Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
Faraz qilaylik, sening aqidalaring to‘g‘ri. Unda nega aytmaysan sening ikkinchi qayta dunyoga 
kelishing qachon bo‘ladi? Agar odamlarga juda uzoq, haddan tashqari uzoq kutishga to‘g‘ri kelsa, 
buning ularga nima keragi bor? Butun umri davomida ro‘yobga chiqmagan narsadan odam bolasiga 
nima naf? Undan keyin, rostini aytsam, bunday aqlga to‘g‘ri kelmaydigan havodisni kutib yurishni 
hatto tasavvurga ham sig‘dirib bo‘lmaydi. Yohud, ko‘r-ko‘rona ishonib, kutish kerakmi? Nima beradi 
bu? Qanday foyda chiqadi bundan? 
— Sening ishtibolaring tushunarli, Rim hukmdori. Sen bamisoli yunon ustozlaring kabi to‘pori va 
dunyoviy fikr yuritasan. Ranjima, bu so‘zimdan. Hozir qoshingda foniy kimsa kabi turibman, bemalol 
tortishaver. Buning ustiga sen bilan ikkimiz turli-tuman odamlarmiz —xuddi o‘t va suvdek. 
Fikrlaganda ham boshqa-boshqa tomondan yondashamiz. Senga tinchlik bermayotgan narsa haqida 
aytmoqchiydim, hukmdor... Ikkinchi marta dunyoga qayta kelishlikni uzoq kutish kerak bo‘ladi, bu 
to‘g‘ri. Sen haqsan. O’sha kun qachon keladi, buni hech kim aytib berolmaydi. Bu olam yaratganning 
izmi-irodasiga bog‘liq. Bizning nazdimizda ming yillar cho‘ziladigan hodisotlar uning uchun ehtimol 
bir zumgina davom etadi. Ammo mohiyat boshqa yerda. Yaratgan bizga dunyodagi eng qutlug‘ ne’mat 
— aql-hush ato etdi. Va bizga o‘z bilgimizcha yashash haqini berdi. Ushbu ilohiy tuhfani qanday 
tasarruf qilamiz, odamzod tarixlarining tarixi ana shu bo‘ladi. Odam tirikligining ma’nosi o‘z ruhoniy 
darajasini kamolga yetkaza borishidadir. Odamda shundan o‘zga oliy omol yo‘q. Sen buni inkor 
qilmasang kerak, Rim hukmdori? Kun-bakun odam bo‘lmoqdan ko‘ra og‘irroq narsa yo‘q odamga. 
Shu bois, sen ishonmagan kunni qanchalar uzoq kutish-kutmaslik, hukmdor, odam bolasining o‘ziga 
bog‘liq bo‘lib qoladi. 
— Ana xolos!— Pontiy Pilat hayajonlanib o‘rnidan turib ketdi, taxt suyanchig‘idan ushladi.— 
Shoshma, shoshma. Nahot, bu odamlarning o‘ziga qarab qolgan, sira aqlim bovar qilmaydi! Men 
sening aqoyidingga ishonmayman. Buni tasavvurimga sig‘dirolmayman. Agar odamzod o‘z inon-
ixtiyori bilan bunday hodisalarni yaqinlashtira yoxud uzoqlashtira olsa, ular Xudoga aylanib 
qolmaydilarmi? 
— Balki, sen haqdirsan, Rim noyibi. Ammo men avvalo haqni ovozadan farqlab, ajratib olishni 
istayman. Haq borasidagi mish-mish — adoqsiz kulfat. Mish-mishu ovozalar bamisol suv tagidagi 
balchiq. Vaqt o‘tib balchiq yig‘ilib, chuqur oqar suvlar ko‘lmakka aylanadi. Hayotda doim shunday. 
Bashorat va azobu uqubatlar ichra topilgan, odamlarning baxti-saodati uchun yaraydigan har qanday 
buyuk fikrlarni mish-mishu ovozalar chaynab-chaynab aloha buzadi hamda o‘zi va haqqa qarshi 
yovuzlikka do‘ndiradi. Mening aytmoqchi bo‘lgan gapim shuki, Rim hukmdori, sen ishongan o‘sha 
yolg‘on-yashiqlarning hammasi bu — mish-mish, haqiqat esa boshqa yerda. 
— O’sha haqiqatni ochib bermaysanmi? 
— Mayli, urinib ko‘raman. Musohabadan qochmay qo‘ya qolay. Axir, bu haqda oxirgi marotaba 
so‘zlayapman. Shuni yaxshi bilgilki, Rim hukmdori, Ollo-taoloning yozmish yo‘l-yo‘rig‘i bir kunmas-
bir kun Bani Bashar xuddi yoz kezi chaqqan chaqmoqdek yer yuziga qaytib, elatlar ustidan qiyomat 
hukmini o‘qishidan emas, aksincha bo‘ladi, lekin maqsad o‘sha-o‘sha qoladi. Shahardan G’ulqofga 
o‘tib borguncha yashash muhlati qolgan men emas, siz, odamlar Iso Masiho kabi yashaymiz deb, 
kelajaksiz, bilgisiz endigi nasllarga aylanib, oliy solihot ichra men tomon kelajaksiz. O’sha mening 
dunyoga ikkinchi kelishim bo‘ladi. Boshqacha aytganda, men azoblarim orqali odamlarda o‘zimga 
qaytaman, odamlarda odamlarga qaytaman. Gap ana shu haqda. Men vaqt ichida ming yillar orqada 
qolaman-u, lekin sizning kelajagingizga aylanaman. Ollo-taoloning yozmishi shu. Odam bolasini unga 
atalgan yaxshilik va go‘zallik taxtiga o‘tqazmoqning yo‘l-yo‘rig‘i shu. Mening va’zlarimning ma’no-
mazmuni ham shunda. Haqiqatan ham mumtoz g‘oyalarni bach-kanalashtirib yuboradigan ovozalar va 
yurimsak mish-mishlarda emas, xuddi mana shunda. Ammo bu inson nasllari uchun eng og‘ir va eng 
olis yo‘ldir. Seni, Rim noyibi, ana shu narsa xavotirga solayotgani to‘g‘ri. Bu yo‘l bugungi yozg‘iriq 
kundan, Xudo o‘g‘lining o‘ldirilishidan boshlanadi. Odamlarning gunohlarini yuvish, ularning 
ko‘zlarini ochish va ilohiy xislatlarni uyg‘otmoq uchun men bugun jonimni qurbon qilaman. Mening 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling