Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
75 ajratishga kuchi yetmasdi — uch kishini bir o‘zi qanday ham eplasin. Rahmsiz, olatasir kaltaklash boshlandi. — Ur! Itar! Vagondan tashlab yubor! — deb bo‘kirardi Petruxa. — Popni o‘ldir! Pastga ot! — jo‘r bo‘lardi Maxach. — Kerakmas! O’ldirmanglar! Iltimos, o‘ldirmanglar! — chiyillardi rangi o‘chgan, qalt-qalt titragan Lyonka. — Qoch, itvachcha, so‘yaman! — Lyonkaning qo‘lidan yulqinardi vahshiylashgan Kolya. Avdiy silkinib borayotgan vagonning ochiq joyidan kuchi boricha nariga, o‘rtaroqqa surilishga urinardi: giyohvandlarning bunchalar berahm, vahshiy, zo‘ravon bo‘lishlariga u endi ishondi — bo‘lmasa, hozirgina gasht qilib, og‘zining tanobi qochib o‘tirishgan edi-ya. Avdiy hayoti qil ustida turganligini tushunar, kuchlar ham teng emasdi. Kuchi oshib-toshib yotgan, quturgan uch yigitga yolg‘iz o‘zi qanday bas kelsin. To‘g‘ri, Lyonka uning yonini olyapti. Lekin, uning kuchi qaerga yetardi. Grishan esa hamon o‘sha joyida xuddi tsirk yoki teatrga tushgan tomoshabinday o‘tirar, xayrixohlik bilan irshayardi. — O’hu! O’hu! Ana xolos! — labini qiyshaytirib mazax qilardi u. Itday urishtirib qo‘ydi-ku oxirida, shunday bo‘lishini oldindan hisoblab chiqqandi, mana endi, g‘alaba nash’asini suryapti — uning ko‘z o‘ngida odam o‘ldirishyapti. Avdiy faqat Grishan o‘rtaga tushsagina joni qutulib qolishini sezib tarardi. «Grishan, qutqar!» — deyishi bilan choparlar uni tinch qo‘yishlarini bilardi. Lekin kallasini kesganda ham, u Grishandan yordam so‘rolmasdi. Birdan-bir chora vagonning ichkarirog‘iga amallab o‘tib olish, burchakka qisilib turish — undan u yog‘iga kaltaklaydilarmi, tepkilaydilarmi, qo‘llaridan kelganini qilishsin, faqat vagondan tashlab yubormasalar bo‘lgani, aks holda jondan umid yo‘q... Lekin, ichkari burchakka yetib olish oson emasdi. Uni urib, tepkilab yana vagonning lang ochiq eshigi tomon uloqtirdilar. Avdiy bir zum shu yerda turib qolsa, uni hash-pash deguncha tashqariga itarib tashlardilar. Shuning uchun Avdiy qanday qilib bo‘lmasin, yana yiqilgan yeridan turar, o‘zini vagonning ichkarisiga olishga urinardi. Giyohvandlar axiyri holdan toyib, yo hushlarini yig‘ishtirib olishar, deb umid qilardi. Ayovsiz jangda birinchi bo‘lib, boshiga og‘ir zarba tushgan Lyonka quladi. Popning o‘g‘lidan, yangi chiqqan avliyodan va demak, choparlarning dushmanidan ayovsiz qasd olayotganda, oyoq tagida o‘ralashmasin deb, Kolya uni tinchitgan edi. Giyohvandlar musht ustiga musht tushirar — yelga sovurilgan shuncha pulga ichlari kuyib borardi. — Ur, ur! Jon chiqar yeriga sol ablahni! — quturib ko‘pik sochardi Petruxa. U Avdiyni orqasidan kelib mahkam qisib oldi-da, qo‘llarini orqaga qayirdi va Maxachga to‘g‘riladi. Maxach esa shunda xuddi shaytonlagan buqaday, g‘azab bilan Avdyyning qorniga urdi. Avdiy o‘lar holatda bukchayib, og‘zidan qon ketgancha, vagon ichiga quladi. Shundan so‘ng uchovlari uni eshik tomonga sudrab ketishdi. Avdiy esa shu ahvolda ham, ularning changalidan qutulib chiqishga urinar, qarshilik ko‘rsatar, tirnoqlari ko‘chib ketishiga qaramay, vagonning taxtalariga yopishardi. Mudhish Grishan esa vagonning bir chetida go‘yo hech narsa bo‘lmaganday yig‘ma kursichasiga oyoqlarini chalishtirib o‘tirar, bezraygan basharasida mumnunlik ifodalanar, egri tayog‘ini likillatib o‘ynab, hushtak chalib mashq qilardi. Hali ham rahm-shafqat so‘rab: «Grishan, qutqar!» — deb qichqirsa, kech emasdi va Grishan ham unga rahmi kelib, olijanoblik ko‘rsatib, o‘lim changalidan olib qolishi mumkin edi. Ammo Avdiy omonlik so‘rab og‘zini ochmadi. Uni ochiq joyga qonlarini oqizib sudrab ketdilar. Vagonning ochiq eshigida so‘nggi olishuv ro‘y berdi. Ular Avdiyni bir yo‘la itarib yuborishga cho‘chidilar, u bilan birga o‘zlari ham tashqariga qulashlari mumkin edi. Avdiy eshikka, to‘g‘rirog‘i, eshik orqasidagi temir tutqichga mahkam yopishdi. Poezdning kuchli shamoli uni eshikka mixlab tashladi, Avdiy chap oyog‘i bilan qandaydir temir chiqikka bazo‘r ilindi va butun og‘irligi bilan osilib qoldi. Aftidan, u hech qachon yashash va kulfatdan qutulish uchun bunchalar jon-jahdi bilan urinmagan edi. Bunchalar kuch qaerdan kelyapti, o‘zi ham bilmasdi. Agar uni o‘z holiga qo‘yganlarida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling