Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
77 II O’shanda Quddusda havo ertalabdan qizib, kun issiq bo‘lishidan darak berardi. Irod saroyining Ark ayvonida marmar ustunlar tagida prokurator Pontiy Pilat o‘ziga kursi qo‘yishni buyurdi. Bu yerda pastdan esayotgan yelvizak uning sandal kiygan oyoqlarini bilinar-bilinmas yelpib o‘tardi. Katta bog‘dagi adl teraklarning uchlari shabadada erinchoqlik bilan qimirlar, ularning yaproqlari bu yil barvaqt sarg‘aya boshlagandi. Saroyning Ark ayvoni joylashgan shu tosh tepalikdan shahar kaftdek ko‘rinib turar, hozir havo tobora qizib borarkan, shahar manzaralari oq harir parda ichra jimirlab ko‘zga chalinar,— hatto Quddusning doim ravshan ko‘rinadigan tevarak-atroflarini ham oqarib yotgan sahro sarhadlarida arang payqash mumkin edi. O’sha kuni ertalab xuddi ko‘zga ko‘rinmas iplar bilan osmonga osib qo‘yilganday qanotlarini keng yozib yolg‘iz bir qush sas chikarmay suzib yurar, ma’lum vaqt orasida hech kanda qilmay katta bog‘ ustidan uchib o‘tardi. Burgutmikin, kalxatmikin, shu ikkisidan bo‘lak hech qanday qushning bunday issiq kunda uzoq hamda zerikarli uchishga qurbi yetmaydi. Og‘irligini u oyog‘idan bu oyog‘iga solib turgan nazarlik Isoning ko‘kda aylanib yurgan qushga bexos ko‘z qirini tashlaganligini payqab prokurator birdan og‘rindi va tutoqib ketdi. U zahar sochib dedi: — Sen qayoqqa qarayapsan, Yahudoning podshosi? Boshingda ajal qushi aylanyapti! — U hammamizning boshimizdan aylanyapti,— ohista, xuddi o‘zi bilan o‘zi so‘zlashayotganday javob berdi Iso va qorayib momataloq bo‘lib ketgan ko‘zini kafti bilan paypaslab qo‘ydi: sinedrionda sud qilish uchun eltayotganlarida bozor oldida ruhoniy va oqsoqollar gij-gijlagan olomon uni urto‘qmoq qilgan edi. Ayrimlar rahmsiz kaltaklagan, boshqalari basharasiga tupurgan o‘sha damlarda ruhoniylar ruhoniysi Kayafaning odamlari o‘zini nechog‘lik qattiq yomon ko‘rishlarini tushundi, ha quddusliklarning sudidan hech kanday rahm-shafqat kutib bo‘lmaydi, shundayku-ya, lekin uni olomonning aynimachoqligi va jaholatga minib quturishi taajjubga solib qo‘ydi, go‘yo shu paytgacha ular ichidan hech kim uning darodiligini bilmaganday, go‘yo shu paytgacha ular ibodatgohlar va maydonlarda nafaslarini ichlariga yutgancha qimir etmay uning va’zlarini eshitmaganday, go‘yo ular xo‘tigini ergashtirgan ko‘k eshakka minib shahar darvozalaridan kirib kelganida shodu xurram qarshi olmaganday, go‘yo ular umid-omol bila: «Sallamno bani Dovudga! Sallamno va akram!» — deb qichqirishib, eshagi oyog‘i ostiga gullar otmaganday. Mana endi, u yirtilib dalva-dalva bo‘lib ketgan ust-boshda parishon va faromush alfozda taqdirimda yana nimalar bor ekan deganday Pontiy Pilat qoshida mustar turibdi. Prokuratorning esa shu tobda asabi g‘oyatda buzilgan va qizig‘i shundaki, hammadan burun o‘zidan — o‘zining sustligi, birovga tushuntirib bo‘lmaydigan jur’atsizligidan xafa edi. Na Rim qo‘shinlarida xizmat qilib yurganlarida va na mana hozir prokuratorlik chog‘larida u hech qachon bunday holga tushmagandi. Rostdan ham kulgili emasmi, axir! — sinedrionning hukmini shartta tasdiqlash va ortiqcha boshog‘riqdan qutulish o‘rniga u tergovga kuchi hamda vaqtini sarf qilib o‘tiribdi. Holbuki, Baytulmuqaddas ruhoniylar ruhoniysi va mushriklari uning farmoyishiga ilhaq, ularni darhol chaqirib, mana, olinglar, gunohkor sizlarniki, nima qilsalaringiz, o‘z ixtiyorlaringiz, desa bo‘ladi-ku, axir. Shunga qaramasdan, Pontiy Pilatga shunday osongina yo‘l tutishga nimadir xalaqit bermoqda edi. Buning ustiga manovi masxaravoz shuncha ovora bo‘lishga arzirmikin?.. Lekin bu tentakni ham ko‘ring-da axir! Qarangkim, u Yahudoning podshosi, muhibbi Rabboniy emish, Ilohning odil saltanatini tuzmoq uchun Xudo tomonidan yahudolarga tortiq qilinganmish, Uning odil saltanatida qaysaru qaysarchalarga, ularning noyiblariga va yaloqi sinagoglarga o‘rin yo‘qmish, jami odamlar endilikda to oxiratga qadar bir-birlariga tengu birodar bo‘lar emishlar. Necha- necha kishilar davlat qushini boshlariga qo‘ndirishga harakat qilmaganlar, lekin bunaqa aqlli, ayyor va bunaqa g‘addorini hali hech kim ko‘rmagan edi. Bunaqalar saltanat tepasiga kelsin-chi, avval qanday bo‘lsa, xuddi shunday hukm yuritaveradi, zotan, dunyoga hayotning boshqacha yo‘rig‘i yo‘q va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling