Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
93 qorayib, to‘lishib, bag‘rida yalt-yult chaqinlar chaqib turgan yurg‘un bulutlar tun yarim kechadan oqqanda nihoyat quyib berdilar. Yirik marvarid tomchilar qaqragan yerga shatir-shutur urilib, suvlar sharillab oqa boshladi, yomg‘ir Avdiy Kallistratovning yuziga ham sepalab hushini o‘ziga keltirdi. Bu hayotning ajib tortig‘i edi. Avdiy poezddan tashlab yuborganlarida pastga qulagan ko‘yi temir yo‘l bo‘yidagi chuqurlikda yotardi. Hayoliga dastlab shu fikr keldi: «Qaerda yotibman? Yomg‘ir yog‘yapti shekilli?» U ingrab, surilmoqchi bo‘l-di, biqinidagi dahshatli og‘riqdan chinqirib yuboray dedi, boshi cho‘yanday og‘irlashib ketgandi, u yana hushini yo‘qotdi, lekin bir oz vaqtdan so‘ng ko‘zini ochdi. Xaloskor yomg‘ir uni hayotga qaytardi. Yomg‘ir saxiylik bilan sharros solib quyar, suv tepadan Avdiy yotgan chuqurga sharqirab oqib tushardi. Yomg‘ir Avdiy atrofida zo‘r berib chuchvara tugar, suv halimazotda uning tomog‘igacha kelib qoladi. Avdiy o‘zini qo‘lga olmay iloji yo‘q edi, bu xatarli joydan chiqish payiga tushdi. Dastlabki daqiqalarda shalayim va karaxt tanasini harakatga keltirish azobi azim bo‘ldi. Avdiy tirik qolganiga ishongisi kelmasdi. Axir, vagonda uni qon qaqshatib kaltaklashmadimi, shiddat bilan borayotgan poezddan berahmlarcha tashlab yuborishmadimi, lekin, qarang, u tirik-ku, va bularning bari hech narsaga arzimaydi, qanday bo‘lmasin, u tirik ekan! Joni chiqmagan ekan, mana surilishi, harakat qilishi, ko‘rishi, eshitishi, emaklashi mumkin. Manavi chelaklab yog‘ayotgan oq yomg‘ir ham qanday yaxshi! Uning qon qaqshagan badanlariga shunchalar ham yoqyaptiki, qo‘l- oyoqlariga darmon bo‘lyaptiki! G’uvillab, qizigandan qizib ketayotgan boshiga shifo bo‘layotganini aytmaysizmi! Kuchi yetgancha tepaga surilaveradi. Tezda tong yorishadi. Ertalab bo‘ladi. Tag‘in hayot, umrguzaronlik boshlanadi... O’shanda u nima qilish kerakligini o‘ylab topadi. Hozir esa bir amallab oyoqqa turib olsa bas... Bu orada jala va tun qorong‘iligini yoraroq biri ketidan biri poezdlar guldirab o‘tdilar... U shunga ham xursand edi. Nimaiki hayotdan nishona bersa, uni behad quvontirmoqda edi... Avdiy qo‘lidan kelgan taqdirda ham yomg‘irdan qochishni istamasdi. Yomg‘ir butun vujudiga qayta jon ato etayotganligini his qilib turardi. Qo‘l-oyog‘i butun bo‘lsa, bas. Shilingan, tilingan, lat yegan bo‘lsa ham mayliga, hatto biqinidagi og‘riq ham chikora, chidaydi... U bir amallab bexatarroq yerga, tepacha ustiga sudrala-sudrala chiqib oldi. Endi butun vujudini yomg‘ir ixtiyoriga berib, nafasini rostlardi... Shunday qilib, u adam sahrosidan yana tiriklik dunyosiga qaytdi va hayotining tub mazmunini yana bir boshdan tiklashga kirishdi. Fikr-o‘ylari ajoyib bir ravshanlik va salmokdorlik kasb etayotganligidan hayrati ortdi... Shunda u Pontiy Pilat huzuridan G’ulqof sari olib ketilayotgan Zotga aytdi: «Yo ravvi, men shu yerdaman! Yo ravvi, Seni xalos etmoq istayman, ne qilay, ne qilayin? Seni nechuk qutqarib olayin? Men yana hayotga qaytdim. Sening holingni o‘ylab meni vahim bosyapti!» Inson ba’zan, hayolan bir paytning o‘zida yuzlab, minglab yillar bilan ajratilgan vaqt bo‘laklari ichra yashay oladi. Bunday tarixiy holat tasavvur qobiliyatini yo‘qotmagan har bir odamda bo‘lib turadi. Biroq o‘tmish voqealarini ko‘z o‘ngidagi borliq kabi yaqin ko‘radigan odam, uzoq o‘tgan kechmishlarni xuddi o‘z jonajon ishi, o‘z taqdiri deb biladigan odam, haqiqiy jafokash, riyozat egasidir, zero, u yoxud bu voqea nima bilan tugaganligi, nimalarni keltirib chiqarganligini oldindan ko‘ra-bila turib, voqealarning borishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatolmay, faqat dard-alam chekadi va o‘zini hech qachon amalga oshmaydigan adolatning tantanasiga qurbon qiladi. Kechmish kun haqiqatini tiklash va tasdiqlash muqaddasdir. G’oyalar mana shunday tug‘iladi, yangi nasllarning oldingi va undan ham, ana undan ham oldingi avlodlar bilan ruhiy chatishuvi shunday ro‘y beradi, dunyo shu bilan ustivor, hayot tajribalari doim ortib, ustma-ust, qavat-qavat bo‘lib boraveradi — yovuzlik va ezgulik nasllardan nasllarga bitmas-tuganmas xotira iplari kabi, bitmas-tuganmas tirik vaqt va tirik makonlar kabi ko‘chib o‘taveradi... Darvoqe, shuning uchun aytilgankim, kuni kecha o‘tganlar bugun nima bo‘lishini bilmagaylar, lekin bugun kun kechirayotganlar kecha nimalar bo‘lganligini bilgaylar, ertaga esa bugunning kishilari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling