Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
— Ha-ha! Sening xristianchiliging holi g‘ayri Iso bo‘lmasa, nima kechardi! G’ayri Iso qitiqlab 
turmasa, kimga kerak xristianlik? Nima foydasi bor uning? Shunday bo‘lgach, mensiz hech narsa 
qilolmaysiz! Men bo‘lmasam, kimga qarshi kurashasiz, g‘oyalaringiz jangovarligini qanday isbot 
etasiz? 
— Juda ham qirriq ekansan-e! — beixtiyor kulib yubordi Avdiy.— Chalkashliklardan ustalik bilan 
foydalanarkansan. Lekin gapga zeb berma. Sen bilan til topishimiz qiyin. Biz teskari odamlarmiz, bir-
birimizga to‘g‘ri kelmaymiz. Shuning uchun meni bu yerdan quvyapsan. Sen mendan qo‘rqasan. Lekin 
men baribir o‘z so‘zimda turaman: qayt bu yo‘ldan, tavba qil, yosh bolalarni tuzog‘ingdan bo‘shat. 
Men sendan yordamimni ayamayman. 
Grishan birdan jim bo‘lib qoldi. Tayog‘iga tirangancha qovog‘ini solib u yoqdan-bu yoqqa borib 
kela boshladi, keyin yurishdan to‘xtadi. 
Agar sen, o‘rtoq Kallistratov, meni qo‘rqayapti, deb o‘ylasang, qattiq xato qilasan. Qolging 
kelsa, qolaver, seni haydayotganim yo‘q. Hozir yuk vagonlarga chiqib olamiz. Poezdga birvarakay 
bosqin yasaymiz. 
— Yaxshisi, qaroqchilarcha, deb qo‘ya qol,— uning gapini to‘g‘riladi Avdiy. 
— Mayli, sen aytgancha bo‘la qolsin, qaroqchilarcha bo‘lsa, qaroqchilarcha-da. Lekin maqsadimiz 
talon-taroj emas, maqsadimiz — yashirincha manzilimizga yetib olish, buning farqi bor. Axir sening 
davlating bizga erkin borib-kelishga yo‘l qo‘ymaydi... 
— Davlatga tilingni tekkizma. Xo‘sh, menga nima taklif qilmoqchisan? 
— Aytishga ham arzimaydi. Sen aytmoqchi, vagonlarga qaroqchilarcha chiqib olamiz,— deb temir 
yo‘l tomonga boshini silkib ko‘rsatdi Grishan,— hamma jam bo‘ladi, hamma ko‘zga ko‘rinadi. Ana 
o‘shanda kichkina Lyonkalaru lakalov Petruxalarga aytar gapingni ayt, ularning jonlarini qutqar, ey 
Xaloskor! Men g‘iq etmayman, senga zarracha to‘sqinlik qilmayman. Meni misoli yo‘q deb hisobla. 
Mabodo, bu avomni orqangdan ergashtirib keta olsang, ularni o‘z Xudoyingga ishontira olsang, men 
shu zahoti yengilganimni bo‘ynimga olib, mutlaqo qoramni ko‘rsatmay ketaman. Gapimni 
tushunyapsanmi? Qabul qilasanmi shu shartimni? 
— Bajonidil! — qisqa javob qildi Avdiy. 
— Unda boshla! O’rtamizda bo‘lib o‘tgan gapni hech kimsa bilmaydi. Ag‘dan-bag‘dan gaplashdik, 
deymiz. 
— Rahmat! Lekin mening yashiradigan joyim yo‘q,— javob berdi Avdiy. 
Grishan yelkasini qisdi. 
— Aytdim-qo‘ydim-da. Injilda yozilgan: «Sen aytding» deb! May oyining oxirgi kunlaridan biri 
edi. Soat kechki yettilar bo‘lib qolgandi. Lekin tep-tekis cho‘llar uzra quyosh hamon yal-yal nur 
sochib, qizdirardi. Kuni bilan xuddi bir joyga bog‘lab qo‘yilganday nima sababdandir qimirlamay 
turgan kumushsimon bulutlar, avval oppoq oqarib, kechga tomon ufq uzra qop-qorayib osilib qoldilar, 
bundan Avdiyning yuragiga anglab bo‘lmas bir xavotir tushdi. Aftidan, momaqaldiroq bo‘ladiganga 
o‘xshardi. 
Poezdlar esa hamon u tomondan bu tomonga, shimoldan janub yoqlarga, janubdan esa shimol 
yoqlarga o‘tib borishar va zamin ularning cho‘ng g‘ildiraklari ostiga zirillar, titroqqa tushardi. «Qancha 
yor bor, qancha ko‘z ilg‘amas makonlar va yorug‘lik bor, shunday bo‘lsa ham, odam bolasiga yana 
baribir nimadir yetmaydi, hammasidan burun - erkinlik yetmaydi,— deb o‘ydardi Avdiy poyonsiz 
yaydoq cho‘llarga boqib.— Odam bolasi odamlarsiz yasholmaydi, yana buning ustiga odamlarga ham 
toqat qilmaydi. Mana, hozir — nima qilish kerak? Grishanning tuzog‘iga ilinganlar to‘daning tazyiqiga 
yurmay, ularning do‘q-po‘pisasi, qo‘rqitishlariga qaramay aql-idrok izmiga kirsalar nima qilarkin? Bu 
badbaxt afyunchining ta’siridan qutulishga o‘zlarida kuch, iropa toparmikinlar? Anavini qarang-a! 
Uchiga chiqqan xavfli firibgar ekan. Nima qilay, qanday yo‘l tutsam, to‘g‘ri bo‘ladi?» 
Nihoyat, kutilgan vaqt yetdi. Yuk poezdini to‘xtatish oldidan choparlar ikki-uch kishi bo‘lib, temir 
yo‘l bo‘ylab butalar va baland o‘sgan quyuq o‘tlar orasiga yashirinishdi. Hushtak chalib bir-birlarini 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling