Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
Mo‘min eshikni ochdi. Qorda, izg‘irin shamodda sovqotgan kishilar uyga bostirib kirib kelishdi. 
Bular kunduzi Archadara tomonga pichan ortishga ketgan o‘sha yosh shofyorlar edi. Bola ularni darhol 
tanidi. Unga harbiy znachok taqdim qilgan Qulibek ham bor edi. Ular birovni qo‘ltig‘idan ushlab olib 
kirishdi. U ingrardi, oyog‘ini sudrab bosardi. Uyda birdan qiy-chuv ko‘tarildi. 
- Astag‘firullo! Nima bo‘ldi sizlarga? - Mo‘min bobo bilan kampir baravar tashvishlanib so‘rashdi. 
- Keyin gapirib beramiz! U yokda yana bizdan yetti kishi kelyapti. Yo‘ldan adashishmasa 
bo‘lgani. Qani, bu yerga o‘tirchi. Oyog‘i qayrilib ketdi, - oqsoq yigitni pechka yoniga o‘tqizarkan, tez 
gapirdi Qulibek. 
- Qolgan odamlaringiz qaerda? - Shoshib qoldi Mo‘min bobo. - Men hozir borib, ularni boshlab 
kelaman. Sen esa yugur, - dedi u bolaga. - Seydahmadga ayt, tezlik bilan elektr fonarini olib kelsin. 
Bola uydan otilib chiqdi va hovliqqanidan nafasi bo‘g‘ziga tiqilib qoldi. Umrining oxirigacha u bu 
dahshatli daqiqani esdan chiqarmadi. Qandaydir hurpaygan, basharasi sovuq, chinqirib dahshat 
soluvchi bahaybat maxluq uning tomog‘idan bo‘g‘ib olib siltay boshladi. Lekin bola o‘zini 
yo‘qotmadi. U dahshatli changaldan sitilib chikdi va qo‘li bilan boshini to‘sib himoya qilgancha 
Seydahmadning uyiga yugurdi. Hammasi bo‘lib yigirma-o‘ttiz qadamlik yo‘l unga xuddi uzokdek 
bo‘lib tuyuldi. Go‘yo jangchilarga ko‘maklashmoq uchun olis yerga shamoldek yelib borayotgandek 
edi. Uning qalbi mardlik va jasurlik ko‘rsatish ishtiyoqi bilan to‘lib-toshgan edi. U nazarida o‘zini 
qudratli va yengilmas kuchga ega ekandek his etdi, hatto Seydahmadning uyiga yetib borguncha ham 
shunday qahramonona ishlar qilishga ulgurdiki, qoyil qolmay iloj yo‘q. U tubsiz jarliklar orqali 
tog‘dan toqqa sakrab o‘tdi, qilich bilan dushman to‘dasini yakson qildi, daryoda cho‘kayotganni, o‘tda 
kuyayotganni xalos etdi, qizil bayrog‘i hilpirab turgan reaktiv qiruvchi samolyotda dara va qoyalar sari 
undan qochib borayotgan dahshatli qora maxluqni quvdi. Uning reaktiv qiruvchi samolyoti maxluq 
ortidan o‘qdek uchib o‘tardi. Bola ggulemyotdan o‘q uzib, «fashistlarni qir!» deb qichqirardi. Hamma 
joyda Shoxdor ona bug‘u uni qo‘llab-quvvatladi. Bug‘u o‘z farzandi bilan faxrlanardi. Bola 
Seydahmadning uy eshigiga kelib yetganda, ona bug‘u unga: «Endi mening bolalarimni, yosh 
shofyorlarni qutqarib qol!» - dedi. «Men ularni qutqaraman, Shoxdor ona bug‘u, azbaroyi xudo, qasam 
ichaman!», - dedi bola ovoz chiqarib va eshikni qoqa boshladi. 
- Tezroq, Seydahmad amaki, biznikilarni qutqarib qolaylik, yuring! - U bu so‘zlarni shunday 
ta’sirli qilib aytdiki, Seydahmad va Guljamol qo‘rquvdan joyida turgancha turib qolishdi. 
- Kimni qutqarish kerak? Nima bo‘ldi? 
- Bobom elektr fonari bilan tezda chopib kelsin, sovxozdan kelgan shofyorlar yo‘lda adashib 
qolishibdi deb aytgin, dedilar. 
- Ahmoq, - so‘kib berdi uni Seydahmad. - Shunday desang bo‘lmaydimi? - U otlanish uchun 
yugurib ketdi. 
Lekin bu holat bolani hech qancha ranjitmadi. Seydahmad uning bu yerga kelguncha qanchalik 
jasorat ko‘rsatganini, qasam ichganini qaerdan bilsin. Bola shofyorlarning yettalovi ham Mo‘min bobo 
bilan Seydahmad tomonidan qorovulxonaning yonidan tezda topilib uyga olib kelinganda ham 
unchalik ajablanmadi. Shunday uchrashuv sodir bo‘lmasligi ham mumkin edi-ku! Xatarning oldi olinsa 
u yengil ko‘chishi mumkin... Umuman olganda, bu adashgan kishilar ham topildi. Seydahmad ularni 
uyiga olib ketdi. Hatto O‘razqulnikida tunash uchun ham besh kishi yuborildi. - Uni ham uyg‘otishga 
to‘g‘ri keldi. Boshqalari esa Mo‘min boboning uyiga tiqilib qolishdi. 
Qor bo‘roni tog‘da hali ham to‘xtamagandi. Bola ayvonga yugurib chikdi va daqiqa o‘tmay o‘ng 
va so‘li qaysi, baland va pasti qaysi, tupguna olmay qoldi. Havoning qovog‘i soliq, go‘yo doira 
shaklida aylanayotgandek edi. Qor esa tizza bo‘yi bo‘lib qolgandi. 
Mo‘min bobo sovxoz shofyorlarining hammasi topilib, isinib olgach va sovuqdan, xavf-xatardan 
qutulib ko‘ngillari tinchigach, voqea tushunarli bo‘lsa ham yo‘lda, qor bo‘ronida qanday hodisa yuz 
berganini sekin-asta surishtira boshladi. Yigitlar hikoya qilib berishdi, chol-kampir esa xo‘rsinib-
xo‘rsinib qo‘yishardi. 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling