Microsoft Word chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com doc


Download 363.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/69
Sana24.12.2022
Hajmi363.1 Kb.
#1051061
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Bog'liq
chingiz aytmatov oqkema lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
Ovchilar bug‘u otib, shoxini tanasidan ayirishdi. Bug‘u shoxlarining tepaga taralib turishi ko‘kda 
parvoz qilayotgan burgutiing qanotlariga o‘xshardi. Bug‘u shoxlari o‘g‘illarga yoqib tushdi: ularning 
har biri o‘n sakkiz butoqqa bo‘lingan - demak, o‘n sakkiz yoshda ekan. Yaxshi! Ular shoxni qabr 
ustiga o‘rnatish uchun ustalarga farmon berishdi. 
Qariyalar hayratda qolishdi: 
- Bug‘uni o‘ldirishga qanday haddingiz sig‘di? Shoxdor ona bug‘u avlodiga qo‘l ko‘tarishga kim 
jur’at etdi? 
Boyning merosxo‘rlari ularga javoban: 
- Biz o‘z yerimizdagi bug‘uni o‘ldirdik. Bizning saltanatimiz ostidagi yerlarda nimaiki qimirlagan, 
uchgan tirik jonzot bo‘lsa, pashshadan tortib tuyagacha - hammasi bizniki. O‘zimizga qarashli jamiki 
narsalarni nima qilish-qilmaslikni uzimiz yaxshi bilamiz. Yo‘qolinglar! - deyishdi. 
Xizmatkorlar qariyalarni qamchi bilan savalab, otga teskari mindirishdi-da, sazoyi qilib haydashdi. 
Hamma balo shundan boshlandi. Shoxdor ona bug‘u avlodlarining boshiga katta baxtsizlik tushdi. 
Deyarli har bir kishi o‘rmonlarda oq bug‘ularni ovlashga tushib ketdi. Bug‘uboy avlodidan bo‘lgan har 
bir kishi o‘z ajdodlari qabriga bug‘ushox o‘rnatishni burch deb bilar edi. Bu ish endi marhumlar 
xotirasiga bo‘lgan muqaddas vazifa, alohida hurmatga aylandi. Kimki bug‘u shoxlarini topolmas ekan
endi uni odam o‘rnida sanamay qo‘yishdi. Bug‘u shoxlari bilan savdo qilish, ularni oldindan g‘amlab 
qo‘yish odat tusiga kirib qoldi. Shoxdor ona bug‘u avlodlari orasida shunday kishilar paydo bo‘ldiki, 
ular bug‘u shoxlaridan o‘lja yig‘ishni va pullashni hunar qilib oldilar. («E bo‘tam, pul hukmron 
bo‘lgan joyda zzgu so‘zga o‘rin yo‘q, go‘zallikka o‘rin yo‘q».) 
Issiqko‘l o‘rmonlarida bug‘ularga qirg‘in keldi. Ularga shafqatsiz bo‘lishdi. Bug‘ular qadam 
yetmagan joylarga qochdi, lekin u yerda ham qo‘yishmadi. Ovchilar tozilarni qo‘yib pistirma tomon 
haydashar, o‘zlari esa pistirmalarda berkinib yotib, yaqinlashgan bug‘ularni bexato otib olishardi. 
Bug‘ularni to‘da-to‘dasi bilan qirishdi, Shox butoqlari eng ko‘p bo‘lgan bug‘uni kim otarga garovga 
bog‘lashardi. 
Bug‘ular g‘oyib bo‘ldi. Tog‘larni tark etdi. Na tunda, na tongda bug‘u ovozi eshitilardi. Na 
o‘rmonda, na yaylovda uning qanday irg‘ishlab, qanday sapchishlarini, shoxlarini yelkasi ustiga 
tashlab, parvozdagi qushday jarliklardan qanday sakrab o‘tishlarini zndi hech kim ko‘rmasdi. Butun 
umri bo‘yi bug‘u nima ekanligini ko‘rmagan yangi insonlar tug‘ildi. Faqat u haqidagi ertaklarni 
eshitib, qabrlar ustidagi shoxlarni ko‘rishdi, xolos. 
Shoxdor ona bug‘uga nima bo‘ldi? 
U odamlardan ranjidi, juda qattiq ranjidi. Aytishlaricha, son-sanoqsiz o‘qlar va tozilar dastidan 
bug‘ularga kun qolmagan, ularning eng so‘nggi avlodi barmoq bilan sanarli darajada oz qolgan 
chog‘da Shoxdor ona bug‘u eng baland cho‘qqiga ko‘tarilib, Issiqko‘l bilan vidolashibdi va so‘nggi 
bolalarini ulkan dovon ortiga, boshqa yurtlarga, boshqa tog‘larga boshlab ketibdi. 
Mana, olamda. qanday ishlar bo‘ladi. Mana, ertak ham tugadi. Xoh ishon, xoh ishonma. 
Shoxdor ona bug‘u esa ketishi oldidan bundan buyon bu yerlarga aslo qadam bosmayman, debdi... 
 

Download 363.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling