Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
edi, u balki tirishib-tarmashib yana vagon ichiga kirib olardi. Biroq choparlar xuddi to‘p tepkanday 
uning boshiga tepishar, og‘izlaridan bodi kirib, shodi chiqar, ayamay qora qonga bulg‘ashar, u esa 
hamon temir qabzani qo‘yib yubormasdi. Oxirgi daqikalar ayniqsa dahshatli bo‘ldi. Petruxa, Maxach 
va Kolya haddan tashqari vahshiylashib ketdilar. Shu payt Grishan ham o‘zini to‘xtatolmay eshik 
oldiga chopib keldi: endi yuzini bemalol sidirib tashlasa bo‘laveradi, endi Avdiy Kallistratov qanday 
jon taslim etadi, tomosha qilish mumkin. Grishan choparlar Avdiyni batamom asfalasofilinga 
jo‘natishlarini kutib turardi. Tan berish kerak — Grishan o‘z ishiga g‘oyatda usta edi. Ertaga mabodo 
Kallistratovning o‘ligini topib, uning yiqilib tushgani yoki o‘zini poezddan tashlaganiga 
shubhalansalar, Grishan o‘shanda ham hech narsani bilmagan, ko‘rmagan bo‘lib turaveradi — shaxsan 
o‘zi bu ishga qo‘l urmagan. Nari borsa, bolalar janjallashib, do‘pposlashib qolishganu baxtsiz hodisa 
ro‘y bergan — qochaman deb, poezddan tushib ketgan. 
Keyin Avdiyning yuziga tepishdi. Uning oxirgi eslab qolgani shu bo‘ldi. Chopar giyohvandlarning 
poshnalari konga bo‘yaldi. Shamol Avdiyning quloqlarida xuddi alanga kabi guvillardi. Uning vujudi 
tobora og‘irlashib, pastga qo‘rqinchli bo‘shliq sari zilday tortib borardi. Poezd esa shamollarning 
karshiligini yengib, hamon o‘sha cho‘llardan yeldek yelar, butun yorug‘ olamda joni qil ustida turgan 
shu jabrdiyda yigitga yordam qo‘lini cho‘zadigan bir kimsa yo‘q edi. Uzundan-uzoq davom etgan kun 
so‘ngida botib borayotgan quyosh uning qiynoq dahshatidan olayib ketgan ko‘zlarini qonli shafaqqa 
bo‘yab, u bilan birga olam zulmatiga cho‘kmoqda edi. Lekin, qancha tepkilamasinlar, Avdiy qo‘llarini 
bo‘shatmasdi. Shunda Petruxa Grishanning tayog‘ini tortib olib, so‘nggi zarbani berdi. Inchunun 
Grishan ham xuddi bilmagan kishiday tayog‘ini ko‘rga hassa qilib ushlab turgan edi, mana, marhamat, 
olib urmaysanmi qo‘llariga, majaq-majaq bo‘lib ketmaydimi, qistaloq, deganday... 
Shunda Avdiy qonli go‘sht parchasi kabi pastga uchib ketdi. U temir yo‘l ko‘tarmasidan qanday 
qulagani, nimalarga urilib, surilganini sezgani ham yo‘q, eshelonning dumi u yiqilgan yerdan shaldirab 
o‘tdi, sobiq hamrohlari tushgan poezd ko‘zdan yo‘qoldi, g‘ildiraklarning shovqin-suroni tindi, lekin u 
hech narsani sezmadi. 
Ko‘p o‘tmay quyosh so‘ndi, qorong‘u tushdi, momataloq tusiga kirgan g‘arbning qo‘rg‘oshin 
osmonida qora bulutlar quyuqlashdi... 
O’sha mash’um yerdan esa endi boshqa poezdlar yeldek chopar, anavi jonini saqlash uchun rahm-
shafqat so‘rab yalinmagan sho‘rlik yigit esa temir yo‘l pastidagi chuqurliqda chaparasta ag‘anab 
yotardi. Mana endi, haqiqatni jonsarak izlab bilgan hamma narsalari va qaror toptirishga uringan 
narsalarning hammasi hozir orqaga uloqtirib tashlangan, zabun etilgandi. O’zini shunchalar ayamagani, 
omonlik tilashdan voz kechganiga arzirmidi bular? Axir, hamma gap u emas-bu emas, uning hayot-
mamoti ustida ketayotgan edi-ku. Bor-yo‘g‘i uchtagina so‘zni aytsa: «Meni qutqar, Grishan!» — desa 
kifoya edi. Ammo bu so‘zlar uning og‘zidan chiqmadi... 
Chindan ham, Xudo taolo taajjubotlarining cheki yo‘q... Axir bir mahal uzoq tarixda shunday 
voqea ro‘y bergan edi-ku — Galiliyadan chiqqan bir majzub o‘ziga shunchalar ishongan ediki, ikki 
og‘izgina so‘zni aytishni istamay halokatga giriftor bo‘lgandi. Oxiri, shirin jondan ayrilgandi. Odamlar 
ham to haligacha, oradan bir ming to‘qqiz yuz ellik yil o‘tganiga qaramay es-hushlarini yig‘ishtirib 
ololmaydi-lar — bu qanday qilib yuz berdi, axir, shunday bo‘lishi mumkinmi, deb ajablanishadi, 
bahslashishadi, iztirobga tushishadi. Har safar bu ularga xuddi kuni kecha ro‘y berganday bo‘lib 
tuyuladi — yaralari ana shunchalar yangi. Va o‘sha zamonlardan buyon necha-necha nasllar dunyoga 
kelmasin, har biri o‘rtanib-kuyadi, agar o‘shanda biz G’ulqofda bo‘lganimizda, hech qachon galileylik 
kishini jabrlashga yo‘l qo‘ymasdik, deyishadi. Ana shunday tuyular ekan-da, hozir. Lekin dunyo 
aylanaay-lana hamma narsalar unut daryosiga g‘arq bo‘lib ketadi-yu biroq o‘sha kun sira esdan 
chiqmaydi, deb kimning hayoliga kelibdi deysiz... 
Aytgancha, o‘shanda ham juma kuni edi va jonini qutqarishi mumkin bo‘lgan zot o‘shanda o‘zini 
xalos etmoq uchun tilga ikki og‘iz so‘z olmoqni ravo ko‘rmagandi... 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling