Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
85 ketdi. U bolani bag‘riga mahkam bosgan, uni to‘xtovsiz o‘par, ko‘zyoshlariga g‘arq qilib, entikib takrorlagani takrorlagan edi, «Iso! Iso! Ko‘zimning oqu qorasi o‘g‘lim! Padaring seni tanidi! U seni xalos etdi! O’zi seni xalos etdi! Seni suydi, sen uning suyumli o‘g‘lisan, Iso! Senga donolik ato etdi, sen hakim bo‘lding, Iso! Sen endi rabbisan, Iso! Endi odamlarning ko‘zlarini ochasan, Iso! Ular sening izingdan borajaklar Iso. Sen hech qachon, hech qachon, hech qachon odam bolalaridan yuz o‘girmayajaksan!» Ana shunday shodu mukarram nola qilardi «zavjalar ichra muhtarama». Xudoning o‘g‘li mo‘‘jiza yuz berib, xavf-xatardan omon-eson qutulganidan Maryam o‘zida yo‘q quvonardi. Bu Yaratganning karomati ekanligi uning hayoliga kelmasdi. Irod zug‘umidan Misrga qochgan banno Yusufning jigarbandi Iso kimligini odamlarga shu yanglig‘ ma’lum qilgan edi Yaratgan. Binobarin, Maryam bolasini ko‘tarib yerga tushib yugurib ketgan zahoti qayiq ham daryoda bir zumda g‘oyib bo‘lgan, daryo yoqasida kir chayayotgan, uning baqirganini eshitib, chopib kelgan xotinlar esa keyinchalik siz qochib borayotganingizda bolangizning boshi tevaragida nurli oltin chambar ko‘rindi, deb ishontirishgandi. Bu barchani hayratga soldi. Kichkina Iso volidasining ko‘ksiga mahkam yopishib, bo‘ynilaridan achomlab: «Oyi, men katta bo‘lganimda o‘sha timsohni dumidan ushlab olaman. Keyin bizni boshqa hech qo‘rqitmaydi!» — deb aytganda, hammalarining dillari yumshab, ko‘zlariga yosh olgan edilar. Bolakayning so‘zlari ko‘ngillarini yayratib yubordi va qayiqning egasi kim ekan-a, deb eslay boshlashdi. Shunda o‘sha cholni bu atrofda hech kim tanimasligi va hech qachon ko‘rmaganligi ma’lum bo‘ldi. Banno Yusuf o‘sha sirli qayiqchini kechirim so‘ray va zararning haqini to‘lay deb, ko‘p kunlar axtardi, lekin aslo izini topmadi... Iso sabiylik chog‘larida mana shunday sarguzashtni boshidan kechirgan va o‘sha voqealarni mana hozir, Ark ayvonida turib, volidayi muhtaramasidan unga yetkazgan azob-uqubatlari uchun uzrxohlik tilaganda, yana bir karra esladi. «Men siz bilan vidolashaman endi, onajon,— derdi u hayolan onaizorga,— meni qatl og‘ochiga tortgan choqlarida sizni yod etib ulgurmasligim mumkin, o‘shanda mendan ranjida xotir bo‘lmagaysiz. Bugun issiqqa chidab bo‘lmayapti. Men o‘limdan qo‘rqyapman. Oyoqlarim sovqotyapti. Meni kechiring, onajon, va ushbu sudmand damda taqdirdan nolimang. Sizga sabr-toqat bersin. Odamlar Yaratgan uchun eng og‘ir yuk ekan. Odamzodda bor haqiqatni o‘z o‘limim vositasida barqaror qilmoqdan o‘zga yo‘lim va o‘zga choram yo‘q. Bani bashar sari o‘zga yo‘l topmadim. Men ular sari qadam qo‘ydim. Alvido, meni kechiring, ona! O’sha timsohning dumidan ham tutolmadim, afsus. Aytishlaricha, timsohlar juda uzoq, ikki-uch inson umrini yashar emishlar. Ushlaganimda ham, baribir, qo‘yib yuborgan bo‘lardim... Uvol-ku... Yana shuni ham o‘yladimki, onajon, agar o‘sha qayiqchi chol qiyofasiga kirgan maloika bo‘lsa, ehtimol u bilan narigi dunyoda uchrashib qolarman... Esida turganmikin o‘shandagi voqea? Qadam tovushlarini eshityapman, ixtiyorsiz qotil — Pontiy Pilat kelyapti. Alvido, ona!» Pontiy Pilat Ark ayvonidan qanday shahdam chiqib ketgan bo‘lsa, shunday shahdam qadamlar tashlab qaytib keldi. Posbonlar darhol ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar va ikkovlari yana ayvonda yolg‘iz qoldilar. Uni ko‘rgan zahoti o‘rnidan turgan Isoga ma’nodor nigoh tashlagan hukmdor hammasi o‘zi istaganday borayotganligini tushundi. Mahkum so‘nggi qadamga chog‘langan edi. Lekin, bu safar ham prokurator otni qamchilamaslikni afzal ko‘rdi. Shusiz ham ish ko‘ngildagiday ketayotgan edi. — Xo‘sh, nima ham derdik, qarasam, gapimiz tugab qolganga o‘xshaydi,— dedi Pontiy Pilat hali joyiga o‘tirmasdanoq.— Gapingdan qaytmaysanmi? — Yo‘q. — Bekor qilyapsan! Yana o‘ylab ko‘r! — Yo‘q! — boshini sarak-sarak qildi Iso.— Bo‘lar ish bo‘ldi. — Bekor qilyapsan! — deb qaytardi Pontiy Pilat o‘ziga ishonqiramagan ohangda. Lekin ichidan zil ketdi. Iso Nazarlining matonati uni lol qilib qo‘ygandi. Shu bilan birga u Isoning o‘z ahdidan qaytishini, tavba-tazarru qilib, rahm-shafqat so‘rashini xohlamasdi. Iso ham barini tushundi. — Ko‘p yonaverma,— tabassum qildi u salimona.— So‘zlaring chin dildan deb ishonaman. Seni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling