Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
79 — Esa sen kufroniy so‘zlaringdan voz kechib qo‘ya qolmaysanmi? — tikkasiga so‘radi prokurator. Iso qo‘llarini yozdi, uning ko‘zlari bolalarnikiday ma’sum edi. — Mening qaytib oladigan so‘zim yo‘q, hukmdor. U so‘zlar qismatda bor. Padarim dilimga solgan. Uning irodasini ado etib, so‘zlarini odamlarga yetkazmog‘im kerak. — Aytganingdan hech qolmaysan,— norozi bo‘lib ovozini ko‘tardi Pontiy Pilat. Uning qiyg‘ir burunli, qayishday qattiq lablari atrofiga chuqur chiziqlar tortilgan yuzi nafratangiz sovuq tusga kirdi.— Meni chalg‘itaman deb, ovora bo‘lma, hammasini shundoq ko‘rib turibman,— dedi u e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan ohangda.— Padarimning so‘zlari, ularni odamlarga yetkizaman deysan. Aslida bu nima? Aslida bu qora xalqni laqillatish. Uni qo‘lga olish! Avomni buzg‘unchilikka boshlash. Balki uning so‘zlarini menga ham yetkazmoqchidirsan — men ham odamman-ku! — Hozircha. Rumo hukmdori, senga bu hojat emas. Bil’aks, senda iztirob yo‘q. Sen boshqacha hayotni orzu qilmasang ham bo‘ladi. Sen uchun hukmronlik bu — Xudo va diyonat. Hukmronlik esa tamomila o‘z qo‘lingda. Sen uchun shundan yuqori hech narsa yo‘q. — Rost. Rumo hukmronligidan o‘zga oliy narsa yo‘q. Umidvorman-ki, sen shunday demoqchi bo‘lding, shekilli? — Sen shunday deb o‘ylaysan, hukmdor. — Aqlli odamlar har doim shunday o‘ylaganlar,— iltifotli ohangda uni to‘g‘riladi prokurator.— Bekorga aytmaganlar,— uqdira boshladi u. — Qaysar 2 — Xudo emas, lekin Xudo — xuddi Qaysarday. Agar aksinchasiga ishonching komil bo‘lsa, menga isbot qil. Qani! — U Isoga mazax qilganday tikilib qoldi.— Men Rumo imperatori Tiveriyning noyibi bo‘laman. Uning nomidan men zaminu zamonadagi narsalarning holatlarini birmuncha o‘zgartira olaman. Sen esang bunga allaqanday oliy kuchni, go‘yo sen eltayotgan qandaydir o‘zgacha bir haqiqatni qarama-qarshi qo‘ymoqchi bo‘lasan. Shoyon g‘alati, shoyon g‘alati! Aks holda seni bu yerda tutib turmas edim. Sinedrionning hukmi qachon ijro etiladi deb, shahar oshiqmoqda. Xo‘sh, qani, javob ber! — Men nima dey? — Qaysarning Xudodan kichikligiga ishonching komilmi? — Qaysar ham o‘ladigan odam. — Albatta, o‘ladigan odam. Lekin u tirik ekan, odamlar uchun Qaysardan yuqori Xudo bormi? — Tiriklikning o‘zga o‘lchovini olsak, hukmdor, albatta, bor. — Topgan gapingni qara-ya,— o‘zini xafa bo‘lganday ko‘rsatib, qoshlarini chimirgancha dedi prokurator.— Odamlar kuladi demaysan ham. Sening bu gaplaringga kim ishonadi bilmayman, tushunmayman. — Zulmdan ezilganlar menga ishonadilar, adolat istaganlar isho-nadilar menga. Mening so‘zlarim azob-uqubatlardan to‘ygan va ko‘zyoshlar bilan sug‘orilgan zaminda nish otib, ko‘karadi,— deb tushuntirdi Iso. — Bas! — qo‘lini noumid silkidi prokurator.— Vaqt zoe ketmoqda. Ular o‘z hayollariga berilib, jim qoldilar. Isoning bo‘zday manglayi terchiladi. Lekin u terlarini na kafti va na uzun ko‘ylagining yirtiq yengi bilan artdi, bu hayoliga ham kelmasdi — qo‘rquvdan tomog‘iga bir narsa tiqilgan, ko‘ngli ozar, yuz-ko‘zlaridan ter quyilar, serpay oriq oyoqlari tagiga — marmar taxtachalarga chakillab tomardi. — Mana shundan keyin ham,— deb davom etdi negadir ovozi ichiga tushib ketgan Pontiy Pilat,— Rim hukmdori senga ozodlik berishini xohlaysanmi? — Shunday, yaxshi hukmdor, meni qo‘yib yubor. — Keyin nima qilasan? — Ellarga Xudoning kalomini yetkizaman. 2 Q a y s a r — hukmron. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling