Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
98 ulug‘ kurashini yerga urib bo‘ladimi, axir! Tahqirlamanglar uni! U bilan faxrlanish kerak, odamlar, uning ko‘zi bilan o‘zingizga qaranglar!»— ko‘ksini tig‘lab, ko‘zyoshlar to‘kib nola-faryod chekardi Avdiy Kallistratov, Quddus Sharif odamlari orasida. Lekin hech kim unga quloq solmasdi, birov hoy, sen ham bormisan deb, pisand qilmasdi. Axir, hali u uzoq yigirmanchi asrda tug‘ilishi ham kerak edi... * * * Yarim kecha chelaklab quygan yomgir asta tina boshladi. Yana allaqaylarga jala bo‘lib yoqqani yo‘l oldi. So‘ng aloha tindi, faqat onda-sonda kechikkan tomchilarini tashlardi. Subhi kozib pallasi edi. Tip-tiniq osmonda yulduzlar charaqlab ko‘rindi. Lekin, osmonning tubi hali qorong‘u, faqat yomg‘irdan so‘ng ufq chetlari oqarmoqda edi. Nam yerlardan, tun bo‘yi yomg‘ir tagida bo‘y cho‘zgan o‘t-o‘lanlardan salqin ufurardi. Lekin cho‘l jonivorlaridan hech qaysisi hayot nash’asini ushbu soat Avdiy Kallistratovday o‘tkir his qilolmasdi. Garchi uning ta’bi ochilmagan, lekin tirik hayotga chin dildan shukrona o‘qirdi. Biroq Avdiyning omadi bor ekan: kuni kecha havo qattiq isigan, shuning uchun tunda unchalik salqin tushmagan, Avdiy sovqotmagan edi. Garchi u boshdan-oyoq yomg‘irga bo‘kkan, lat yegan, jarohatlangan joylari achishib, lo‘qillab turgan bo‘lsa ham, og‘riqni yengib, hayolini bir yerga to‘pladi, ravshan fikr yo‘rig‘i bilan o‘zini ayni vaqtning ichida ham uzoq o‘tmish, ham hozirgi damlarida tasavvur eta oldi. Endi hayot uning ko‘zlariga tamomila boshqacha ko‘rinar, uni qismatning tuhfasi deb qabul qilar, shu bois yashash va fikrlash imkoniyatini yanada ko‘proq qadrlardi. Yomg‘ir tingan choqda Avdiy temir yo‘l ko‘prigi ostida o‘tirar, bu yerga so‘nggi kuchlarini sarflab qorong‘uda bazo‘r sudralib kelgandi... Ko‘prik osti bir oz bo‘lsa ham quruq edi. U xuddi sang‘ilarday shu yerga kirib o‘tirdi. Boshini pana qilguday joy topilganidan; bemalol hayol surish imkoniyati tug‘ilganidan xursand edi. Ko‘prik tagi guldurosga to‘la, odam xuddi o‘rta asr jomesining yuksak ravoqlari ostida o‘tirganday bo‘lardi. Tepadan poezdlar o‘tganda uzoqlardan zambaraklar birvarakay o‘q yog‘dirayotganday va so‘ng mo‘ljalni asta boshqa yoqlarga olganday ko‘rinardi. O’sha kecha Avdiyning hayoli erkin qush misoli parvoz qildi. Fikr tug‘ilarkan, ruhni o‘z-o‘zidan hech qanday to‘siq bilmay vaqt va makon cheksizliklari sari ozod ergashtirib ketardi. Avdiy dam Iso va Pontiy Pilat haqida o‘ylar, hayolan o‘sha zamonlarda sayr qilar, boshi tepasidan o‘tib borayotgan poezdlarning gulduros shovqin-suronlari o‘zini qadim Yahudoda G’ulqof tog‘idagi sershikva olomon ichra tasavvur qilishiga xalal bermas va o‘sha yerda bo‘layotgan barcha voqealarni o‘z ko‘zlari bila ko‘rayotganday bo‘lardi. Goh Moskvani, Pushkin muzeyiga borganini, bolgar ko‘shiqchilarini tinglaganini eslardi. Ko‘z o‘ngiga o‘ziga ikki tomchi suvday o‘xshash bolgar yigitni keltirar, hayolida uning yuzi, qo‘shiq aytayotganda katta ochilgan og‘zi jonlanardi. Ne oliy ohanglarni yaratardi bolgar qo‘shiqchilarining ovozlari, uning hayoli va dilini ne yuksak parvozlarga chog‘lardi ular! Otasi Dyakon Kallistratov cherkov qo‘shiqlarini jonu dili bilan yaxshi ko‘rar, eshitganda yig‘lab ko‘nglini bo‘shatardi. Bir kuni kimdir otasiga zamonaviy rohiba o‘qigan g‘aroyib duoni bergan edi. O’sha yoshgina juvon bolalar uyida tarbiyalangan, so‘ng shu yerda murabbiya bo‘lib qolgan, bir yarim oygina birga yashashgan sevgan yigiti urush yillari nemis suvosti kemasi cho‘ktirib yuborgan harbiy kemada halok bo‘lgach, rohibalik udumini qabul qilgan edi. Dyakon Kallistratov nadomat va salavot qo‘shilib ketgan o‘sha «ko‘ngil hujjati»ni har safar o‘qirkan, ko‘zyoshlarini tiyolmasdi. U, sabiy Avdiy uyning qizil puchmog‘ida eski pianino yonida tik turib, o‘smirlarga xos jarangdor toza ovozi bilan cho‘kib ketgan kema haqidagi salavotni qiroat qilib o‘qishini behad yaxshi ko‘rardi. Avdiy bolalar uyidan chiqqan qizning tilovatini yodlab olgandi: «Osmon oqarib kelyapti, hali quyosh chiqmagan, hali hamma uyquda. Senga, har narsani Ko‘rguvchi va har narsaga Rahm qilguvchi ko‘ngildagi zorimni tilovat qilib aytaman. Xudoyo, o‘zing kechirgaysan, to Seni yod etmoqdan burun o‘z arz-dodimni esladim. Lekin men to tirik ekanman, shu tilovat bilan yashagayman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling