Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
81 — Har holda men shu narsani bilmoqchi edimki,— deya murojaat qildi prokurator hamon o‘z joyida jimgina turgan Isoga qarab,— aytaylik, sen soddafahm odamlar ichida g‘alva qo‘zg‘ab turgan yovuz niyatli kishi emas, xudojo‘y, taqvodor bir kimsasan. Aytaylik, sen Adolat saltanati haqida so‘zlaysan va Rumo qaysarining jahonga hokimlik huquqini tan olmaysan. Aytaylik, xo‘p, men senga boringki, ishondim: xo‘sh, menga tushuntirib ber-chi, seni o‘limga borishga nima majbur qilyapti? Yuragingni och menga, nima istaysan? Mabodo, sen shu yo‘l bilan Isroil xalqiga podsholik qilmoqchi bo‘lsang, unda men buni ma’qullamayman, ammo niyatingni tushunaman. Biroq nima uchun sen boshdanoq o‘tirmoqchi bo‘lgan shoxni kesib tashlamoqchisan? Kaysarning hokimligini tan olmay qanday qilib Kaysar bo‘lmoqchisan? Seni tirik qoldirish va yoxud qatlga jo‘natish mening izmimda. Buni o‘zing bilasan. Xo‘p, nega indamay turibsan? Tiling gapga aylanmay qoldimi? — Shunday, Rumo noyibi, men qiynoqdan qo‘rqyapman. Lekin men hech qachon Qaysar bo‘lmoqchi emasman. — Unda shahar ko‘chalariga chiq, tavba qil, yanglishgan ekanman, deb ayt. Yolg‘on xabarlar qildim, yolg‘on bashoratlar aytdim, men Yahudo podshosi emasman, deb jar sol. Qora xalqni aldama, yo‘ldan urma, orqangdan ergashtirma, dillariga ishtiboh solma, jinoyatlarga boshlama. Hech qanday Adolat Saltanati bo‘lishi mumkinmas. Doimo mavjud narsalargina adolatli. Dunyoda imperator Tiveriy bor va u jahon binosining mustahkam ustuni. Sen Adolat Saltanati deb, havoyi odamlarni yo‘ldan ozdiryapsan. Sen aytgan saltanat — yo‘k narsa! O’ylab ko‘r! O’zingni ham, boshqalarni ham boshlarini aylantirma. Sen o‘zing kim bo‘psan, Rumo imperatorini tashvishga qo‘yadigan,— ko‘cha- ko‘yda kezib yurgan daydi, dargumon nabiy, baqiroq va’zxonsan, Yahudoning yerlari senga o‘xshaganlarga to‘lib-toshib yotibdi. Biroq sen o‘z ta’limoting bilan odamlar yuragiga vasvasa solyapsan, ruhoniylar ruhoniysi tinchini yo‘qotgan, shuning uchun ro‘yolaringni fosh qil. So‘ng Shom yoki boshqa o‘lkalarga chiqib ket. Men ham senga yordam qilay. Vaqt boridarozi bo‘l. Nega yana miq etmaysin? — Biz bir-birimizdan juda ham farqli odamlar ekanmiz, Rumo noyibi, bir-birovimizni tushunishimiz qiyinga o‘xshaydi, men shuni o‘ylayapman. Men munofiqlik qilib, Xudoning ilmi- rohidan voz kecholmayman. Unda senga va Qaysarga manfaat yetib, haqiqat zavol tutadi-ku? —Gapni aylantirma. Rimga nimaiki foydali bo‘lsa, o‘sha narsa a’lo. — Hammasidan a’loroq bu haqiqat — haqiqat esa, bitta. Ikkita haqiqat bo‘lmaydi. — Yana dog‘ulilik qilyapsanmi? — Avval ham dog‘ulilik qilmaganman, hozir ham. Mening senga javobim shu: birinchidan, haqiqat haqi aytilgan so‘zdan qaytish yo‘q, zero, Sen o‘zing shuni istayapsan. Ikkinchidan — qilmagan ishingning jurmini gardanga olmoq joiz emas va qorakuya kabi bo‘htonlardan ko‘krakka urmoq bilan qutulib bo‘lmas. Asossiz bo‘htonning umri qisqadur. — Lekin hammadan burun sening kuning bitib turibdi, Yahudoning podshosi! Demak: sen qanday bo‘lmasin, xalos yo‘lini tutmaysan va o‘limni tanlaysan, shundaymi? — Menga xalos bo‘lmoqning faqat shu yo‘ligina qolgan. — U qanday yo‘l? — Dunyoni xalos etish yo‘li. — Jinnilikni bas qil! — toqati toq bo‘ldi Pontiy Pilatning.— Demak, o‘z ixtiyoring bilan boshingni sirtmoqqa tiqasanmi? — Shunday bo‘lib chiqadi endi, mening boshqa yo‘lim yo‘q. — O xudolar, xudolar! — horg‘in shivirladi prokurator manglayini chuqur tilib o‘tgan chiziqlarni siypab.— Yondiraman deydi-ya, kun aynimasmikin ishqilib? — deb to‘ng‘illab ko‘ydi o‘ziga o‘zi u. So‘ng qatiy bir qarorga keldi: «Menga nima zarur? O’z foydasini bilmaganning yonini olib nima qilaman? Qiziqman-da, o‘zim ham!» Keyin aytdi: — Unday bo‘lsa, men bu ishdan qo‘limni yuvib qo‘ltig‘imga uraman! — Ixtiyoring, noyib,— javob qildi Iso va boshini solintirdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling