Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
48 - Bay, bay-ey, - deya sodir bo‘lgan hodisadan hayratda qolishar va qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib xudoga shukronalar aytishardi. - Bunchalik yengil kiyinmasalaring-a, bolalar, - o‘pkaladi kampir issiq choydan quyarkan. - Toqqa shunday kiyim bilan kelish mumkinmi, axir. Bolasizlarda, bola. O‘zingizga zeb berasiz, shaharliklardek bo‘lay deysiz. Agar yo‘l topa olmay ertalabgacha qolib ketganlaringizda bormi, xudo ko‘rsatmasin? Naq muzlab qolardilaringiz. - Kim bilsin bunday bo‘lishini, - deb javob berdi Qulibek. - Issiq kiyinish nega kerak? Biron narsa bo‘lsa ichkarida mashina isitib qo‘yadi. Xuddi uyingdagidek o‘tirib, barankani aylantiraver. Samolyotdachi, mana bu tog‘lar u yerdan tepachalardek ko‘rinadi - bort tashqarisida qirq daraja sovuq bo‘lsa, ichkarida odamlar ko‘ylakchan yurishaveradi. Bola po‘stinga o‘ralib shofyorlar o‘rtasida yotardi. U Qulibekning yoniga tiqilib olib kattalarning suhbatini butun vujudi bilan tinglardi. Birdan bo‘ron ko‘tarilib, bu yigitlar ularning uyidan boshpana izlashga majbur qilganidan hatto u xursand bo‘lganini hech kim xayoliga ham keltirmadi. U bo‘ron uzoq kunlar, hech bo‘lmaganda uch kun davom etishini ich-ichidan juda istardi. Mayli, ular shu yerda yashayversinlar. Ular bilan vaqt o‘tkazish qanday yaxshi. Qiziqarli. Bobosi, aftidan, hammasini tanirkan. O‘zlarinigina emas, otalari va onalarini ham bilarkan. - Mana, ko‘rdingmi, - bobo nabirasiga hatto bir oz g‘ururlangandek dedi, - o‘z akalaringni, Bug‘uboy avlodlarini ko‘rding. Ularning kimligini bilib olasan. Qara, qanday ular! Ey, hozirgi yigitlar bo‘ychan bo‘lib o‘sishyapti-da. Xudoyim sizlarni o‘z panohida asrasin. Qirq ikkinchi yili qishda bizni Magnitogorskka qurilishga olib kelishgani esimda... Bobo nabirasiga yaxshi tanish bo‘lgan tarixni hikoya qilishga tutinib, ularni mamlakatning turli burchaklaridan chaqirilgan mehnat armiyasini bo‘yga qarab uzayib ketgan safga tortishganida qirg‘izlarning deyarli hammasi past bo‘yli bo‘lganligi va safning oxiriga tushib qolganligi haqida so‘zlab berdi. Yo‘qlama o‘qib bo‘linganidan so‘ng papiros chekishga ruxsat berildi. Sarg‘ishdan kelgan davangirdek bir yigit kelib, baland ovozda: - Bular qaerdan? Manjurlarmi yo? - dedi. Ularning orasida keksa o‘qituvchi ham bor edi. U shunday javob berdi: - Biz qirg‘izlarmiz. Biz bu yerdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda manjurlar bilan jang qilganimizda Magnitogorskdan nom-nishon ham yo‘q edi. Bo‘yimiz esa xuddi senikidek edi. Urushni tamomlaganimizdan so‘ng yana o‘samiz... Bobo o‘sha o‘tmish voqeani esga oldi. Jilmayib, qoniqish bilan yana bir bor o‘zining tungi mehmonla-riga ko‘z tashladi. - O‘sha o‘qituvchi to‘g‘ri aytgan ekan. Shaharda bo‘lganimda yoki ko‘chada kelayotib nazar tashlayman: hozirgi avlod ilgarigisiga o‘xshamay, bo‘ychan va ko‘rkam bo‘lib yetishmokda. Tushungan yigitlar sekin kulib qo‘yishdi - chol chaqchaqlashishni yaxshi ko‘radi. - Ha, bo‘ychanmiz, bo‘ychan, - dedi ulardan biri. - Mashinani bo‘lsa pastlikka ag‘darib yubordik. Shuncha kishi bo‘la turib kuchimiz yetmadi... - Xashak yuklangan bo‘lsa, buning ustiga yana shunday qor bo‘ronida uddasidan chiqib bo‘larmidi, - ularni oqlay boshladi Mo‘min bobo. - Shunaqasi ham bo‘ladi. Xudo xohlasa, ertaga hammasi joyida bo‘ladi. Eng muhimi, shamol tinsin. Yigitlar boboga yuqoridagi, Archayassi tog‘idagi pichanlarga mashinada qanday yetib borganlarini gapirib berishdi. U yerda uchta katta pichan g‘arami turardi. Uchala g‘aramni ham bir yo‘la yuklashga kirishdilar. Yuklaganda ham baland qilib, hatto tomdan ham baland qilib yuklashdi. Keyin yuqoridan arqonga osilib tushishga to‘g‘ri keldi. Shunday qilib, birin-ketin hamma mashinalarga pichan yuklandi. Kabina ko‘rinmas, faqat old oynalar, kapot va g‘ildiraklar ko‘rinib turardi. Kelarga kelindimi, yana ovora bo‘lib yurmasdan, hammasini birato‘la olib ketishmoqchi bo‘lishgandi. Ular hozir olib ketishmasa bu pichanlar kelgusi yilgacha qolib ketishini bilardilar. G‘ayrat bilan ishladilar. Kimning mashinasi tayyor bo‘lsa, chetga chiqarib qo‘yib boshqasiga yuklashga yordamlashar edilar. Ular qariyb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling