Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
83 Hukmdor qoshlarini chimirdi, ko‘k toqiga qirg‘iyqarash bilan boqdi: e-he, aylanishini qaranglar-a, tinmaydi qurmag‘ur, hech narsa bilan ishi yo‘q. Bu qush xuddi samo sultoniga o‘xshaydi, deb o‘yladi u. Bejiz uni shahanshoh qudratining ramzi leb bilmaydilar — burgutning boshi kuchli, tumshuqlari nayzaday o‘tkir, ko‘zlari cho‘g‘day yonadi, qanotlari xuddi cho‘yandan quyulganga o‘xshaydi. Shahanshoh ham shunday bo‘lmog‘i darkor! Sha’n yuksaklarda uchmog‘i, xaloyiqqa ko‘rinib turmog‘i joiz, tokim unga hech kimsa yetolmasin... Va o‘sha mumtozlik maqomidan turib olamni idora etsin. Hech kimga va hech narsaga o‘zini teng ko‘rmasin. Hatto shahanshohning xudolari ham boshqalardan mutlaq farqli, faqat o‘ziga tegishli bo‘lsin. Tobelarga loqayd va kibru kubaro bilan boqsin. Kuch- qudrat mana shunda, mana shu hokimiyat barchani titratib-qaqshatadi, dunyoning tuzugi va ustivorligi ham shunda. Anavi Iso esa g‘oyatda o‘jar, ta’limotiga g‘oyatda ishonadi, shahanshohdan tortib qora qulgacha barchani barobar qilmoqchi bo‘ladi, zero, Xudo bitta va jamiyki odamlar uning qoshida teng, deydi: hamma uchun Adolat Saltanati keladi, deb jar soladi. U bani bashar aqlini vasvasaga qo‘ydi, avomni buzdi, dunyoni o‘z xohish-irodasiga ko‘ra qaytadan bichmoqni ko‘zlaydi. Nima chiqdi bundan? O’sha olomonning oq kaltak-qora kaltagiga uchradi, soxta bashoratgo‘y, soxta rasul, yolg‘onchi va lo‘ttiboz deb basharasiga tupurishdi... Qanday odam ekan-a? Ahvoliga maymunlar yig‘layapti-yu, pisand qilmaydi, go‘yo u emas, uni jazoga tortayotganlar yengilganday... Rim imperatorining Kichik Osiyodagi noyibi, o‘zi ham salkam shahanshoxdan qolmaydigan hukmdor Pontiy Pilat Isoni bir necha daqiqaga yolg‘iz qoldirib borarkan, ana shularni o‘ylardi. Mayli, Iso yolg‘iz qolsin, tubsiz choh yoqasida turganligini his qilsin. Uning irodasini sindirish kerak. Toki tiz cho‘ksin, yalinib, yolvorsin. Hamma uchun teng-barobar vohid Xudodan, tenglik, birodorlikdan voz kechsin. So‘ng uni beli sindirilgan kaltakesakdek Bani Isroil zaminidan quvg‘in etiladi. Borsin, sang‘isin, daydisin, dom-daraksiz yo‘qolsin. O’shanda uzoqqa bormaydi, e’tiqodi sust cho‘liqlarning o‘zi bo‘yniga urib o‘ldiradilar... Ko‘pni ko‘rgan omilkor hukmdor Pontiy Pilat dilini bosgan shubha-gumonlarini o‘y-o‘ylab bartaraf qilmoqchi, yangi chiqqan bid’atni daf etishlikning eng to‘g‘ri, eng foydali va eng ibratli chorasini topmoqchi bo‘lib urinardi. Ark ayvonidan chiqib ketarkan, mahkum yolg‘iz qolgach, o‘z ahvolining nakadar ayanchli ekanligini tushunib yetadi va men qaytib kelganimda oyoqlarimga yiqilib, najot so‘raydi, deb umid bog‘lardi prokurator. Lekin hukmdor bilsaydi. Mana shu qisqagina damlarda ushbu g‘aroyib odam butunlay boshqa narsani o‘ylar, rostini aytganda, u butkul xotiralar og‘ushiga cho‘mgandi. Zero, xotirlash ham tiriklarga xos, binobarin, hayot bilan vidolashayotgan onlarda odam bolasiga shundan boshqa yana nima qoladi. Hukmdor qadamlari uzilishi bilanoq yon timlardan to‘rt posbon chiqdi-da, go‘yo mahkum qochib ketadiganday Ark ayvonning to‘rt tomoniga borib turdi. Mahkum saroy posbonlaridan biriga murojaat qilib, so‘radi: — O’tirsam bo‘ladimi, ay, yaxshi posbon? — O’tir,— dedi posbon nayzasini tosh sahnga do‘q etib urib. Iso devordan turtib chiqqan marmar supachaga o‘tirdi, uning yelkalari horg‘in egilgan, oriqlagan, qoni qochgan, yuzi pastga to‘lqinlanib to‘kilgan uzun qoramtir sochlari bilan chulg‘angan edi. U qo‘li bilan ko‘zlarini berkitgan ko‘yi hayolga g‘arq bo‘ldi. «Suv bo‘lsa, ichsaydim,— deb o‘ylari u,— daryo bo‘lsa, cho‘milsaydim». U qirg‘oq bo‘ylarida oqar suvlarni shundoq ko‘z o‘ngiga keltirdi — suv yerni cho‘lp-cho‘lp o‘pib, maysa- giyohlarni silab-siypalab oqib boradi, quloqlariga go‘yo suv shaldiragani chalindi, go‘yo allakimdir uni qayiqqa tushirib, bu yerdan qaylargadir olislarga olib ketmoqchi bo‘layotganga o‘xshaydi. Onasi ekan. Onasi qo‘rqinch va harosonlik ichra unga tomon suzib kelardi. «Oyi! — eshitilar-eshitilmas pichirladi u.— Oyi, men juda qiynalib ketdim! O’tgan kecha Hefsimaniyada Zaytun tog‘da cho‘liqlarim bilan birga edim. O’shanda boshimga qora tun kabi hasrat yog‘ildi. Yuragim tars yorilay dedi. Ko‘zimga uyqu kelmadi. O’zimni qo‘yarga joy topolmadim. Dilimni allaqanday dahshat bosdi va badanimdan ter o‘rniga qon sizib chiqdi. Shunda men Rabbimga, osmonda Padarimga yolvordim. «Rabbano,— |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling