Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
89 — Vo ajabo. Xayr, mayli. Men seni yaxshilab eshitdim, Iso. Sen uzoqni ko‘zlagan ekansan. Lekin sen o‘zingga haddan ortiq bino qo‘yib yubormadingmikin, odamlarning ishonchlariga haddan ziyod umid bog‘lamadingmikin, maydonlarning tuban ekanligini va tuproqqa qorilib yotishini unutmadingmikin? Shahar qal’asidan chiqqaning zamon sen bunga ishonch hosil qilasan hali. Birok sen hech qachon tarixning yo‘lini burib yuborolmaysan, bu daryoni hech kim burolmaydi. Men bir narsaga hayronman: nega hammadan burun o‘zing yonadigan o‘t yoqyapsan? Dunyo Qaysarlarsiz yasholmaydi. Birovlarning qudrati, shavkati boshqalarning tobeligi, muteligi. Sen dunyoni boshqacha, o‘zing to‘qib chiqargan tartibga solaman, yangi tarix yarataman deb, bekor qilyapsan. Qaysarlarning o‘z xudolari bor. Ular sen o‘ylab topgan Xudo-Ertaga sig‘inmaydilar. «Erta»ning cheki yo‘q. Chegarasi yo‘q. U barchaga xuddi havo kabi bab-barobar tegishli. Zotan, barchaga barobar mansub bo‘lgan narsalarning qadr-qimmati ham yo‘q, o‘rni ham yo‘q. Shu boisdan Qaysarlar hamma va har narsaning ustidan hokimdirlar. Dunyoda hukm surib turgan Qaysarlar ichra shavkatli Tiveriy xudolarga suyuklidir. Uning dov-davlati — Rumo saltanati jahonning yarmini egallab turibdi. Men Tiveriy sha’n-shavkati ostida Yahudoda hokimlik qilyapman. Hayotimning ma’nosi shunda deb bilaman. Vijdonim pok. Mangu Muzaffar Rumoga xizmat qilmoqdan ortiq sharaf yo‘q menga! — Har bir odam o‘ziga o‘xshagan boshqa biron odam ustidan hokimlik qilish uchun o‘lib-tiriladi. Sen bundan mustasno emassan, Rim noyibi. Hammadan yomoni ham shunda. Sen, axir dunyo shunday qurilgan-da, deysan. Qusurni har doim osongina oqlash mumkin. Lekin, bashar qavmining qarg‘ish tekkan joyi shu. Ammo kim buni o‘ylab o‘tiribdi? Lekin, bozor farroshlarining oksoqolidan tortib, dahshatli sultonlargacha hammasi giriftor bo‘lgan hokimiyatparastlik kasalligi — barcha yomonliklarning eng yomonidir. Bashariyat hali buning og‘ir jazosini tortajak. Hokimlik va yer da’vo qilgan xalqlar qirilib ketadilar, bir-birlarini tag-tomirlarigacha yo‘q qilib yuboradilar. Pontiy Pilat musohibning so‘zini toqatsizlik bilan bo‘ldi va qo‘lini ko‘tardi. — Bo‘ldi, bas. Senga shogird emasmanki, har bir so‘zingga some bo‘lsam. Yetar! Tilning suyagi yo‘q. Og‘izda nimalar qilmaydi kishi. Iso, sen qancha karomat qilma, bari behuda. Hokimlar boshqaradigan dunyoning boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Uning tamal toshi shunga qo‘yilgan, shunga turadi abadul-abad: kuch kimda bo‘lsa — hokimiyat ham shunda. Dunyoning jilovini zo‘rlar o‘z qo‘llarida tutadilar. Osmonda yulduzlarni o‘z o‘rnidan ko‘chirib bo‘lmaganday, bu nizom ham hech qachon o‘zgarmagay. Qani, o‘zgartirib ko‘r-chi. Odamzod uchun bekor kayg‘uryapsan, hayotingni qurbon qilganing bilan uni qutqarolmaysan. Odamlarni na ibodatgohlarda voyizlar va na ko‘kdan tushgan vahiylar xalos etadi! Xuddi poda cho‘pon ortidan borganday, Qaysarlarga ergashadilar, ne’matlar va kuch-qudrat oldida ta’zimda turadilar. Hammadan ko‘ra berahmroq va hammadan ko‘ra shavkatliroq kimsani ko‘klarga ko‘taradilar, sarkardalarni va ular inson qonlarini daryo-daryo oqizgan, birovlarni hukmron, boshqalarni qul qilgan, xo‘rlagan janglarni og‘iz ko‘pirtirib maqtaydilar. Shuni shijoat ruhi deb ataydilar, avlodlardan avlodlarga qo‘shiqlar bitib qoldiradilar, g‘oliblar sharofatiga yalovlar ko‘taradilar, karnay-surnaylar chalib olqishlaydilar; tomirlarda qon ko‘piradi, kasamyodlar aytiladi — o‘zgalarga bir qarich ham yer bermaymiz deb, ontlar ichiladi; xalq nomi bilan qonli urushlar oqlanadi, zarurat deb tushuntiriladi; nasllar yurt g‘animlariga nafrat ruhida tarbiyalanadi: o‘z shahanshohimiz bor bo‘lsin, o‘zga shohning kuli ko‘kka sovurilsin, tiz cho‘ktirilsin, eli bandi qilinsin, yer-suvlari tortib olinsin, ota-bobo zamonlaridan to hanuzgacha hayotning, umrguzaronlikning butun lazzati mana shunda emasmi, axir. Sen esa, Iso, bularning barini qoralab, la’nat tamg‘asi osmoqchisan, sho‘rlik-bechoralar, g‘arib-g‘uraboning holiga achinasan, hamma joyda xayru baraka bo‘lishini istaysan, inson — vahshiy hayvon ekanligi, vujudimiz tuz-namaksiz yasholmaganday bu hayvon ham urushsiz kun kechirolmasligini unutasan. Hali-zamon soqchilar qurshovida G’ulqof sari qadam qo‘yasan. Jillaqursa, qatling oldidan, mana shu soatda nimada yanglishib, qayda sahvu-xatoga yo‘l qo‘yganingni bir boshdan o‘ylab ko‘rsang edi. Sen bilan xayrlasharkanman, bir narsani aytib qo‘yay! Sen yovuzlikning tomirini odamlarning had-hisobsiz hokimiyatparastligida, xalqlar hamda ellarni zo‘ravonlik bilan tobe qilinishida ko‘rasan, ammo bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling