Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc
Download 363.1 Kb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
35 haydab ketdi. Daryodan o‘tguncha ham ancha vaqt o‘tdi: kechuvdan o‘tish osonmas, suv ko‘p, oqim tez. Kuzda hali uncha qo‘rqinchli emas, yozda otni chappa ag‘daradi. Mo‘min nihoyat daryodan o‘tib nabirasining oldiga borganida u ho‘ngrab yig‘lardi. Bobosiga qaramas, faqat yig‘lar va so‘ylanardi: «Kechikdim, maktabga kechikdim». Chol otdan engashib, bolani egarga ko‘tarib oldi-da, yo‘rtib ketdi. Bu maktab qurg‘ur yaqin orada bo‘lgandami, bolaning o‘zi g‘iz etib borib kelaverardi. Shuning uchun butun yo‘l bo‘yi to‘xtamay yig‘ladi, chol uni hech nima bilan ovutolmadi. Maktabga ham ho‘ngrab yig‘lagan holida olib keldi. Dars boshlanib ketgan edi. To‘g‘ri sinfga olib kirdi. Mo‘min muallima oldida qayta-qayta uzr so‘rab, buning boshqa takrorlanmasligini aytib so‘z berdi. Lekin hammasidan ham chol kechikkani uchun nabirasining kuyib-pishganini va zorlanib yig‘laganini ko‘rib iztirob chekdi. «Ilohim maktabni hamisha shunday sevsin-da»,- xayoliga keltirdi u. Harholda bolapaqir nimaga bunchalik yig‘ladi. Demak, yuragida bir armon bor-da... Hozir ham yog‘ochning atrofida charx urib, goh u tomoniga, goh bu tomoniga chopib o‘tar, tog‘dan tezroq pastlikka sirg‘alib tushsin, hech qaerga ilinib qolmasin deb, yog‘ochning ostiga pishang solib, itarib borarkan, Mo‘minning xayolidan nabirasi ketmasdi - nima bo‘ldi ekan-a? O‘razqul esa shoshmasdi. U otni yetaklab borardi. Bu yerda ko‘p shoshib bo‘lmaydi - uzun, tik nishablikdan qiyalab yurishga to‘g‘ri keladi. Lekin uning gapini inobatga olib, yog‘ochni shu yerda qoldirib, keyin kelib olib ketish mumkin emasmi? Eh, kuch-quvvati bo‘lgandami, yog‘ochni shartta yelkasiga qo‘yib, daryodan o‘tgan va mashinaga ortiladigan joyga eltib tashlagan bo‘lardi. Mana-e, olinglar yog‘ochlaringni va yo‘qolinglar. Mo‘minning o‘zi bo‘lsa nabirasining oldiga otilgan bo‘lardi. Qayokda deysiz, bular xomxayol. Hali toshlar va shag‘alliklardan yurib qirg‘oqqa yetish, so‘ng kechuvdan yog‘ochni ot bilan sudrab narigi tomonga olib o‘tish kerak. Otning sillasi quridi - u tog‘da qancha past-balandliklarga chiqib tushmadi... Ishqilib, oxiri baxayr bo‘lsin, agar yog‘och daryo o‘rtasida toshlarga ilinib, yoki ot qoqilib yiqilib tushsa ish chatoq! Ular suvdan kechib o‘tishayotganda Mo‘min bobo duo qilib turdi: «O‘zing qo‘lla, Shoxdor ona bug‘u, ilohim yog‘och ilinmasin, ilohim ot yiqilmasin». Etiklarini yelkasiga tashlab, ishtonining pochasini tizzasidan yuqori shimarib olgan yalangoyoq Mo‘min bobo qo‘lda pishang bilan suvda suzib borayotgan yog‘och ortidan arang yetib ulgurardi. Yog‘ochni oqimga qiya qilib sudrashardi. Daryo suvi qancha toza va tiniq bo‘lsa, shuncha sovuq ham edi. Kuzning suvi-da. Chol bunga bardosh berardi: Mayli, oyoq uzilib tushmaydi. Ishqilib, yog‘och tezroq olib o‘tilsa bo‘lgani. Baribir yog‘och ilinib qoldi, aksiga olganday, sertoshli yerga kelganda taqqa to‘xtadi. Bunday hollarda otga jinday dam berib, keyin yaxshilab bir «chu!» deyilsa - kuchli siltov bilan yog‘ochni toshlar panjasidan tortib olsa bo‘ladi. Lekin otga minib olgan O‘razqul toliqib kuchdan ketgan jonivorni qamchi bilan ayamay savaladi. Ot orqa oyoqlari bilan cho‘qqayib, sirg‘alib, qoqinib ketar, lekin yog‘och joyidan qo‘zg‘almasdi. Cholning oyoqlari muzlab qoldi, ko‘zi tina boshladi. Boshi aylandi. Jarlik, jarlik ustidagi o‘rmon, osmondagi bulutlar pastga tusha boshladi, daryoga sho‘ng‘ib, sho‘x oqimda suzib, yana joyiga qaytdi. Mo‘minning mazasi qocha boshladi. La’nati yog‘och! U qurib yotganda edi, boshqa gap edi, suvda o‘zi suzib ketardi. Buni esa hozirgina qirqishdi-yu, darrov daryoga sudrab tushish-di. Kim axir shunday qiladi! Oqibati shu bo‘ladi-da. O‘ylanmay qilingan ishning oxiri voy. Qayrog‘ochni qurisin deb tashlab kelishga O‘razqulning ra’yi yo‘q. Inspektsiyaning ko‘zi tushib qolsa, taqiqlangan o‘rmondan qimmatli daraxtlarni o‘g‘irlikcha qirqqan, deb akt tuzadi. Shuning uchun ham qirqilgan yog‘ochni shu zahotiyoq gumdon qilishi kerak. O‘razqul o‘kchasi bilan otni niqtar, qamchi bilan boshiga urar, so‘kinar, xuddi hammasi uchun go‘yo u, Mo‘min aybdordek, cholga baqirardi, yog‘och esa joyidan jilmasdi, u battar toshga o‘rnashib borardi. Cholning sabr-toqati tugadi. U butun umrida birinchi marta g‘azab bilan ovozini balandlatdi. - Tush otdan! - u O‘razqulning yoniga jiddiy borib, uni egardan tortdi. - Otning tortolmayotganligini ko‘rmayapsanmi? Hoziroq-tush! Hayron qolgan O‘razqul jimgina bo‘ysundi. Egardan etigi bilan to‘g‘ri suvga sakradi. Xuddi shu daqiqadan boshlab, u garang va qulog‘i bitib qolganday, o‘zini yo‘qotgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling