibdi. Bugun-erta qor yog‘ib qolish siyoqi bor. Unda «xayr, xashaklar, kelgusi yilgacha» deyaverish mumkin. Bu joylarda pichanni o‘z vaqtida tashib olmasang, keyin dog‘da qolasan. O‘tib kelolmaysan bu yerga. Aftidan, sovxozda turli xil ishlar ko‘payib, vaqt ziq kelib qolganligi uchun o‘rib tayyorlab qo‘yilgan pichanni bir yo‘la tashib keltirishga qaror qilingan edi. Biroq bola buni bilmasdi. To‘g‘risini aytganda, uning nima ishi ham bor? U hovliqib, quvonganidan har bir mashinaning qarshisiga chikdi, bir oz kim o‘zarga chopdi, so‘ng boshqasini qarshi ola boshladi. Yengil yurib borayotgan yuk mashinalarining hammasi yap-yangi, kabinalari chiroyli, oynalari esa keng edi. Kabinada yosh yigitlar o‘tirishibdi. Ularning hammasi bir xilda murtsiz, ayrim kabinalarda esa ikkitadan o‘tirishibdi. Bu sherik bo‘lib o‘tirganlar pichanni yig‘ish va bog‘lash uchun borishayotgan edi. Ularning hammasi bolaga chiroyli, quvnoq, jasur bo‘lib tuyuldi. Umuman-ku, bola yanglishmagandi. Haqiqatda ham shunday edi. Mashinalar soz edi, ular Qorovultog‘dagi shag‘alli, zarang yo‘ldan o‘tgach, yelday uchib borardi. Bolalarning vaqti chog‘ edi - havo ham yomon emasdi, bu yerda yana qayoqdandir paydo bo‘lib qolgan shalpangquloq, katta boshli tirmizak bola yoshlik sho‘xliklarini ichiga sig‘dirolmay quvonganidan har bir mashina qarshisida girdikapalak bo‘lardi! Bola yana ko‘proq sevinsin va sho‘xlik qilsin uchun uning xatti-harakatlariga kulmasdan, hazil aralash qo‘l silkib, po‘pisa qilmasdan bo‘larmidi... Eng oxirida kelayotgan yuk mashinasi hatto to‘xtadi ham, kabinadan pogonsiz, harbiy furajkasiz, ammo kepka kiyib olgan soldat kiyimidagi yosh shofyor yigit boshini chiqarib qaradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling