Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
64 o‘zi bilan birga olib ketdi. Bular yana o‘choq boshidan o‘tib ketayottanlarida yelin singari qizarib to‘lishib ketgan holda molxonadan chiqib kelayotgan O‘razqulga ko‘zlari tushdi. U Mo‘min bobo yoniga o‘zi kesgan bug‘u shoxlarini kekkaygancha uyib qo‘ydi. Chol sapchib tushdi. O‘razqul unga qaramasdan suv to‘la paqirni boshi uzra ko‘tardi va orqaga egilgancha egniga to‘kib-sochib icha boshladi. - Endi o‘lsang ham bo‘laveradi, - dedi u boshini paqirdan ko‘tarib, yana paqirga tiqarkan. Bola cholning g‘o‘ldirab gapirayotganini eshitdi: - Rahmat, o‘g‘lim, rahmat. Endi o‘lsam ham armonim yo‘q. Men uchun shunchalik izzat-hurmat... - Men uyga ketaman, - dedi o‘zini uncha yaxshi sezmayotgan bola. Bekey xola ko‘nmadi. - Bir o‘zing nima qilasan u yerda. - Bolani holi-joniga qo‘ymasdan uyiga olib ketdi va burchakdagi karavotga yotqizdi. O‘razqulning uyida dasturxon muntazir edi. Har xil taomlar muhayyo edi. Bularning hammasi bilan kampir va Guljamol band edi. Uy bilan hovlidagi o‘choq orasida Bekey xola qatnagani-qatnagan. O‘razqul bilan barzangi Ko‘katoy go‘shtni kutib, gulli ko‘rpachada yostiqqa yonboshlagancha choydan mayda-mayda ichishib o‘tirishardi. Ular to‘satdan o‘zlariga bino qo‘yib, o‘zlarini to‘ra his etishardi. Seydahmad ularga piyolaning tagida choy quyib o‘tirardi. Bola bo‘lsa bir burchakda ipsiz bog‘langanday, betoblik zarbiga bardosh berib jimgina yotardi. Uni yana qaltiroq bosdi. U turib ketishni istardi. Biroq karavotdan tushishi bilanoq qayt qilib yuborishdan qo‘rqardi, shuning uchun ham u titrab-qaqshagancha tishini-tishiga qo‘yib, qimir etmay yotardi. Ortiqcha qimirlashdan qo‘rqardi. Shu orada xotinlar Seydahmadni hovlidan chaqirishdi. Katta sirlangan tovoqda tog‘ singari uyulib, bug‘lanib turgan go‘shtni ko‘targancha Seydahmad paydo bo‘ldi. U uzoq kutilgan bu taomni zo‘rg‘a ko‘tarib kelib, O‘razqul bilan Ko‘katoyning oldiga qo‘ydi. Xo-tinlar uning orqasidan yana turli xil ovqatlarni keltirishdi. Hamma joy-joyiga o‘tirdi, pichoq va tarelkalar tayyorlandi. Shu orada Seydahmad stakanlarga aroq quydi. - Aroqning raisi men bo‘laman, - deya shaqillay boshladi u burchakdagi shishalarga ishora qilib. Hammadan keyin Mo‘min bobo keldi. Chol bugun har qachongidan ko‘ra g‘alati va ayanchli qiyofada ko‘rinardi. U biror chetroq joyga borib omonatgina o‘tirmoqchi edi, lekin qora, barvasta Ko‘katoy himmat qilib uni o‘z yoniga taklif qildi. - Bu yoqqa keling, oqsoqol. - Rahmat. Biz mana bu yerga, o‘zimizniki-ku axir, - e’tiroz bildirmoqchi bo‘ldi Mo‘min bobo. - Harqalay siz oqsoqolimizsiz, - qattiq turib oldi Ko‘katoy va o‘zi bilan Seydahmadning o‘rtasiga o‘tqazdi. - Qani, ichamiz, oqsoqol, sizning shunday muvaffaqiyatlaringiz uchun. Birinchi so‘z sizga. Mo‘min bobo yo‘talib qo‘ydi. - Mana shu uylarda tinchlik bo‘lsin, - dedi u qiynalib. - Qaerda tinchlik bo‘lsa, baxt ham o‘sha yer-da, bolalarim. - To‘g‘ri, to‘g‘ri! - deb hamma o‘z qadahini ko‘tardi. - A, siz-chi! Yo‘q, bunaqasi ketmaydi! Kuyovingiz va qizingizga baxt tilasangizu, yana o‘zingiz ichmasangiz, - deb Ko‘katoy xijolat tortib o‘tirgan Mo‘min bobodan o‘pkaladi. - Shularning baxti uchun bo‘ladigan bo‘lsa, - chol shoshib qoldi va hammani hayratda qoldirgancha salkam to‘la stakanni oxirigacha ko‘tarib yubordi va garang bo‘lib qolganday boshini chayqay boshladi. - Obbo, shovvoz-ey! - Bizning bobo unaqalardan emas. - Qoyil, qoyilmiz cholingizga! Hamma shodlanib kulardi, cholni maqtardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling