Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
- Hozir bilamiz-da. Yuring, buva, siz bug‘ularni ko‘rgan joyga boramiz, - dedi bola. - Men ham bir 
ko‘ray. 
- Ular axir bir joyda turmaydi-da. 
- Biz izidan boramiz. Ularning izidan uzoq-uzoqlarga izlab boraveramiz. Ularga ko‘zimizning qiri 
tushdi deguncha, qaytamiz. Shunda ular odamlar tegmasligini bilib oladi. 
- Go‘daksan-da, - kulimsiradi bobo. - Uyga boraylik, o‘sha yerda ma’lum bo‘ladi. 
Ular qorovulxonaga yaqinlashib, uylar ortidagi so‘qmoqdan borishardi. Uylar orqa tomondan - 
xuddi yelkasini o‘girib turgan odamga o‘xshardi. Uchala uy ham ichida nima bo‘layotganidan hech bir 
nishon bermay turardi. Hovli ham bo‘m-bo‘sh va jimjit. Mo‘minning yuragini noxush vahm bosdi. 
«Nima yuz bergan bo‘lishi mumkin? O‘razqul uning baxtsiz qizi Bekeyni urdimikin? Yoki mast 
bo‘lguncha ichganmikin? Yana qanday falokat yuz berishi mumkin? Nega buncha jimjitlik, nega shu 
mahalda hovlida hech kim yo‘q? Agar hamma narsa joyida bo‘lsa, bu mash’um yog‘ochni daryodan 
sudrab chiqish kerak, - o‘yladi Mo‘min. - Qo‘y, shu O‘razqulni, yaxshisi u bilan aloqani uzish kerak. 
Bilganini qilib, qolgan hammasiga tupurish darkor. Eshakka uning eshak ekanligini isbotlab 
berolmaysan-ku». 
Mo‘min otxonaning oldiga keldi. 
- Tusha qol. Mana, yetib ham keldik, - u nabirasiga hayajonlanganini bildirmaslik uchun xotirjam 
gapirdi. Bola qo‘lida portfeli bilan uyga chopmoqchi bo‘lganida, Mo‘min bobo uni to‘xtatdi: - To‘xta, 
birga boramiz. 
U Olaboshni otxonaga bog‘lab chikdi-da, bolani qo‘lidan ushlab, uyga qarab yurdi. 
- Menga qara, - dedi bobo nabirasiga, - agar meni so‘kishsa, sen qo‘rqmagin va u yerdagi har xil 
gaplarga ahamiyat qilmagin. Buning senga daxli yo‘q. Sening ishing maktabga qatnash. 
Biroq aytadigan hech nima sodir bo‘lmadi. Ular uyga kelishganda, faqat kampir Mo‘minga 
xushlamaygina tikildi-da, labini tishlab, yana o‘zining tikayotgan ishiga berildi. Mo‘min chol ham 
unga hech nima demadi. U xona o‘rtasida qovog‘ini solgan holda sergak turib, keyin qozondan katta 
kosadagi un oshini olib, non va qoshiq keltirdi-yu, nabirasi ikkalasi kechikkan tushlikka o‘tirishdi. 
Jimgina ovqatlanishdi, buvisi esa hatto ular tomonga qayrilib ham qaramadi. Uning jigarrang 
so‘lg‘in yuzida g‘azab to‘ngib qolgandi. Bola qandaydir mudhish hodisa sodir bo‘lganini payqadi. 
Chol-kampir esa jim edi. 
Bolaga shunday vahimali, shunday tashvishli tuyuldiki, tomog‘idan ovqat ham o‘tmay qoldi. Ovqat 
ustida odamlarning jim qolib, o‘zlarining allaqanday yomon va shubhali xayollariga berilishidan 
yomoni yo‘q. «Balki, bunga biz sababchidirmiz?» - dedi bola xayolida portfeliga. Portfel deraza 
tokchasida turardi. Bola xayolan portfeli bilan shivirlasha boshladi: 
«Sen hech nima bilmaysanmi? Bobom nega buncha g‘amgin? Uning gunohi nima? Bugun nega u 
kechikdi, nega Olaboshni egarsiz minib bordi? Axir hech qachon bunday bo‘lmagandi-yu. Balki u 
o‘rmonda bug‘ularni ko‘rib qolib, ushlanib qolgandir?.. Ehtimol, hech qanday bug‘u yo‘kdir. Bu 
yolg‘ondir? Unda nima? Nega bo‘lmasa gapiradi? Agar u bizni aldagan bo‘lsa, Shoxdor ona bug‘u 
qattiq ranjiydi-ku...» 
Mo‘min ovqatlanib bo‘lgach, bolaga sekingina dedi: 
- Sen hovliga chiqavergin, bir ish bor. Menga yordamlashasan. Men hozir chiqaman. 
Bola itoatkorona chiqib ketdi. U eshikni yopgan zamon, buvisining ovozi keldi: 
- Qayoqqa?
- Yog‘ochni keltirgani boraman. Boya daryoda tiqilib qolgandi, - javob qildi Mo‘min. 
- Ha, payqab qoldingmi! - qichqirdi kampir. - Esingga tushdi! Sen borib qizingning holini ko‘r. 
Uni Guljamol uyiga olib ketdi. Sening tug‘mas telba qizing kimga kerak endi. Bor, kimga o‘xshab 
qolganini endi o‘zi aytsin. Eri uni uyidan qutirgan itday haydadi. 
- Xo‘sh, nima bo‘pti, haydasa haydapti-da, - dedi qiziq ustida Mo‘min. 
- Eh, seni qara! Kimsan o‘zing! Qizlaringni bari sayoq, nabirangni o‘qitib amaldor qilmoqchi 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling