Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
74 — Nari tur! — siltab tashladi uni Avdiy. — Hali shunaqami! Men senga chin dildan aytsam, noz qildingmi hali! Aftingni burishtiradigan bo‘ldingmi! — Bo‘pti, ber bu yoqqa, ber! — dedi fig‘oni oshib Avdiy va cho‘g‘lanib turgan papirosga qo‘l cho‘zib, uni xuddi Petruxaga namoyish qilib ko‘rsatganday boshi uzra baland ko‘tardi-da, vagonning ochiq eshigidan tashqariga uloqtirib yubordi. Bu shunchalar kutilmaganda tez ro‘y berdiki, hamma va hatto, Grishanning o‘zi ham hayratdan baqa bo‘lib qoldi. Oraga cho‘kkan sukunatda poezd g‘ildiraklarining shiddatli ovozi yanada aniq va vahimaliroq eshitildi.— Ko‘rdingmi? — sannab dedi Avdiy Petruxaga.— Nima qilganimni hammang ko‘rdinglarmi? — achchiq-tizziq bilan dedi u yana boshqa choparlarga bir-bir qararkan.— Bundan keyin doim ana shunday bo‘ladi! Petruxa va undan keyin boshqalar Grishanga hayron bo‘lib, savolomuz qarashdi: bu yog‘i qanday bo‘ldi, xo‘jayin, bu taviya qaerdan kelib qoldi? Grishan dam Avdiyga, dam choparlarning tumtaygan basharalariga masxara qilganday qararkan, indamasdi. Maxachning toqati tugadi: — Hoy, tamada, nega indamaysan? Nima, soqov bo‘p qolganmisan? — Yo‘q, soqov bo‘p qolmaganman! — deb uning jig‘iga tegdi Grishan va zaharxanda qilib cho‘rt kesdi: — Men manov nusxaga og‘zimni ochmayman, deb so‘z bergandim. Qolganini o‘zlaring hal qilinglar! Mening boshqa gapim yo‘q... — Shu rostmi? — o‘smoqchiladi Maxach Avdiydan. — Rost, lekin gap boshqa yoqda! — qichqirdi Avdiy.— Men uni fosh qilmoqchi edim,— deb Grishanni bosh silkib ko‘rsatdi u,— bu iblis sizlarning hammalaringizni yo‘ldan urgan! Halokat yoqasiga kelib qolgansizlar! Men jim qarab turmayman, haqiqat men tomonda! — Shunda u nima bo‘layotganini, nima qilayotgani, nimalar deb qichqirayotganini anglamay, nasha to‘ldirilgan yuklar ichidan yukxaltasiny kuch bilan tortib oldi. Grishandan boshqa hamma o‘tirgan o‘rnidan sakrab turdi: bu pop-sopning yumshoqqina bolasi asti nima qilmoqchi o‘zi? — Mana, qaranglar, bolalar! — Avdiy yuk xaltani boshi uzra ko‘tarib silkitdi.— Mana shuning ichida biz odamlarning boshini yeydigan, ofat va qiron keltiradigan og‘u olib ketyapmiz. Yengil pulga uchgan siz choparlar, sen, Petr, sen, Maxach, sen Lyonya, sen, Kolya, shunday qilyapsizlar! Grishanni gapirib o‘tirmasak ham bo‘ladi. Uning kimligini o‘zingiz yaxshi bilasiz! — Shoshma, shoshma, Avdiy! Qani, tasadduq, xaltani menga ber-chi! — unga tomon yurdi Petruxa. — Nari tur! — itardi uni Avdiy.— Yaqinlashma! O’zim bilaman bu odamlar boshiga bitgan baloni qanday yo‘qotishni. Shundan so‘ng Avdiy hali choparlarning hushi o‘ziga kelmay, yuk xaltaning chizimchasini tortib yechdi-da, vagon eshigidan nashalarni tashqariga socha boshladi. Ancha-munchagina giyoh terilgan ekan, nashaning sarg‘imtil-ko‘k yaproqlari va gullari temir yo‘l bo‘ylab xuddi kuzgi barglar kabi parokanda to‘zib uchdi. Yuzlab, minglab jaraq-jaraq pullar havoga suvurilmoqda edi! Qandaydir bir zum choparlar Avdiyga anqayib, shamday qotib qoldilar. — Ko‘rdinglarmi! — qichqirdi Avdiy va yuk xaltani xam tashqariga otdi.— Ana endi sizlar ham shunday qilinglar! So‘ng birgalikda tavba qilamiz, Xudoning shafoati va mag‘firatiga sazonor bulamiz! Bo‘linglar, Lyonka, Petr! La’nati nashalaringizni to‘kinglar, qutulinglar shu yaramasdan! — Jinni bo‘lib qolibdi! Bekatda u bizni ushlab beradi! Ur uni, it popning bolasini! — chinqirdi es- hushini yo‘qotib Petruxa. — To‘xtanglar, to‘xtanglar! Quloq solinglar! — ularga nimanidir tushuntirmoqchi bo‘lib qichqirardi Avdiy giyohvandlarning quturib ketganlarini ko‘rib. Lekin endi kech edi. Giyohvandlar uning ustiga quturgan itday tashlandilar. Petruxa, Maxach, Kolya bir-biriga gal bermay uning boshiga musht yog‘dirardilar. Faqat Lyonkagina ularni kuchi yetgancha ajratishga urinardi. — Qo‘yinglar, bas qilinglar! — deb atrofda nima qilarini bilmay sarsilardi u. Lekin ularni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling