Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
49 hamma xashakni yuklashdi, biroq ikki aravachasi qoldi, xolos. Chekib olishdi, kim kimning ortidan haydashini kelishib olishdi va hammalari tizilib yo‘lga tushishdi. Mashinani sekin-asta haydashdi. Qorong‘ida tog‘dan sirg‘alib ketishlariga oz qoldi. Pichan yengil yuk bo‘lsa ham olib borish qiyin, ayniqsa, tor joylarda, burum yo‘llarda xavfli. Ular borisharkan, oldinda nima kutayotganini xayollariga ham keltirishmasdi. Ular Archa tepaligidan tushib, dara bo‘ylab ketishardi. Daradan chiqishda esa kechga yaqin bo‘ronga duch kelishdi. Qor ura boshlagan edi. - Shundan boshlab birpasda yelkalar uvib qoldi, - deya hikoya qila boshladi Qulibek. - Birdan qorong‘ilik bosib, shunaqangi shamol urib berdiki, naq bo‘lmasa qo‘lingdan barankani tortib olgudek edi. Ana-mana deguncha mashinani ag‘darib yuborayotgandek odamni vahima bosadi. Yana buning ustiga yo‘l shunaqa yomon-ki, hatto kunduz kuni ham yurish xavfli. Bola nafasini ichiga yutib, chaqnoq ko‘zlarini Qulibeqdan uzmay jimgina tinglardi. Hikoya qilinayotgan o‘sha shamol, o‘sha qor oyna ortida avjiga chiqmoqda edi. Ko‘pchilik shofyorlar va yuk tashuvchilar etiklarini ham yechmay polda yotib uxlashmoqda. Ular nimani boshidan kechirgan bo‘lsalar, buni qiltiriq bo‘yinli, katta boshli, shalpangquloq bu bola ham qayta boshidan kechirdi. Bir necha minutdan so‘ng yo‘l ko‘rinmay qoldi. Mashinalar chetga chiqib ketmaslik uchun bir- birining izidan qolmay nuqul signal berardi. Mashina derazalarini va faralarini qor bosdi. «Tozalagichlar» esa oynadagi qorni tozalab ulgura olmasdi. Kabinadan bosh chiqarib haydashga to‘g‘ri keldi. Biroq bu ahvolda qancha ham yo‘l bosish mumkin? Qor bo‘lsa zaptiga olib yog‘ardi! G‘iddiraklar og‘irlashib, deyarli joyidan jilmasdi. Kolonna tikka tepalikka yetganda to‘xtadi. Motorlar o‘kirardi - lekin foydasiz edi... Mashinalar toqqa chiqa olmay taqqa to‘xtab qoldi. Kabinadan sakrab tushishib, bir-birlariga ovoz qilganlaricha bir mashinadan ikkinchisiga chopib o‘tishib, kolonna boshida to‘planishdi. Nima qilish kerak? Gulxan yoqish mumkin emas. Kabinada o‘tirilaversa, qolgan yonilg‘i ham yoqib bitiriladi. Usiz ham sovxozgacha arang yetib borish mumkin. Kabina isitilmasa muzlab qolish hech gap emas. Yigitlar nima qilishlarini bilmay dovdirab qolishdi. Hamma narsaga qodir bo‘lgan texnika hozir ojiz. Nima qilish kerak? Kimdir mashinalardan birining xashagini ag‘darib, ichiga kirib yotishni taklif qildi. Biroq arqonni bo‘shatish bilanoq xashakdan bir tutam ham qolmasligi aniq edi: ko‘z ochib-yumguncha bo‘ron uchirib ketardi. Bu orada mashinalar qor uyumiga tobora chuqurroq kirib borar, g‘ildiraklar ostidagi qor ancha ko‘tarilib qolgan edi. Yigitlar o‘zlarini butunlay yo‘qotib qo‘yishdi, izg‘irin suyak-suyaklaridan o‘tib ketdi. - Bir mahal esimga tushib qoldi, oqsoqol, - deb hikoya qilardi Qulibek Mo‘min boboga. - Biz yo‘lda Archadaraga ketayotib mana bu Bug‘uboy avlodidan bo‘lgan ukamizni uchratdik. - U bolani ko‘rsatdi va erkalab uning boshini siladi. - Yo‘lda chopib yurgan ekan. Men uni to‘xtatib salomlashdim. Gaplashdik. To‘g‘rimi? Nima, hali uxlaganing yo‘qmi? Obbo, azamat-e! Bola jilmayib bosh irg‘adi. Uning qalbi quvonch va iftixordan gursillab urayotganini birov bilganda edi. Buni yigitlar ichida eng kuchlisi, eng botiri va eng chiroylisi - Qulibekning o‘zi gapirib berdi. Mana shunaqa bo‘lsa kishi. Bobo ham o‘choqqa o‘tin tashlarkan, uni maqtab qo‘ydi: - U shunaqa. Gap tinglashni yaxshi ko‘radi. Angrayib quloq solishini ko‘ryapsanmi? - O‘sha daqiqada u qanday esimga tushib qoldi, o‘zim ham bilmayman, - davom etdi Qulibek. - Bolalarga deyarli baqirib gapiraman, ovozimni bo‘lsa shamol olib qochadi. Kelinglar, qorovulxonaga yetib olaylik. Bo‘lmasa, nobud bo‘lamiz deyman. Bolalar bo‘lsa qanday yetib boramiz, deb shundoqqina yuzimga kelib qichqirishadi. Piyoda borib bo‘lmaydi. Mashinani ham tashlab ketish mumkin emas. Men bo‘lsam kelinglar, mashinani itarib dovondan olib o‘tamiz, u yog‘i qiyalik deyman. San-Toshgacha yetib borsak bo‘lgani, u yog‘iga piyoda borish ham mumkin, o‘rmonchilarimizning uyi yaqin qoladi deyman. Bolalar buni ma’qul ko‘rishdi. Qani, boshla deyishdi. Ish shunday bo‘lgach... Birinchi mashinadan boshladik: «Usmonali, kabinaga chiq!» Boshqa hammamiz mashina ortidan yelka tirab itara boshladik. Dastlab ish yurishgandek bo‘ldi. Keyin |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling