Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
88 baxshida jonim har safar inson bolalarini titroqqa solajak. Ularni tavba-tazarru bilan yashamoqqa undayajak. Men odamzod o‘tadigan yo‘llardagi shamchiroqman. Shamchiroq bo‘lmoq uchun dunyoga kelganman. Odamlar mendan imdod kutib yashaydilar va azob-uqubatlar cheka-cheka, o‘zlaridagi yovuzlik bilan olisha-olisha, illatlar, zo‘ravonliklar, qonxo‘rliklardan nafrat qila-qila men sari kelajaklar. Xudoga muhabbat bilan to‘lmagan dil illatlarga to‘ladi. Inchunun, insonga muhabbat bilan limmo-lim bo‘lmagan dil ham, vovaylokim, o‘likdir! — To‘xta, to‘xta, Iso Nazarli. Sen odamni Xudo bilan bir deyapsanmi? — Shunday desak ham bo‘ladi. Men ham aniqrog‘i, jamiyki bashariyat Xudoning yerdagi tajalliysidir. Xudoning o‘sha nusxasini — Xudo-Erta deyish mumkin. Bu olam yaralgandan beri unga tortiq qilingan cheksizlik Xudosidir. Ko‘pgina istaklaring hammasi kelajakka qaratilganligiga e’tibor bergan bo‘lsang, sezgandirsan, Rim noyibi. Bugun hayotni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilasan. Ammo ertani, albatta, boshqa ko‘rishni xohlaysan. Bugun yaxshi yashab turgan bo‘lsang ham, bari bir, ertaga undan yaxshi bo‘lsin deysan. Shu sabab, yuraklarimizda umid Xudoning nuriday sira o‘chmaydi. Xudo-Erta — cheksizlik ruhidir. Bir butun olganda, u hamma narsaning mohiyati, inson amallari va intilishlarining jamuljamidir. Ana shunga ko‘ra, Xudo-Ertaning qandayligi — u go‘zal bo‘ladimi yoki xunuk, oqko‘ngilmi yoki g‘addor — bu odamlarning o‘zlariga bog‘liq. Mana shunday o‘ylash joiz va zarur. Xudo-Yaratuvchi fikrlovchi xilqatlardan shuni talab qiladi. Shuning uchun yer yuzidagi ertangi hayot haqida odamlarning o‘zlari qayg‘ursinlar. Axir, har bir odam Xudo-Ertaning ajralmas zarrotidir. Inson zoti o‘zi kunining hokimi va bunyodkoridir... — Shoshma. Sening vahimali qiyomat kuni so‘rovi deganing qayda qoldi? — Qiyomat kun... U har kun boshimizdan o‘tayotganini o‘ylab ko‘rmovmiding, Rim noyibi? — Hayotimizning turgan-bitgani qiyomat kun demoqchimasmisan? — Shunday bo‘lsa kerak, Rim noyibi. Odam Atoni tavqi la’nat qilmoqdan boshlab, azob-uqubatlar, qiynoqlar ichra o‘tgan, asrlar bo‘yi ma’lum bir odamlarning boshqa odamlar ustidan yurgizgan zulmlari tufayli yomonlikdan yomonlik, nohaqlikdan nohaqlikni ko‘-paytirgan bu yo‘l yorug‘ olamda istiqomat etayotganlarni bir narsaga o‘rgatgandir, axir. Odam Ato va Momo Havo jannatdan quvilganlaridan beri qanday zulm o‘pqonlari ochilmadi, odamzodning boshi ne urushlar, shafqatsizliklar, qotilliklar, quvg‘inlar, adolatsizliklar, haqoratlarni ko‘rmadi! Yaxshilikka qarshi, odam tabiatiga qarshi olam yaratilgandan buyon yer yuzida ro‘y bergan barcha dahshatli gunohi azimlar — nima, bularning qaeri Qiyomat kun so‘rog‘idan kam? Tarixning azal vazifasi nima — aql egalarini shafqat va muhabbatning ilohiy yuksakliklariga yetkazishmi? Ammo odamzod tarixida ne-ne yomon sinoqlar bo‘lmadi? Oldinda esa ummonlarning to‘lqinlari kabi qaynab, quturib turgan yovuzliklarning bosh-keti ko‘rinmayapti. Bu jahannamning Qiyomat kundan nima farqi bor, axir? — Unday bo‘lsa, Nazaretdan chiqqan Iso, sen tarixni uning yovuzligidan to‘xtatib qolmoqchimisan? — Tarixnimi? Tarixni hech kim to‘xtatolmaydi. Men odam bolalarining onglari va xatti- harakatlaridan qabohatni quritmoqchiman. Men shunga qayg‘uraman. — Unda tarixning o‘zi ham bo‘lmaydi. — Qanday tarix? Sen o‘zing qayg‘urayotgan tarixni aytyapsanmi? U tarixni nadomatlar bo‘lsinkim, odamlar xotirasidan o‘chirish mumkin emas. Lekin u bo‘lmasaydi, o‘zimizni Xudoga yaqinroq sezardik. Men seni tushunib turibman, hukmdor. Lekin chinakam tarix, insoniylik gullab- yashnagan tarix hali yer yuzida boshlangani yo‘q. — Sabr qil, Iso, hozircha meni bir chekkaga qo‘yib turaylik. Ammo sen, Iso, odamlar va xalqlarni shu maqsadga qanday qilib yetkizmoqchisan? — Adolat Saltanati tuzamiz. Unda Qaysarlar zo‘ravonligi bo‘lmaydi. Ha, shunday! — Shuning o‘zi yetarlimi? — Agar hamma shuni xohlasa, albatta... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling