Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
mumkin emas ekan? Aytaylik, bironta qo‘lida mikrofoni bilan o‘ynab ashula aytadigan go‘zal 
artistkaga: aytishadiki, ular uchun eng muhimi odamning amaldor bo‘lishimish. Mana shunaqasini 
qo‘ltig‘idan olib galstuk taqib yursang. Kinoga borsang. U bo‘lsa tuflisini tiqillatib, atir taratib yursa. 
O‘tgan-ketgan burnini cho‘zib qolaveradi. Qarabsan-ki, bolalar tug‘iladi... O‘g‘limni yuristlikka 
o‘qitardim, qizim esa royal chalsin. Shaharlik bolalar darrov ko‘zga tashlanadi - aqlli bo‘lishadi. Uyda 
faqat ruscha gaplashishadi: ular kallalaridan eski qishloq so‘zlarini chiqarib tashlashadi. U o‘z 
farzandlarini shunday tarbiyalagan bo‘lardi: «Papochka, mamochka, uni olib ber, buni olib ber...» o‘z 
jigarbandingdan biron narsani ayab o‘tirarmiding? U ko‘plarni boplardi-da, kim ekanini ko‘rsatib 
qo‘yardi. Boshqalardan nimasi kam uning? Nima, yuqoridagilarning undan biron joyi ortiqmi? Ular 
ham o‘ziga o‘xshagan odamlar-da. Ularning omadi kelgan faqat. Uning esa omadi kelmagan. Baxt 
kulib boqmagan. O‘zida ham ayb bor. O‘rmonchilar kursini bitirgach, shaharga ketishi kerak edi, 
texnikumga kirishi kerak edi yoki bo‘lmasa institutga. Shoshdi - amalga uchdi-da. Kichkina bo‘lsa 
ham, harholda amal-da. Mana endi tog‘ma-tog‘ yur, eshakka o‘xshab yog‘och tashi... Buning ustiga 
mana bu qarg‘alar ortiqcha, Nimaga buncha qag‘illashadi, nimaga aylanib qolishdi? Eh, pulemyot 
bo‘lgandami... 
O‘razqulning avzoyi buzilishiga arzigulik sabablar bor edi. Yozni yallo qilib o‘tkazdi. Kuz yetib 
keldi, yoz bilan birga cho‘ponlar va yilqiboqarlar davrasidagi mehmondorchilik davrlari ham o‘tib 
ketdi. Xuddi qo‘shikda aytilganday: «Yaylovdagi chechaklar ochilib bo‘ldi, etagingni yig‘ishtirib 
qol...» 
Kuz keldi. O‘razqulga ko‘rsatylgan hurmatlar uchun, ziyofatlar uchun, qarzlar uchun, va’dalar 
uchun hisoblashadigan payt keldi. Buning ustiga maqtanib katta ketganlari-chi: «Senga nima kerak? 
Xari bo‘ladigan ikkita qarag‘ay yog‘ochmi, faqat shumi? Shuning nimasini gapirib o‘tiribsan. Mashina 
olib kelasan-da, olib ketaverasan». 
Og‘zidan gullab, hadyalar olib, aroqni ichaverdi, mana endi bo‘g‘ilib, terga botib, yer yuzidagi 
hamma narsaga la’nat o‘qib, tog‘ma-tog‘ yog‘och sudrab yuribdi. Bu yog‘ochlarning daxmaza 
bo‘lganini aytmaysizmi? Umuman, butun hayotida ro‘shnolik ko‘rmadi. Bexosdan kallasiga lop etib 
bir fikr keldi: «Hammasiga tupuraman-da, boshim oqqan tomonga ketaman». Lekin u shu zahotiyoq 
hech qayoqqa ketolmasligini tushundi. Hech kimga hech qaerda keraklik joyi yo‘q va ko‘ngli 
tilayotgandek hayotni hech qaerdan izlab topolmaydi. 
Bu yerdan ketib yoki va’dangdan tonib ko‘r-chi! Uni o‘z oshna-og‘aynilari tutib berishadi. 
Odamlar yaramas bo‘lib ketgan. O‘tgan yili o‘zining bug‘u avlodi qarindoshiga hadya qilingan 
qo‘zichoq uchun qarag‘ay yog‘och va’da qilgandi, kuzda esa qarag‘ay uchun yuqoriga chiqqisi 
kelmadi. Bu aytmoqqa oson, qani u yoqqa bir chiqib boq, yog‘ochlarni arralab, yumalatib ko‘r, keyin 
bilasan qanaqa ekanligini. Yana buning ustiga qarag‘aylar besh yil-o‘n yillik bo‘lsa qani, ularni eplab 
ko‘r-chi! Oltin bersa ham bu ishga qo‘l urging kelmaydi! Aksincha, o‘sha kunlari Mo‘min cholning 
tobi qochib, ko‘rpa-to‘shak qilib yotib oldi. Bir kishi uddasidan chiqolmaydi bunday ishni. Ha, biron 
kimsa umrida yolg‘iz o‘zi tog‘dan yog‘och olib tushishning uddasidan chiqqan emas. Yiqitishku 
mumkin, lekin yiqitgan bilan qarag‘ayni pastga olib tushib bo‘lmaydi... Nima bo‘lishini oldindan 
bilganda, Seydahmadni yoniga olib chiqqan bo‘lardi. Lekin O‘razqul toqqa tirmashib chiqib yurishga 
erindi-da, birinchi duch kelgan qarag‘ay bilan qarindoshidan qutulib qo‘ya qolmoqchi bo‘ldi. Lekin u 
uncha-munchasiga ko‘nmadi: unga haqiqiy qarag‘ay kerak emish, vassalom. «Qo‘zichoqni olishni 
bilasan, gapingning uddasidan chiqishni bilmaysanmi?» O‘razqul jahli chiqib, hovlidan uni haydab 
chiqardi: olmaysanmi - jo‘nab qol. U yigit ham bo‘sh kelmadi. San-Tosh o‘rmonchilik 
zapovednigining qorovuli O‘razqul Balajanov ustidan darhol shikoyat xati yozib, unga shunday to‘g‘ri 
va noto‘g‘ri gaplarni qo‘shdiki, oqibat-natijada O‘razqulni «sotsialistik o‘rmon kushandasi» sifatida 
otish lozim edi. Keyin rayonning va o‘rmonchilik ministrligining turli xil tekshiruv komissiyalari 
O‘razqulni uzoq vaqt sarson qilishdi. Zo‘rg‘a qutuddi. Mana senga qarindosh! Yana: «Biz hammamiz 
Shoxdor ona bug‘u bolalarimishmiz. Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun!» emish. 


Chingiz Aytmatov. Oqkema (qissa) 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling