Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
95 uchun faqat bir bahona axtargan bo‘lsak? Va nima boisdan u to xochga ko‘tarilgandan buyon aqllar hamon o‘ziga kelolmaydi, hamon garang? Axir, o‘shandan beri qancha zamonlar o‘tib, juda ko‘p mangulikka da’vogar bo‘lgan narsalar unutilib, xoki turobga aylanmadimi? Bunda odamlarning hayoti kunba-kun kamolot kasb etib boradi, degan aqoid doim esda turdimikin? Bugun yangi tuyulgan narsa ertasiga eskiradi, juda yaxshi deb topilgan narsalar ertaga undan ham go‘zalroqlari oldida o‘z tusini yo‘qotib, xiralashib qoladi. Shunday ekan, nega Isoning so‘zlari eskirmay, o‘z kuchini yo‘qotmay keladi? Uning tug‘ilishidan tortib, to xochga mixlanguncha bo‘lgan hodisalar va keyin undan nasllaru zamonlarga o‘tgan narsalar — nahot insoniyatga shun-chalar zarur edi? Nahot ulardan qochib qutulib bo‘lmasdi? Va nihoyat, inson tarixida bu o‘tilgan yo‘lning ma’nosi nimadan iborat? Odamlar nimaga erishdilar? Nima qarorga keldilar? Natija nima bo‘ldi? Agar bundan ko‘zda tutilgan yashirin maqsad insonparvarlik, allomalar aytmoqchi, gumanizm g‘oyasi bo‘lsa, ya’ni aql-idrok ato etilmish xilqat sifatida insonning o‘z-o‘ziga tomon tashlagan qadami, ruhning o‘z ichida o‘zi intihosiz va adoqsiz kamolotga intilishi bo‘lsa, axir, bu yo‘l avval-boshdan shunchalar mushkul, og‘ir va shafqatsiz qilib solinadimi? Kim bunday qildi, nega? Odamlar har birlari o‘zlaricha talqin va tafsir etadigan nasroniy gumanizmdan to umumjahoniygacha, ijtimoiy-maxdud gumanizmdan to sinfiy va mutlaqo mavhum gumanizmgacha — shularsiz hayot kechirishlari mumkinmidi, yo‘qmi? Bizning asrimizga kelib, o‘sha yo‘lda allaqachon eskirib qolgan dinning ma’nosi nima? Rostdan ham, nima keragi bor? Axir, hammaga va hat bolalarga bari allaqachon ma’lum. Axir, materialistik ilm-fan xristian va boshqa dinlarning aqidalari qabristoniga o‘z qozig‘ini qokib tashlamadimi, birdan-bir to‘g‘ri yo‘l — taraqqiyot va madaniyat yo‘lidan ularni qat’iyat va shahd- shiddat bilan supurib tashlamadimi? Hozirgi odam uchun dinga rioya qilish ehtiyoji yo‘qqa o‘xshaydi, unga kuni bitgan aqidalar xususida tarixiy ma’lumot bo‘lsa, kifoya. Axir, bularni bari o‘z kuchini yo‘qotdi, eskirdi, o‘tdi. Lekin biz nimaga keldik? O’sha rahm-shafqatli, fidoyi, hayotiy dunyoqarashlar tomonidan allaqachonlar achchiq kulgi ostiga olingan va yo‘l chekkasiga uloqtirib yuborilgan g‘oya evaziga biz nima topdik? Nimamiz bor bizning? Shunga o‘xshash yoki undan o‘tkirroq va ortiqroq nimaga egamiz? Axir, yangilik eskilikdan albatta yaxshi bo‘lishi kerakmasmi? Bor bizda o‘sha yangilik, bor! Yangi qudratli aqida tobora kuchga kiryapti — bu ortiq darajadagi harbiy kuch-qudrat aqidasi. Inson bolasi kun-bakun, tug‘ilgandan to o‘lgungacha bu kuchlar urush chiqararmikin yoki o‘zini bosib turarmikin degan butkul vahima ichida yashaganmidi hech? Hozir shu qurol egalari xudo bo‘lmasa boshqa kim? Farki shundaki, hozir topinmoq uchun mehroblariga yadro snaryadlari surati naqshlangan cherkovlaru, ta’zim va qulluq bajo keltirmoqqa generallar yo‘q, xolos... Nimasi din emas buning? Avdiy Kallistratov gohida turmush-tutmush haqida ana shunday hayollarga berilib ketardi. Bu safar ham, tafakkurning o‘lchovsiz uzunligida u o‘tmish ichiga, o‘zidan necha zamonlar oldin bo‘lib o‘tgan voqealarga ular xuddi hozir ro‘y berayotganday, kirib bordi. Yangi suvlar ko‘hna qirg‘oqlardan shunday oqib o‘tadi. Shunda u o‘sha kunlarning ibtidosiga, hayit arafa — juma kuniga kaytdi. U Murabbiyni qidirib topmoqchi, o‘z tashvish-nadomatlarini bayon qilmoqchi, necha yuz yillar kechib, so‘ng keladigan zamonlarning tahlikalarini aytmoqchi, tarix sahnasida yangi Xudo — o‘zining mufsid va hammabop dini bilan yer yuzidagi jamiki odamlar ongini zaharlagan, hatto harbiy kuchlardan ham ustun chiqqan Xudo-Guliaf paydo bo‘lganligini ma’lum etmoqchi edi. Nima derdi bunga Murabbiy, ne dahshat, harosonlikka tushardi: harbiy ustunlik uchun quturib musobaqa o‘tkazayotgan insoniyat oxiri qaerga boradi, axir? Va mabodo, u ikkinchi marotaba bizning gunohlarimizni yelkasiga ortib, yana xoch uzra ko‘tarilsaydi, o‘shanda ham ta’qibkor va hujumkor ustun harbiy kuch dini tomonidan asoratga solingan odam bolalarining rahmini keltirolmasdi... Biroq taassufki, u Murabbiyni topolmadi. Iuda sotgan va uni ushlab olib ketgan edilar. Va Avdiy huvillab yotgan Hefsiman bog‘ida barcha bo‘lib o‘tgan va endi bo‘lajak narsalarni o‘ylab yig‘lar, dunyoda o‘zini yolg‘iz sezardi. U shunday orqaga tisarila-tisarila, hali o‘sha zamonlar shimoldagi chakalakzor qorong‘i o‘rmonlarda yashaydigan, yog‘ochdan chopib yasalgan sanamlarga topinadigan, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling