Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
— Nima deysan? Qonunga yana nima tuzatish kiritmoqchisan? 
— Men ularni to‘g‘ri yo‘lga solmoqchiman, shuning uchun bu yerla «yo‘ldan urish» degan gap 
ketmaydi. 
— Yig‘ishtir, bu mahmadanagarchilikni, o‘rtoq Kallistratov. To‘g‘ri yo‘lmi, noto‘g‘rimi, bu haqda 
har kimning o‘z tushunchasi bor. Sen hazil-mazaqni qo‘y. Gapni aylantirib o‘tiradigan joy emas. Sen 
o‘zi bu qiliqlaring bilan nimalarga erishmoqchisan, hazrat otaxonim? 
— Nima, o‘ziga foyda ko‘zlab yurgandir, deb o‘ylayapsanmi? 
— Bunga shubham yo‘q. Bo‘lmasa, nima? — ko‘llarini keng yozdi Grishan va xuddi topdimmi 
deganday masxaraomuz tirjaydi. 
— Hech narsani ko‘zlagan emasman, hech narsa kerak emas,— keskin javob berdi Avdiy. 
— Juda soz! — xursand bo‘lib qichqirdi Grishan.— Ayni muddao! Hammasi to‘g‘ri kelyapti. Sen 
g‘irt giriftor telbalardan ekansan-ku, anovi. 
— Bas qil! Bilaman, sening nima demoqchi ekanligingni! 
— Bundan chiqdi, Mo‘yinqumga nasha yig‘ish bahonasida kelgan, surkalib, ichimizga kirib 
olganingga sabab mo‘maygina pul topish emas, shundaymi, axir sen pulnimas Isoni yaxshi ko‘rasan-
ku, to‘g‘rimi? Buning sababi seni seminariyadan haydaganlaridan keyin boshingni qaerga urishni 
bilmay qolganingda ham, ishing hamma joyda chakki ketganida ham emas, topdimmi? E, men o‘sha 
kashishlariing o‘rnida bo‘lganimda seni illo-billoga qo‘ymay tepib-tepib jo‘natardim — bu ahvolda 
seni boshiga uradimi ular. Kashishlar almisoqdan qolgan eski o‘yinlarni yoqtirishadi. Sen bo‘lsang, 
esingni yeb qo‘yganingdan hammasiga jiddiy qaraysan... 
— Ha, jiddiy. Sen ham menga jiddiy qara,— dedi Avdiy. 
— Bo‘lmasa-chi! Meni tushunmaydi deb o‘ylayapsanmi? Men hammasini ko‘rib turibman. Avra-
astaringgacha ko‘rib-bilib turibman kimligingni. Sen — devonasan, jinniligingdan shu ko‘ylarga tushib 
yuribsan. Aksincha bu yerlarda senga pishirib qo‘yibdimi? Nasha yig‘ib, mai qilingan og‘uni pullab, 
kun kechirib yurgan biz tuban bechoralarni ko‘zimizni ochib qo‘ygani, razolat chohidan xalos etgani 
kelgansan. Hidi uch chaqirim naridan turib odamning ko‘nglini aynitadigan siyqasi, chiqib ketgan 
pand-nasihatlarni tarqataman degansan, xaloskor bo‘laman deb ko‘nglingga tukkansan. Ularni yomon 
yo‘ldan qaytaraman, deb o‘ylagansan. Bizning o‘zgarishimiz, tavba-tazarru qilishimiz, hamma qanday 
bo‘lsa, xuddi shunday bo‘lishimizni istagansan. Axir, sen yalpi ong andozalarini g‘oyatda qadrlaysan-
ku, shunday emasmi? Mana, G’arb ham bizda hamma bir andozada fikrlaydi deb da’vo qiladi.— 
Grishan kutilmaganda yig‘ma kursichasidan dik etib turib ketdiki, unga qaragan odam sira oyog‘i lat 
yegan demasdi, u Avdiyga yaqinlashib, qizarib ketgan basharasini uning yuziga taqadi.— Hoy, sen 
xaloskor-vakil, senga qarshi qanday kuch turganini o‘zing bilasanmi, yo‘qmi? 
— Bilaman. Shuning uchun ham 6u yerga keldim. Yana ogohlantirib qo‘yay: men orqaga 
qaytmayman. Sizlarni deb, shu yo‘lga kirdim. Endi peshonamda borini ko‘raman. Sen bunga hayron 
bo‘lib o‘tirma. 
— E, hali bizni deganmisan! — Grishanning afti burishib ketdi.— Ko‘nglingni to‘q tut, hayron 
bo‘lib o‘tirmayman. Insoniyatning xaloskori ham esini yeb qo‘yib chormix qilingan edi, buning 
nimasiga hayron bo‘laman... Qo‘llari xochga mixlangan, boshi ko‘ksiga osilgan basharasi azobdan 
tirishgan — ko‘ringlar-u, yig‘langlar-u, tavob qilinglar-u oxiratgacha, ol-a! Ba’zi aqli boshidan oshib-
toshib ketganlar necha zamonlardan beri bizni qutqarmoqchi bo‘lib yurishadi, o‘zlariga shuni kasb 
qilib olishgan! Oxiri nima bo‘ldi? Bu dunyoda kim qutuldi-yu, nimalar qutuldi? Qani, javob ber! 
G’ulqofga qadar qanday bo‘lsa, hamon o‘shanday. Odam bolasi o‘sha-o‘sha. O’shandan beri odamning 
hech narsasi o‘zgarmadi. Biz bo‘lsak, hali-hanuzgacha kutamiz, ko‘zlarimiz to‘rt bo‘lib, qani, kim 
kelib biz gunohkorlarni xalos etarkin deb. Shu ishga sen, Kallistratov yetmay turgan eding. Lekin 
mana, sen ham yuzingni ko‘rsatding. Haytovur mog‘orlab qolmagan ekansan! — istehzo bilan labini 
burdi Grishan.— Marhabo, ey, navjuvon Xristos! 
— Men haqimda og‘zingga siqqanicha gapiraverishing mumkin, lekin Iso nomiga shak keltirma! 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling