Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 bo‘lsa, mayli, to‘yib-to‘yib kulsin...» Cho‘lda tong yorishib kela boshladi. Petruxa Avdiy bilan Lyonkani uyg‘otganda, hali tong qorong‘uligi ketmagandi. Uch yuz o‘ttizinchi kilometrga yo‘l olish kerak edi. Qancha barvaqt bo‘lsa, shuncha yaxshi. Chunki o‘sha yerga boshqa nasha to‘plovchilar ham yig‘ilib kelishlari kutilardi. Bironta yuk poezdini to‘xtatib, unga imi-jimida chiqib, Jalpoq-Soz bekatiga yetib olishlari kerak. So‘ng bu yerdan asta boshqa poezdlarga o‘tiradilar. Umuman, choparlar uchun yo‘lning eng xatarli qismi boshlanmoqda edi. Hammasiga O’zi rahbarlik qilardi chamasi. Uch yuz o‘ttizinchi kilometrda kim kimni: ular — O’zinimi yo O’zi — ularni topadimi, Petruxa buni tuzukroq aytmadi. Yo bilmaydi, yo aytishni istamaydi. Shunday qilib, yana yuk xaltalarini yelkalariga ortdilar-da, Petruxaning ortidan yo‘lga ravona bo‘ldilar. Petruxaning xotirasi, yo‘lni bilishiga Avdiy qoyil qoldi. Qaerda jar bor, qaerda kishi bilmas buloq mildirab oqadi, qaerda soy-o‘r bor, barini oldindan bilardi. Shunday xotira, shunday qobiliyat hayf ketayotganiga Avdiy afsuslandi. Bir ko‘rgan yerini esidan chiqarmas ekan bola! Men axir dehqon bolasiman-da, derdi u. Petruxaning aytishicha, bu yerdan ikki yuz chaqirim narida Mo‘yinqum sahrosi bor. U yerda sayg‘oqlar — cho‘l kiyiklari gala-gala bo‘lib yuradi. Idoraning «gazigi»ga minib yuradigan uddaburon odamlar hatto Orenburg tomonlardan ovga kelishadi. Kelgandayam yana qandoq! Bu yoqda tirik kaboblar istagancha chopib yuribdi. Ichkilik esa o‘zlarida yetarli. Ana, shohona ov! Lekin xatarli joyi ham bor. Mashina buzilib qolsa. Ana unda ko‘ring hangomani. Ovchilar sahroda suv qidirib, adashib, tashnalikdan o‘lib ketgan paytlar bo‘lgan. Qish paytlari esa bo‘ronlarga chidolmaganlar. Keyin faqat suyaklari topilgan. Bitta ovchi jinni bo‘lib qolgan ekan. Uni vertolyotda qidirishgan. Vertolyot uni qutqaraman desa, u vertolyotdan qocharmish. Berkinib olarmish. Orqasidan quva-quva aloha yetib qutqarib olishibdi. U bo‘lsa, gapirishni ham esidan chiqarib yuborgan ekan. Xotini ham orada boshqaga tegib ketibdi. Voy iflos-ey! Ularning hammasi shunaqa! Men uylanmayman. Shaharda bittasi bor. Juda ketvorgan. Ozgina pul tashlab qo‘ysang, tamom, joningni kirgizadi. So‘z ham bergan — bola bo‘lmaydi deb! Zo‘r moto ham olib qo‘yibman, chexlarniki, sportchilar minadiganidan. Saroyda qantarib qo‘yganman. Xohlasam, «Jiguli» ham olaman. Cho‘t emas. Lekin hammasi «Volga» dan o‘taversin. Hozir «Mersedes»ga o‘xshagani chiqqan. O’shandan olsang-da, olganga yarasha. Qo‘lga tushirsa bo‘larmikin-a, shunaqasini? Kasseta joylab qo‘ysang. Yastanib eshitib yotsang ichida. Ashula degani ham mundoq jigarlaringni ezib tursa- da. Hammasiga tanish kerak, hammasiga pul kerak, cho‘zish kerak hammasiga. «Volga»ni minib qaydasan Vorkuta deb jo‘nasang. Ko‘rib qo‘y akang qarag‘aylar deb. He-he, ichiqora kennayilar yorilib o‘ladi. Yukxonada shishalar liq to‘la. Asl toza ichimliklar. Ko‘pi chetniki. O’zimizniki ham bor. O’zi shundan yaxshisi yo‘q. Mingani esa «Volga», ana xolos... Shuning uchun, aziz jo‘ralarim, nashaning ketidan quvib yuribman-da. Sizlar ham bir narsalik bo‘lib qolinglar deb jon kuydiryapman- da... Davring keldi — sur begim, davring ketdi — tur begim... Petruxaning maza-matrasiz, go‘l aljirashlarini eshitib, Avdiyni yana hayol olib qochdi. Inson bolasi boyish vasvasasida yalpi tus olgan taqlidchilikka taqlid qilish va manmanlik o‘rtasida ovora-sarson bo‘lib yuradi. Mana shu uch narsa — ommaviy ongning uch nahang balig‘i. Hamma yerda va hamma zamonlarda odmi odamlarning hayotlari shular zaminida barqaror turadi. Barcha katta-kichik kulfatlar ulardan hosil bo‘ladi. Ularga in quradi. E’tiqodlar va qarashlarning qashshoqligi, nochorligi ham ulardan. Odmi odamlarning tengsiz qudratga ega bo‘lgan bu mafkurasini yengadigan kuchni yer yuzida topish mushkul. Din ham bundan mustasno emas. Ichi bo‘sh va havol bo‘lsa-da, hech qachon nuramas bu qoyaga ruhning qanchadan-qancha parvozlari o‘zini urib parcha-parcha bo‘lib ketmagan deysiz... Uning choparlarga qo‘shilib borayotgani ham o‘shandan dalolat — ruh nochor, lekin horimas... Peshanada bor ekanda. Yozmish... U yo‘l bo‘yi O’zi bilan uchrashuvga hozirlanib bordi — jangga. tayyor turish kerak edi. Uch yuz o‘ttizinchi kilometrga ular vaqtidan ikki soat burun yetib keldilar. Soat uchda ular shu yerda edilar. Temir yo‘l bo‘ylab ketgan jarlikka yaqinlasharkanlar, Petruxa yukxaltalarni men |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling