Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
paypaslab topib chiroqni ildi va yoqdi. Qo‘ylar burilib qaradi-da, bir burchakka borib qisildi. 
- Buni ushla, meni yoritib turasan, - dedi chol bolaga chiroqni tutqazarkan. - Qora to‘qlini 
so‘yamiz. Uy to‘la mehmon. Ular turguncha go‘sht tayyor bo‘lishi kerak. 
Bola bobosiga chiroqni tutib turdi. Shamol hali ham tirqishlardan hushtak chalar, havo sovuq, tund 
edi. Chol avvalo eshik oldiga bir quchoq toza pichan olib kelib tashladi. Bu joyga qora to‘qlini 
yetaklab keldi va uni yiqitib, oyoqlarini bog‘lashdan oldin cho‘qqayib o‘tirgancha xayol surib qoldi. 
- Chiroqni qo‘y. Sen ham o‘tir, - dedi bolaga u. O‘zi bo‘lsa kaftlarini ochib shivirlay boshladi: - 
O, avlodning katta onasi, Shoxdor ona bug‘u, qora qo‘yni sen uchun qurbonlikka, senga 
so‘yayotirman. Xatarli damlarda bolalarimizning omon bo‘lishi, avlodimizni oq sut berib boqqaning, 
saxiy qalbing, onalik mehring uchun bu. Bizni dovonlarda, toshqin daryolar-da, toyg‘oq so‘qmoqlarda 
yolg‘iz qo‘yma. Bizni o‘z yerimizda hech vaqt tashlab ketma, biz sening farzandlaringmiz. Omin! 
U fotiha o‘qib, qo‘lini yuziga tortdi. Bola ham xuddi shunday qildi. So‘ng bobo to‘qlini yerga 
ag‘darib, uning oyoqlarini bog‘ladi va o‘zining qadimgi osiyocha pichog‘ini qinidan chiqardi. Bola esa 
uni chiroq bilan yoritib turardi. 
Nihoyat havo tinchidi. Quyosh chok-chokidan sitilib suzib borayotgan bulutlar orasidan bir-ikki 
marta cho‘chigandek nigoh tashladi. Tevarak-atrofda bo‘ronli tundan qolgan qing‘ir-qiyshiq qor 
uyumlari, yanchilgan butalar, qor bosib yoy shakliga kelgan yosh daraxtchalar, qulab yotgan eski 
daraxtlar. Daryo ortidagi o‘rmon sukut saqlab, jimgina, ma’yuslanib turardi. 
Daryoning o‘zi ham pasayib ketganday sohillari qor bilan ko‘pchib, unchalik shovqin solmay 
g‘amgin oqardi. 
Quyosh ham beqaror bo‘lib qolgan edi - goh ko‘rinadi, goh yashirinadi. Biroq hech nima bolani 
qayg‘uga solib tashvishlantirmasdi. O‘tgan tundagi tashvishlar unutilgan edi. Bo‘ron ham esdan 
chiqarilgan edi, qor bo‘lsa unga xalal bermas, hatto zavqli edi. U yoqdan bu yoqqa yugurib yurdi, oyoq 
ostidan qor parchalari otilib chiqardi. Bola shuning uchun ham xursand ediki, uyi to‘la odam edi. 
Shuning uchun ham quvnoq ediki, yigitlar uyqudan turib, baland ovoz bilan gapirishar, hazillashib 
kulishardi. U yana shundan xursand ediki, o‘zlari uchun pishirilgan qo‘y go‘shtini ishtaha bilan 
yeyishardi. 
Bu orada quyosh ham olislarga musaffo nur tarqata boshlagandi. Bulutlar asta-sekin tarqalib, havo 
ham iliy boshladi. Bemahal yoqqan qor, ayniqsa, yo‘l va so‘qmoqlardagisi tezda erib keta boshladi. 
To‘g‘ri, shofyorlar va yuk tashuvchilar ketish uchun hozirlik ko‘rayotganlarida bola bir oz 
hayajonlandi. Hammalari hovliga chiqishdi, mezbonlar bilan xayrlasharkanlar, uy-joy va non-tuz 
uchun minnatdorchilik bildirishdi. Ularni Mo‘min bobo bilan Seydahmad otda kuzatib qo‘yishdi. 
Muzlab qolgan motorlarni isitish uchun chol otga bir bog‘lam o‘tin, Seydahmad esa katta bakda suv 
ortib olgandi. 
Hammalari hovlidan chiqa boshlashdi. 
- Ota, men ham boraman, meni ham olib keting, - deya bola bobosi yoniga chopqillab bordi. 
- Ko‘ryapsan-ku, men o‘tin ortib olganman, Seydahmad bo‘lsa bak ortib olgan. Qaysi birimiz 
olamiz seni. Nima bor senga u yerda? Qorda yurib charchaysan. 
Bola xafa bo‘ldi. Qovog‘i osildi. Shunda Qulibek unga: 
- Yur, biz bilan, - dedi va bolani qo‘lidan ushlab, oldi, - qaytishda bobong bilan birga kelasan. 
Ular Archadaradan qiyalab o‘tishadigan yo‘l tomon ketdilar. Hali xiylagina qor bor edi. Bu 
baquvvat yigitlar bilan birgama-birga qadam tashlab borish oson emasdi. Bola toliqa boshladi. 
- Qani, yelkamga o‘tir-chi, - taklif qildi Quli-bek. 
U bolani qo‘lida azot ko‘tarib, epchillik bilan yelkasiga mindirib oldi va uni xuddi har kuni ko‘tarib 
odatlangandek yurib ketdi. 
- Juda evini keltiribsan-ku, Qulibek, - dedi u bilan yonma-yon borayotgan shofyor. 
- Umrim uka va singillarimni ko‘tarib o‘tgan, - maqtanib qo‘ydi Qulibek. - To‘ng‘ichi edim-da. 
Biz oilada olti kishi bo‘lib, onam ham, otam ham dalada bo‘lishardi. Endi bo‘lsa singlim bolalik bo‘ldi. 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling