Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
58 Qalin o‘sgan nashapoyalarda chopa-chopa Avdiy sheriklaridan xiyla uzoqlashib ketgandi. Shunda kutilmaganda, u o‘zini yengil parvoz qilayotganday, hayoli ko‘klarda havolayotganday sezdi. Bu qachon, qanday bo‘lganligini Avdiy payqamay qoldi. Osmonda oftob saxovat bilan nur sochadi, havo issiq, allaqanday qushlar pirpirab uchishadi, sayrashadi, ayniqsa, cho‘l to‘rg‘aylari tinimsiz chuldirashadi, kapalaklar pir-pir uchib, dam qo‘nishadi, dam ko‘tarilishadi, anvoyi hasharotlar ham allanechuk o‘z kuylarini kuylashadi — misoli yer yuzidagi jannatga o‘xshaydi. Ana shu jannatmakonda shimollik oqbadan yigit Avdiy nasha hidlaridan g‘oyatda sarxush bo‘lib, xuddi murvati burab qo‘yilganday u tomondan-bu tomonga yugurgani yugurgan. U qip-yalang‘och. Boshida panamasi-yu, ko‘zida oynak, oyog‘ida kedi va ustida kichkina ishtonchasigina qolgan. U eng quyuq o‘sgan nashapoyalarni topib o‘zini ular ichiga uradi. Uning atrofida gullab urug‘ bog‘layotgan nashaning changi oqarib ko‘tariladi. Ular havo bilan Avdiyning ichiga kiradi, boshini aylantiradi, g‘uvillatadi, ko‘ziga har turli rangin manzaralar ko‘rinadi. Sarxush hayol tasvirlarga to‘ladi: ana, u mototsiklda uchib boryapti. Kechagi mototsiklchi xotinning orqasiga o‘tirib olgan. Odatda mototsiklning orqasiga xotin-xalaj minadi. Lekin Avdiy yigit bo‘la turib kattakon mototsiklni o‘zi emas, ayol boshqarib borayotganidan xijolatga tushmaydi. U mototsikl haydashni bilmasa va umuman, texnikadan uzoq bo‘lsa, ne qilsin. Xotin bilan bitta mototsiklda ketishning o‘zi maza emasmi. Ayolning sochlari qalpog‘i ostidan to‘zib chiqadi, shamolda uchib, uning yuziga uriladi, sirpaladi, qitiqlaydi uni xuddi shamolday, lablari, ko‘zlariga yopishadi, tomoqlarini qichitadi, oh, qanday yaxshi, qanday soz: gohida juvon orqasiga o‘girilib qaraydi, unga sho‘x-shan kulib qo‘yadi, ko‘zlari cho‘g‘day porlaydi — o, qaniydi, doim-doim shunday bo‘lsa, uzoq-uzoq davom etsa, asrlarcha... Shunda birdan uning ko‘zi uch bo‘ri bolasiga tushib qoldi-yu, darhol hushyor tortdi. Ana xolos! Qaydan kelib qoldingiz, azamatlar? U ko‘zlariga ishonmasdi. Uchta bo‘ri bolasi dumchalarini likillatib unga yaqinlashmoqchi, u bilan o‘ynashmoqchi bo‘lar, lekin — yuraklari to‘la dov bermas, anjo, qochib ketmas ham edilar. Oyoqlari o‘smirlarniki kabi uzun-uzun, quloqlari dam dikkaygan, dam shalpaygan, tumshuqlari cho‘zinchoq, jaynoqlangan tamtam ko‘zlari odamga kulgini qistatadigan darajada ishonch bilan boqadi. Xuddi shu narsa Avdiyning dilini qitiqlab yubordi-da, boshqa hamma narsani unutib, ularni o‘z oldiga erkalab, avrab, qiziqtirib chaqira boshladi. Avdiy bo‘richalarni yaxshi ko‘rib tamomila iyib ketgandi. Shu on ko‘z o‘ngida go‘yo oq yildirim paydo bo‘ldi. Tishlari oppoq yiltiragan qanjiq bo‘ri uning ustiga o‘qday otilib kelardi... Bu kutilmaganda, tez, lekin shunchalar sekin va dahshatli tarzda sodir bo‘ldiki, tizzalari o‘z-o‘zidan bukilib, beixtiyor cho‘kkalab o‘tirib qolgani, qo‘llari bilan boshini to‘sganini bilmadi. Xuddi shu narsa uning hayotini qutqarib qoldi. Lekin, u bundan ham bexabar edi. Bo‘ri uch qadamcha narida edi, o‘ birdan shiddat bilan sakrab Avdiyning boshidan nari oshib ketdi. Avdiyning dimog‘iga hayvon hidi gupillab urildi. Shunda ularning ko‘zlari to‘qnashdi. Avdiy bo‘rining ko‘k olov sochgan nigohini, mislsiz ko‘m-ko‘k va qahrli ko‘zlarini ko‘rdi. Vujudi muzlab ketdi. Bo‘ri esa zum o‘tmay yana uning ustidan orqaga sakradi va kuchukchalarini tishlab, turtkilab xuddi shamol yanglig‘ orqaga surib yubordi. Yo‘l-yo‘lakay jar ichidan yollari tikka- tikka bo‘lib, bahaybat kallasini chiqarib qaragan vahimali bo‘rini ham ko‘kragi bilan urib, tishlab shitob bilan orqaga qaytardi. Ular xuddi bo‘ron uchirib ketganday, bir zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar... Avdiy esa oyog‘ini qo‘liga olib qochdi, cho‘lda qancha chopganini bilmaydi, qo‘rqinch bo‘g‘zidan faryod bo‘lib otilardi. Chopib borarkan, boshi chirillab aylanar, oyog‘i cho‘yan osib qo‘yilgandek og‘irlashib ketgan, chalkashgan oyoklari tagida yer chayqalardi. Yiqilsamu turmasam, uxlab qolsam derdi. Shunda u o‘qchib-o‘qchib qusa boshladi. Ana endi o‘ldim, deb o‘yladi. Holi-joni qolmagan, lekin shunday bo‘lsa ham, o‘zini qusuqdan nari olishga kuch topar, yana yugurishga tushar, yana o‘qchib, bukchayib-bukchayib qusgani-qusgan edi. Qornida chidab bo‘lmaydigan og‘riq turdi. Ichaklarini xuddi birov tinmay tilayotgandek edi. Og‘u ichidan so‘lakaylanib tusharkan, azobdan yetti bukilgan Avdiy titrab-qaqshab xXdoga yolvorardi: «Oh, Xudoyim, bo‘ldi, bas qil! Boshqa hech qachon, hech qachon, xech qachon nasha yig‘mayman, o, Xudo, o‘zing menga rahm qil...» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling