Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
Uy isib dimiqib ketgan edi. Bola iztirob chekib yotardi, boshi aylanardi. U ko‘zini yumib 
yotgancha mast-alast kishilarning Shoxdor ona bug‘uning go‘shtini chapillab, pishillashib ovoz 
chiqarib yeyayotganliklarini, bir-birovlariga mazali go‘sht qismlarini uzatishib siylashayotganlarini, kir 
stakanlarning urishtirilayotganini, kemirib tozalangan suyaklarning tovoqqa qanday terib 
qo‘yilayotganini eshitib turardi. 
- Bay-bay-bay, munchayam mazaliya! - maqtardi Ko‘katoy labini chapillatib. 
- Nima, biz ahmoqmizmi tog‘da yashab shunday go‘sht yeya olmasak, - dedi O‘razqul. 
- To‘g‘ri-da, nega bo‘lmasa bu yerda yashayapmiz, - ma’qulladi Seydahmad. 
Hamma Shoxdor ona bug‘uning go‘shtini maqtay ketdi. Kampir-u Bekey xoladan tortib, Guljamol-
u Mo‘min bobogacha - hamma-hammasi maqtashardi. Bolaga ham tarelkada go‘sht va boshqa 
taomlardan kiritib berishdi. Lekin u rad etdi. Mast odamlar uning tobi qochganligini hisobga olib 
bezovta qilmadilar. 
Bola tishini-tishiga qo‘yib yotardi. U shunday yotganda ko‘ngil behudligidan bir oz qutulganday 
bo‘ladi. Biroq Shoxdor ona bug‘uni o‘ldirgan bu odamlar bilan biron ish qilishga qodir emasligi uni 
hammadan ko‘ra qiynayotgan edi. U bolalarga xos haqgo‘ylik g‘azabi va dilxastaligi bilan ulardan 
o‘ch olishning turli yo‘llarini - qanday bo‘lmasin ularni jazolash, gunohini tushunishga majbur etish, 
qanday yovuz ishga qo‘l urganliklarini ko‘rsatib qo‘yish yo‘llarini o‘ylardi. Biroq xayolan Qulibekni 
yordamga chaqirishdan bo‘lak biror durustroq yo‘l topolmadi. Ha, o‘sha bo‘ronli tunda soldatcha 
kamzul kiyib, yosh shofyorlar bilan birga pichan ortishga kelgan o‘sha yigitni chaqirmoq kerak. U 
bolaning ko‘rib yurgan odamlari ichida O‘razqulga bas kela olishi va butun haqiqatni aytib solishi 
mumkin bo‘lgan birdan bir kishi edi. 
Bolaning chorlashi bo‘yicha Qulibek mashinada g‘izillab yetib keldi va avtomatni oldinga qarata 
qiya ushlagancha kabinadan sakrab tushdi: «Qani ular?» - Ular mana bu yokda! Ular ikkalasi 
O‘razqullarning uyi tomon yugurib ketishdi. Eshikni zarb bilan ochishdi. «Qo‘zg‘ala ko‘rma! 
Qo‘lingni ko‘tar!» - bo‘sag‘adan turib dahshat bilan buyruq berdi Qulibek, avtomatni to‘g‘rilagancha. 
Hammaning kapalagi uchib ketdi. Hamma o‘tirgan joyida dong qotib, og‘izdagi go‘shtlar bo‘g‘izlarida 
qoldi. Ko‘p yeb qo‘llari, yuzlari, og‘izlari moyga botib, bo‘kib qolgan mast-alast kishilarning esa 
umuman qimir etishga majollari qolmagan edi. 
«Qani, o‘rningdan turchi, murdor!» - Qulibek avtomatini O‘razqulning chakkasiga tiradi. Qaltiroq 
bosgan O‘razqul duduqlanganicha Qulibekning oyog‘iga yiqildi. «Rahm qil, o‘ldirmagin». Lekin 
Qulibek rahm qilmadi. «Chiq bu yoqqa, murdor! Endi tamom bo‘lding!»- U O‘razqulning chotiga zarb 
bilan tepib yubordi va o‘rnidan turg‘izib uydan chiqishga majbur etdi. Kayfi uchib sarosimaga tushib 
qolgan jamiki kishilar jimgina hovliga chiqishdi... 
«Devorga borib tur! - buyruq berdi Qulibek O‘razqulga. - Shoxdor ona bug‘uni o‘ldirganing uchun 
va uning beshik ko‘tarib kelgan shoxlarini kesib olganing uchun senga o‘lim!» O‘razqul tuproqqa 
yiqilib tushdi. Emaklab ingragancha zorlana boshladi: «O‘ldirma meni, mening hech kimim yo‘q-ku 
axir. Olamda tanhoman. Na o‘g‘lim bor, na qizim...» 
Undagi manmanlik, kibr-havo qayoqqa ketdi. 
Ojiz, yaramas qo‘rqoq. Bundaylarni o‘ldirging ham kelmaydi. 
«Mayli, o‘ldirmaylik, - dedi bola Qulibekka. - Lekin bu yerdan abadiy ketsin, qorasi o‘chsin. Bu 
yerda uning keragi yo‘q. Yo‘qolsin». 
Urazqul o‘rnidan turib shimini ko‘tarib oldi va o‘girilib qarashga yuragi dov bermay lo‘killagancha 
qochib qoldi. Uning xomsemiz yuzlari lorsillab, etigidan galife shimi osilib qolgan edi. Biroq Qulibek 
uni to‘xtatdi: «To‘xta! Senga aytadigan oxirgi so‘zimiz bor. Senda hech qachon bola bo‘lmaydi. Sen 
yovuz va yaramas odamsan. Seni bu yerda hech kim yoqtirmaydi. O‘rmon ham, birorta daraxt ham, 
hatto bir dona giyoh ham seni sevmaydi. Sen fashistsan. Sen bu yerdan umrbod ket. Qani, tezroq bo‘l!» 
O‘razqul oldi-ketiga qaramay yugurardi. Qulibek uning orqasidan: «Shnel! Shnel», - deya xaxolab 
kular va yana vahima solish uchun avtomatidan havoga qarab o‘q uzardi. 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling