Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
Armiyadan qaytdim, uylanmagan edim, ishga ham hali joylashganimcha yo‘q edi. Singlim biznikiga 
kel, sen bolaga yaxshi qaraysan, deydi. Qo‘ysang-chi, deyman, bo‘ldi, endi o‘zimnikini ko‘tarib 
yuraman... 
Ular shu zaylda turli-tuman narsalar to‘g‘risida gapirishib borishdi. Bola Qulibekning baquvvat 
yelkasida rohat qilib xotirjamgina borardi. 
«Mening ham shunday akam bo‘lsaydi, - orzu qilardi bola, - hech kimdan qo‘rqmasdim. O‘razqul 
Qulibekning oldida bobomga baqirib yoki qo‘l tekkizib ko‘rsin-chi. U O‘razqulni darhol tinchitib 
qo‘ygan bo‘lardi». 
Pichan ortilgan mashinalar yo‘l ayrilishidan ikki kilometr yuqorida turardi. Qor bilan qoplangan bu 
mashinalar daladagi qishki g‘aramlarga o‘xshab ko‘rinardi. Aftidan, ularni hech kim, hech qaerga 
qo‘zg‘ata olmaydigandek. 
Mana, gulxanni ham yoqishdi. Suvni isitishdi. Motorni o‘t oldiruvchi ruchka bilan aylantira 
boshladilar, motorga jon kirdi, aksirib ishlab ketdi. Shundan keyin ish tezlashib ketdi. Navbatdagi har 
bir mashina shatakka olib yurg‘izildi. O‘t olib qizdirilgan mashina kolonna ortidan borib tizila 
boshladi. 
Qamma yuk mashinalari yurgizilgach, qo‘shaloq shatakka olingancha kechasi xandaqqa tushib 
ketgan mashinani tortib chiqarishdi. Bor odamlarning hammasi uni yo‘lga chiqarib olish uchun 
ko‘maklashdi. Bola ham yordamlashdi. U kimnidir: «Sen nega oyoq ostida ivirsib yuribsan, qani 
qochib qolchi, bu yerdan», deyishini kutib, xavfsirab turdi. Lekin hech kim bunday demadi, uni hech 
kim quvlamadi. Balki Qulibek unga yordam berishga ruxsat etgani uchun shunday bo‘lgandir. U bu 
yerda hammadan kuchlisi, uni hamma hurmat qiladi. 
Shofyorlar yana bir bor xayrlashishdi. Mashinalar qo‘zg‘aldi. Dastlab asta-sekinlik bilan, keyin 
tezlashib ketdi. Qorga burkangan tog‘lar orasidagi yo‘ldan ular karvon bo‘lib, tizilishib borardi. 
Shoxdor ona bug‘u farzandlarining farzandlari ketishdi. Ular oldilarida, yo‘lda ko‘rinmasdan Shoxdor 
ona bug‘u chopib borayotganini bilishmasdi. Bolaning tasavvurida xuddi shunday edi. U shiddat bilan 
uzun-uzun sakrab, kolonnani olg‘a boshlab borardi. Ularni og‘ir yo‘ldan falokat va baxtsizliklardan 
qo‘riqlardi. X,ar qanday qulashlardan, har qanday ko‘chmalardan, bo‘ron-u tumanlardan va qirg‘iz 
xalqi o‘zining ko‘chmanchilik hayotida uzoq asrlar mobaynida boshidan kechirib kelgan har qanday 
boshqa falokatlardan qo‘riqlardi. Mo‘min bobo erta tongda qora to‘qlini olib kelib unga qurbon 
qilganida Shoxdor ona bug‘udan shularni so‘ramaganmidi, axir? 
Ketishdi. Bola ham xayolan ular bilan birga ketdi. U kabinada Qulibek bilan yonma-yon o‘tirib 
borardi. «Qulibek aka, - dedi bola, - oldinda Shoxdor ona bug‘u yugurib boryapti». - «Yo‘g‘-e?» 
«Rostim. Ana u!» 
- Nimani o‘ylab qodding, nega serrayib turibsan? - Mo‘min bobo uni o‘ziga kelishga majbur et-di. 
- Mingash, uyga ketish kerak. - U otdan engashib, bolaga cho‘zildi va uni egarga ko‘tarib oldi. - 
Sovqotdingmi? - dedi chol va po‘stini bilan nabirasini yaxshiroq o‘rab qo‘ydi. 
Bola o‘sha kezlarda maktabga qatnamasdi. 
Endi esa og‘ir uyqudan asta-sekin uyg‘onib, tashvish tortib o‘ylardi: «Ertaga maktabga qanday 
boraman? Axir mening tobim qochdi-ku, mazam yo‘q...» Keyin u unutdi. Go‘yo unga muallima 
doskaga yozgan: «Ot. Ota. Taqa» so‘zlarini o‘z daftariga ko‘chirib yozganday tuyuldi. «Ot. Ota. Taqa. 
Ot. Ota. Taqa». Birinchi sinf o‘quvchisi shu so‘zlarni yozib butun bir daftarni to‘ldirdi. U nihoyat 
charchadi, ko‘zlari jimirlashib, juda ham isib ketdi. Ustini ochib tashladi va usti ochiq hodda yotib 
sovqotdi, yana ko‘z o‘ngida turli narsalar namoyon bo‘ldi. Goh u baliq bo‘lib muzdek suvda suzardi. 
Oq kema sari borardi. Lekin unga hech yetolmasdi. Goho qor bo‘roniga duch kelardi. Tog‘ yo‘lining 
tikka tepaligiga kelib pichan ortgan avtomashinalar izg‘irinli qor quyunida taqqa to‘xtab qolardi. 
Mashinalar xuddi odam ingragani singari ingrashardi. Lekin ular joyidan qo‘zg‘alishmasdi. Parraklar 
haddan tashqari tezlik bilan aylanaverganidan laxcha cho‘g‘dek bo‘lib ketgan edi. Shoxdor ona bug‘u 
shoxlarini kuzovga tirab, pichan ortilgan mashinalarni yuqoriga g‘ildiratib chiqarardi. Bola butun 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling