Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
ham keltirishmasdi... 
U ho‘l, shaloplagan etikda, ho‘l ishtonda vazmin va og‘ir qadamlar bilan ular oldiga yaqinlashib
ayollarga g‘amgin nazarda xo‘mrayib qaradi. Xotini Bekey bezovtalanib qoldi: 
- Nima qildi, O‘razqul? Nima bo‘ldi? Hamma yog‘ingiz ho‘l bo‘lib ketibdi-ku. Yog‘och oqib 
ketdimi? 
- Yo‘q, - qo‘l siltadi O‘razqul. - Ma. - U yuganni Guljamolga uzatdi. - Otni otxonaga olib bor. - 
Shunday deb o‘zi eshik tomonga yurdi. - Yur uyga, - dedi u xotiniga. Kampir ham ular bilan birga 
bormoqchi edi, O‘razqul uni ostonaga yo‘latmadi. 
- Sen nari tur, kampir. Senga hech qanday ish yo‘q bu yerda. Uyingga bor-u, xap o‘tir. 
- Nima bo‘ldi senga? - xafa bo‘ldi kampir. - Bu nimasi? Cholimga nima bo‘ldi? Nima gap? 
- Uning o‘zidan so‘ra, - javob qildi O‘razqul. Uyda Bekey erining ho‘l ust-boshlarini yechib, unga 
po‘stin berdi, samovarni olib kirib, choy qo‘yishga tutindi. 
- Choyni qo‘y, - qat’iy rad qildi O‘razqul. - Aroq ber. 
Xotini ochilmagan yarimtalikni olib, stakanga quydi. 
- To‘ldirib quy, - buyruq qildi O‘razqul. Bir stakan aroqni suvdek ichib yuborgach, po‘stinga 
o‘raldi-da, kigizga cho‘zilib, xotiniga dedi: 
- Qo‘ydim, sen mening xotinim emassan, men sening ering emasman. Jo‘na, bu uyda sening izing 
qolmasin. Qorangni ham ko‘rsatma. Vaqt g‘animatida jo‘nab qol! 
Bekey uh tortdi, karavotga o‘tirdi va har galgidek ko‘z yoshlarini ichiga yutib, sekin gapirdi: 
- Yanami? 
- Nima, yanami? - bo‘kirib yubordi O‘razqul. - Yo‘qol! 
Bekey uydan otilib chikdi va har doimgidek qo‘llarini bukib, hovlini boshiga ko‘tarib ho‘ngrab 
yig‘lay boshladi: 
- Men, baxti qaro, bu dunyoga nega kelgan ekanman-a... 
Bu choq Mo‘min chol Olaboshda nabirasi oldiga yo‘rtib borardi. Olabosh - chopqir ot. Lekin 
baribir Mo‘min ikki soatdan ziyodroq kechikdi. U nabirasini yo‘lda uchratdi. Bolani muallimaning o‘zi 
uyiga olib kelayotgandi. O‘sha muallima beshinchi yil kiyayotgan, shamol yalab ketgan, yenglari 
qo‘pol, hech o‘zgarmas paltosida. Horigan ayolning qovog‘i soliq ko‘rinardi. Anchadan beri 
yig‘layverib ko‘zlari shishgan bola qo‘lida portfeli bilan bechora va xo‘rlangan qiyofada uning yonida 
kelardi. Muallima Mo‘min cholni qattiq so‘roqqa oldi. Chol esa ayolning oldida otdan tushib, boshini 
quyi solib turardi. 
- Agar vaqtida kelib olib ketmaydigan bo‘lsangiz,- dedi muallima, - bolangizni maktabga olib 
kelmang. Menga ishonmang, o‘zimda ham to‘rttasi bor. 
Mo‘min yana uzr so‘radi, bunday hol boshqa takrorlanmaydi deb, yana so‘z berdi. 
Muallima Jilisoyga qaytib ketdi, bobo bilan nabira esa uyga yo‘l olishdi. 
Bola otda bobosining oldiga o‘tirib jimgina borardi. Chol ham unga nima deyishini bilmasdi. 
- Juda och qoldingmi? - so‘radi u. 
- Yo‘q, muallimamiz non berdi, - javob berdi nabira. 
- Nega bo‘lmasa miq etmay kelyapsan? Bola shunda ham gapirmadi. 
Mo‘min gunohkorona jilmaydi: 
- Oh, arazgo‘y bolaginam. - U bolaning furajkasini olib, boshidan o‘pdi va yana furajkasini 
boshiga kiygizib qo‘ydi. 
Bola qiyo ham boqmadi. 
Ikkalasi ham shunday ma’yus va jim ketishdi. Mo‘min jilovni mahkam tutib, salt otda bola urinib 
qolmasin deb, Olaboshning boshini bo‘shatmay borardi. Endi shoshishning ham keragi yo‘kday edi. 
Ot tezda undan nima talab qilinayotganini payqadi-da, yarim yo‘rg‘alab yurib ketdi. U yerga 
nag‘alini taqillatib urib, pishqirib borardi. Shunaqa otda qani endi yolg‘iz o‘zing xirgoyi qilib ketsang. 
Odamning yolg‘izlikda kuylaydigan qo‘shig‘i ozmi? Ro‘yobga chiqmay qolgan orzular haqida, o‘tgan 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling