Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
60 ergashib yursa. Qanday ajoyib bo‘lardi. Sen bilan maktabga ham birga borib kelgan bo‘larmidi?.. Bola bobosini kutardi, lekin undan darak yo‘q. Bir vaqt Seydahmad kelib qoldi. U nimadandir juda mamnun. Og‘zi qulog‘ida edi. Seydahmad kallasini chayqab o‘z-o‘zicha iljayardi. U yaqinroq kelganda di-mog‘idan spirt hidi anqib ketdi. Bola O‘razqulning o‘zboshimchaliklarini, bobosi va Bekey xolaning azob chekishlarini eslatuvchi bu badbo‘y hidni juda yomon ko‘rardi. Lekin Seydahmad ichganda aqliy jihatdan uncha hushyor bo‘lmasa ham, juda saxiy, muloyim va kishi qalbiga ozor bermaydigan hazil-mutoyibalari bilan O‘razquldan farq qilardi. Bunday vaqtlarda u bilan bobosi Mo‘min o‘rtasida taxminan shunday suhbat ketardi. - Nega buncha tentaklarga o‘xshab kulasan, Seydahmad? Kayfing taraqmi deyman? - Oqsoqol, men sizni shunday sevamanki. Rostini aytsam, xuddi o‘z otamdek. - E-e, seni qara-yu, sening yoshingda... Boshqalar mashina haydab yuribdi. Sen bo‘lsang gapingni uddalab gapira olmaysan. Agar men sening yoshingda bo‘lganimdami hech bo‘lmaganda traktor haydagan bo‘lardim. - Oqsoqol, menga armiyada komandirimiz bu ishga layoqatsizligimni aytgan edi. Biroq piyodalar safida xizmat qildim. Piyoda askarsiz ish bitmaydi-ku axir... - Piyoda askar emish! Piyoda askar emas, ishyoqmassan. Xotining bo‘lsa... Xudo ham tengiga qo‘shmas ekan. Senga o‘xshaganning yuztasi bitta Guljamolga arzimaydi. - Shuning uchun ham biz er va xotin bu yerda yuribmiz-da, oqsoqol. - Ha, seni gapga qo‘ysa... Ho‘kizday kuching bor, aql esa... - Umidsiz qo‘l siltab qo‘ydi Mo‘min bobo. - Mu-u-u, - deb ma’raganday kulib qo‘ydi Seydahmad. Shundan keyin u hovlining o‘rtasida turib olib o‘zining allaqanday eshitib olgan g‘alati ashulasini kuylay boshladi: Sariq-sariq tog‘lardan, Sariq otda men keldim. Och eshiging, ey, sariq savdogar, Biz ichamiz sariq vinodan. Ko‘ng‘ir-qo‘ng‘ir tog‘lardan, Qo‘ng‘ir otda men keldim. Och eshiging, ey, qo‘ng‘ir savdogar, Biz ichamiz qo‘ng‘ir vinodan... Shu tarzda davom etib ketaverardi, chunki u ba’zan tog‘dan tuyada kelgan bo‘lsa, ba’zan xo‘rozda, sichqonda, toshbaqada, xullas, nimaiki jonivor bo‘lsa, o‘shalarda kelaverardi. Mast Seydahmad bolaga hushyorligiga qaraganda yoqimliroq ko‘rinayotgandek edi. Shuning uchun ham Seydahmad shirakayf bo‘lib kelganda bola ochiq ko‘ngillik bilan iljayib qo‘yardi. - E-ha! - xitob qildi Seydahmad ajablanib. - Seni kasal deyishgan edi-ku. Ha, sen umuman kasal bo‘lmaysan. Sen hovlida nega o‘ynamay qolding? Bunaqasi ketmaydi. - Seydahmad bolaning to‘shagiga ag‘anab yotdi. Uning qo‘llaridan va ust-boshidan spirt va yangi so‘yilgan xom go‘shtning hidi anqib turardi. U bolani quchoqlab o‘pa boshladi. Uning o‘sib ketgan dag‘al soqoli bolaning yuzlarini timdalab achitardi. - Bo‘ldi endi, Seydahmad amaki. - Iltimos qildi bola. - Bobom qani, ko‘rmadingizmi? - Bobong anavi yokda, - Seydahmad qo‘lini havoda noaniq aylantirdi. - Biz mana shu... Yog‘ochni suvdan olib chiqdik. Va bir oz isib olish uchun ichdik. Hozir esa u go‘sht pishirayotir. Tur o‘rningdan. Kiyimlaringni kiy, birga ketamiz. Bu nimasi! Yaxshi emas. Biz hammamiz u yerda bo‘lsagu, sen bu yerda yolg‘iz yotsang. - Bobom turmagin degan, - dedi bola. - Qo‘ysangchi bo‘lmagan gapni. Yur, tomosha qilamiz. Bu har doim bo‘lavermaydi-ku. Butun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling