Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
62 yoqayapman, bu hammadan... U nabirasini deyarli itarib yuborib, go‘yo butun olamdan yuz o‘girganday, yana o‘choqqa qarab o‘girilib oldi. U tiz cho‘kkancha, go‘yo faqat o‘t bilan bandday biron yoqqa burilib qaramasdi. Chol nabirasining tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgancha, hovlida o‘tin yorayotgan Seydahmad tomon yo‘l olganini ham ko‘rmadi. Bola bobosiga nima bo‘lganini, umuman, hovlida nima bo‘layotganini tushunmasdi. U saroyga yaqinlashgandagina yungi yerga qaratib yoyilgan teri ustida yangi so‘yilgan molning uyib qo‘yilgan go‘shtiga ko‘zi tushdi. Terining chekkalaridan hamon xira qon tomchilari sizib tushayotgan edi. Sal nariroqda it ichakchavoqlarni irillagancha silkilab tortardi. Uyulgan go‘sht yonida allaqanday qoradan kelgan, barvasta notanish kishi to‘nkaga o‘xshab do‘ppayib o‘tirardi. U Ko‘katoy edi. U bilan O‘razqul ikkalasi pichoqni olvolib, go‘sht maydalashardi. Ular qismlarga ajratilgan yog‘ va go‘shtlarni yozib qo‘yilgan terining turli joylariga xotirjamlik bilan, shoshmasdan irg‘itib tashlamokda edilar. - Maza! Hidini aytmaysanmi! - dedi yo‘g‘on ovoz bilan haligi barvasta kishi, go‘sht hidlab ko‘rarkan. - Ol, ol, o‘z ulushingga tashla, - saxiylarcha taklif etdi O‘razqul. - Buni sening kelishing sharafiga xudo yetkazdi. Bu har doim bo‘lavermaydi. - O‘razqul bu orada pishillab, ishdan boshini ko‘tarib, taranglashgan qornini silab qo‘ydi, uning ko‘p yeb, ko‘p ichganligi bilinib turardi. Uning nafasi qisilib xirillab qoldi, erkin nafas olish uchun boshini birdan yuqori ko‘tardi. Uning sergo‘sht, sigirning yelinidek yaltiroq yuzidan o‘ziga bino qo‘yganligi va to‘qlik alomati sezilib turardi. Bola devor tagidagi shoxli bug‘u kallasini ko‘rib esankirab qoldi, badani muzlab ketdi. Kesilgan kalla qop-qora qon tomchilarini oqizib, changda yumalab yotardi. Bu - yo‘lda yotgan egri-bugri daraxtni eslatardi. Kalla yonida tizzadan qirqilgan to‘rtta tuyoq yotardi. Bola bu dahshatli manzarani ko‘rib cho‘chib ketdi. U o‘z ko‘zlariga ishonmasdi. Uning oldida Shoxdor ona bug‘uning kallasi yotardi. U bu yerdan qochib ketishni istardi, lekin oyoqlari unga itoat etmasdi. U kalla-pocha qilingan oq bug‘uning qarshisida turardi. Kechagina Shoxdor ona bug‘u bo‘lib yurgan, unga oqko‘ngillik bilan suqlanib qaragan, xayolan gapirishgan va shoxida qo‘ng‘iroqcha taqilgan sehrli beshik keltirishni iltijo qilib so‘ragani o‘sha bug‘u edi. Nahotki bularning hammasi nogoh shaklsiz bir uyum go‘shtga, shilingan teriga, kesilgan oyoqqa va uloqtirib tashlangan kallaga aylanib qolsa. Bolaning ketishi kerak edi, lekin u toshdek qotib, bu voqeaning qanday va nega sodir bo‘lganini tushuna olmay turardi. Haligi go‘sht bo‘layotgan qora barvasta kishi uyulib turgan go‘shtning ichidan buyrak oldi-da, uni pichoqning uchiga sanchib bolaga uzatdi. - Ma, bola, kabob qil, lazzatli bo‘ladi, - dedi u. Bola qimirlamay turardi. - Ol! - buyruq qildi O‘razqul. Bola beixtiyor qo‘lini cho‘zdi, so‘ng muzdek qo‘lida Shoxdor ona bug‘uning hali ham issig‘i ketmagan yumshoq buyragini g‘ijimlagancha ushlab turdi. Shu payt O‘razqul oq bug‘uning kallasini shoxidan ushlab ko‘tarib ko‘rdi. - Eh, og‘irligini qarang-a, - u kallani tebratib, og‘irligini salmoqlab ko‘rdi, - bitta shoxining o‘zi qancha keladi-ya. - U kallani g‘o‘laga ko‘ndalang qilib qo‘ydi va boltani olib shoxini ajratishga kirishdi. - Mana, shox! - ishlab turib gapirardi u o‘tkir boltani shoxlarining tubiga qadab. - Bu sening bobongga, - u bolaga qarab ko‘z qisib qo‘ydi. - O‘lishi bilan bu shoxni uning qabriga qo‘yamiz. Qani endi kim bizga u kishini hurmat qilmaysizlar, deb ayta olar ekan. Yana nima kerak! Bunday shox uchun hatto bugunoq o‘lsang arziydi! - deya boltani mo‘ljalga olarkan, O‘razqul xaxolab kulardi. Shoxni osonlikcha olib bo‘lmaydi. Uni olish juda qiyin edi. Mast O‘razqulning boltasi nishonga borib tegmasdi, bu esa battar jahlini chiqarardi. Kalla g‘o‘la ustidan dumalab tushdi. Shunda O‘razqul uni yerdayoq chopa boshladi. Kalla sirg‘alib chiqib ketaverdi. O‘razqul bolta ko‘targancha uning orqasidan chopib yurdi. Bola seskanib ketdi, har gal ketmoqchi bo‘lib beixtiyor tisarilsa-da, bu yerdan ketishga o‘zini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling