Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
— Odamlarni ahmoq qilaman de! — deb qichkirdi prokurator va zahrasi uchib o‘rnidan turib 
ketdi.— Ana endi ishondim. Seni haqiqatan taxtaga tortish kerak ekan. Seni faqat o‘lim tinchitadi! 
— Sen yanglishasan, shonli hukmdor, o‘lim ruh oldida ojiz,— qat’iyat bilan dona-dona qilib dedi 
Iso. 
— Nima? Nima deding? — o‘ziga ishonmay hayratlandi Pontiy Pilat Isoga yaqinlashib borarkan, 
uning g‘azab va hayratdan o‘zgarib ketgan yuzi qizg‘imtir qora dog‘lar bilan qoplandi. 
— So‘zlarimni eshiting, hukmdor. 
Pontiy Pilat nimadir demoqchi bo‘lib, o‘pkasini to‘ldirib nafas oldi, qo‘llarini siltab yuqori 
ko‘tardi, lekin shu payt shahsuvorning gursillagan qadam tovushi eshitildi. 
— Nima deysan? — qovog‘ini solib so‘radi prokurator uning qoshiga qandaydir o‘rog‘lik qog‘oz 
ko‘tarib kelayotgan qurolli saroy askaridan. 
— Sizga yubordilar,— deb qisqa javob berdi askar va shu zahoti ko‘zdan yo‘qoldi. 
Pontiy Pilatga xotini xat yo‘llagan edi: «Hukmdorim, sizdan o‘tinib so‘raymanki, o‘sha sargardon 
yo‘lovchiga og‘ir azob bermang. Odamlarning aytishlariga qaraganda, uni Xristos der emishlar. 
Hamma uni beziyon, taqvodor odam deydi. Har turli mayib-mashriqlar, kasal bechoralarni tuzatar 
emish, mo‘‘jizakor emish. Uni Xudoning o‘g‘li, Masih, Yahudoning sultoni desalar, quloq solmang, 
balki tuhmat qilishayotgandir. Yana bilmadim, bunga mening aqlim yetmaydi. Yahudolar qanday 
janjalkash, serg‘alva xalq ekanliginy o‘zingiz bilasiz. Mish-mishlar rost chiqsa-chi, unda nima bo‘ladi? 
Qora xalqning og‘zida yurgan gap keyin ko‘pincha to‘g‘ri chiqadi-ku. Mabodo, bu safar ham, rost 
bo‘lsa, unda sizni tavqi la’nat qiladilar. Eshitishimcha, bu yerdagi sinagoglarning kishilari va shahar 
oqsoqollari Isoga xalq ergashganini ko‘rib, qo‘rqib ketganmishlar, undan o‘ch olish payiga 
tushganmishlar. Ruhoniylar Isoni qo‘rolmay, johil olomonni unga qarshi bo‘hton qilib tezlagan 
emishlar. Kecha uning etagida ibodat qilganlar, bugun uni toshbo‘ronga tutibdilar. Ojiz aqlim bilan bir 
nima deyolmayman-u, lekin azizim Pilat, zavjayi muhtaramim, agar siz bugun bu savdoyini qatl 
etishga muhr cheksangiz, keyinchalik faqat sizni yomonotliq qiladilar. Axir, biz o‘la-o‘lguncha bu 
yerda qolib ketmasmiz-ku. Men sizni Rimga oliy unvonlar va izzat-hurmatlar bilan qaytishingizni 
istayman. Aslo bunga yo‘l qo‘ymang, azizim Pilat. Boya soqchilar olib o‘tishayotganda, unga ko‘zim 
tushdi, xuddi yosh iloh kabi ko‘rkam yigit ekan. Bilasizmi, kecha bir tush ko‘ribman. Keyin o‘zingizga 
so‘ylab beraman. Juda muhim. O’zingiz va nasllaringiz boshini malomatga qo‘ymang!» 
— Yo Xudo, Xudo! Ne gunoh qildim senga? — deb ingrab yubordi Pontiy Pilat. Va yana 
nechanchi marotaba bu devonasor, majzub, yolg‘on payg‘ambarni darhol, hech qanday ortiqcha gap-
so‘zsiz qo‘riqchilar bilan shahar tashqarisiga, G’ulqof qatlgohiga jo‘natib yubormaganligi uchun afsus-
nadomat chekdi. Axir Quddus hakamu hukamolari shuni talab qilishmayaptimi. Mana endi, hokimlik 
idorasiga bosh ko‘shmagan bir xotini qolgan edi. Bunda ham u Iso tarafdorlarining yashirin qo‘llarini 
ko‘rganday bo‘lar, yo‘q deganda, bularning barini osmon kuchlarining bu ishga qilayotgan qarshiligiga 
yo‘yardi. Biroq dunyoning ishlari ma’budlarni unchalar qiziqtirmaydi. Xotini esa, noqis aqli bilan 
siyosatni tushunarmidi. Qaysarlarni behurmat qilib yurgan shubhali daydi Isoni deb, Rumoning sodiq 
fuqarolari bo‘lmish ruhoniylar Kayafa hamda Baytulmuqaddas a’yon-ashroflari bilan orasini buzsinmi, 
ularni o‘ziga dushman qilib qo‘ysinmi? Buning unga nima keragi bor? Ajabo, bu nusxaning nimasi 
chiroyli? Yosh iloh kabi emish! Yosh bo‘lsa bordir. Shunga shunchami. Unchalar maqtaydigan joyi 
yo‘q. Ana turibdi, olomon kaltaklagan itday. Xotinining ko‘ziga nechuk ko‘rindi ekan? Hukmdor xatni 
mulohaza qilib, o‘ychan kezindi. So‘ng og‘ir xo‘rsinib, yana joyiga o‘tirdi. Ilgari ham shu fikr necha 
bor kallasiga kelgandi: bunday qarasang, odamlar juda pastga o‘xshaydilar — bavl qiladilar, 
ho‘llaydilar, qo‘shiladilar, tug‘iladilar, o‘lib-qiriladilar, tag‘in tug‘iladilar va o‘ladilar, qanchadan-
qancha yovuzliklar hamda tubanliklarni ortmoqlab yuradilar, mana shunday qabohat va battarinliklar 
ichida yana qayoqlardandir — bashorat, karomat, rasullar, ruhiyat e’jozlari ham paydo bo‘ladi. 
Manavini aytmaysizmi endi — u o‘z qadriga shunchalar ishonadiki, xuddi osmonda uchib yurganday, 
tush ko‘rayotganday. Lekin, bas. Uning hushini joyiga keltirib qo‘yish kerak! Yetar endi! 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling