Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
56 Sen O’zi deding. Uning soyasida jaraq-jaraq pul topyapmiz. Bildingmi? Lyonka tirik yetimcha. Hech kimga keragi yo‘q. Cho‘ntagi pulga to‘lib yursa, birovga muhtoj bo‘lmaydi. Xohlagancha yeydi, xohlagancha ichadi. Sening cho‘pchaklaring korin to‘ydirmaydi. Qachon o‘ynab-kulasan bu besh kunlik dunyoda? Stolning usti har turli noz-ne’matlarga to‘lib tursa, estradada jonon qizlar tinmay quling o‘rgilsin qo‘shiqlarni aytib o‘ynasa, jigaringdan ursa, qani, qachon qo‘rasan bunday yaxshi kunlarni? Mening aka-akajonlarim qora terga tushib ishlaganlari ishlagan, bir ko‘rsayding ularning qanday ishlayotganlarini! Ishdan boshlarini ko‘tarmaydi bechoralar. Men-chi, hohlasam, qog‘oz pulga artaman! Faqat ahmoq odamgina pulni yaxshi ko‘rmaydi, to‘g‘rimi, Lyonka? — To‘g‘ri,— taltayib bosh silkidi Lyonka, bunga hech kanday shubha bo‘lishi mumkin emas deganday. Shu tariqa Avdiy gapning uchini chiqarib qo‘ydi, xolos. Vaqti kelsa, bafurjaroq so‘zlashadi. Lekin hali pishmagan g‘o‘rani uzish yaramaydi. Avdiy buni tushunib turibdi. Aks holda, kim uni nashaga kelgan, pulning ketidan quvib yurgan bola deydi? Ertasiga tong qorong‘usida turdilar. Subhi sodiq endigina oqarib kelyapti. Chekkaroqdagi hovlilar hali uyquda. Uch chopar tomorqalardan o‘tib, ovoz chiqarmay cho‘lga chiqdilar. Hatto itlar ham hurigani yo‘q. Petruxaning gapiga qaraganda, boradigan joylari uzoq emas. U yo‘lni bilar, yovvoyi nasha duch kelishi bilan Avdiyga ko‘rsataman deb va’da bergan edi. Ko‘p o‘tmay Avdiy niyatiga yetdi. Nashaning poyasi pishiq, qattiq, baland shoxlab o‘sarkan. Shoxlarining uch tomoniga karab qoramtir yaproqlar ichra gullari mayda-mayda bo‘lib poyasiga yopishib yotadi. Osiyoga Yevropadan mana shu o‘simlikni deb kelgan edilar. «Xudoyim-ey,— deb o‘ylardi Avdiy nasha tuplariga qarab,— sho‘raga o‘xshagan ko‘rimsizgina o‘t ekan. Ayrimlar uchun unda qanchadan-qancha kayf qiladigan lazzatli shira, bang bor, shuni deb boshlarini ham tikib yuboradilar! Yer bilan bitta bo‘lib o‘sib yotibdi bu yerda!» Ha, nasha degani shu edi. Oftob ko‘tarilib yelkalarni qizdira boshladi. Atrofda bir tup daraxt yo‘q. Kimsasiz, adoqsiz cho‘l. Ular cho‘l o‘rtasida turgancha yovvoyi nasha yaproqlarini barmoqlarida ezib uqalab, uning yopishqoq, o‘tkir, achimsiq hidini dimoqlariga tortar edilar. Necha zamonlardan beri giyohvandlar buni chekib keladilar. Ne-ne go‘zal ro‘yolar uyg‘onmagan ularning ko‘knori hayollarida! Avdiy Hindiston, Afgoniston yoki Turkiyadagi Sharq bozorlarini tasavvur qilib ko‘rdi (ular haqida kitoblarda o‘qigandi). Istambul yoki Jaypurning eski shahar qo‘rg‘onlari tagida, bir zamonlardagi mashhur saroylarning darvozalari atrofida taryok, afyunni ochiqdan-ochiq sotgan, ochiqdan-ochiq olgan, shu yerning o‘zida takyaxonalarda cho‘kkalab o‘tirib chekkan bo‘lsalar kerak. Keyin xumor hayol ularni uzoqlarga olib qochgan, albatta — kim bu hayolga og‘ushta bo‘lib, haramlarda mislsiz go‘zallar bilan kayfu safolar surgan, kim shohona yasatilgan fillarda, guldor shodurvonlarda gavjum shahar ko‘chalarini shodiyona sayr etgan, kim mert bo‘lib qolgan ongning zulmatli qa’rlarida tug‘iladigan alamangiz yelg‘izlik quchog‘iga sho‘ng‘igan, so‘ng shu zulmat jonidan to‘ydirib, g‘azab otiga mingan — dunyoni tag-tomiri bilan yemirib, buzib, kulini ko‘kka sovurmoqchi bo‘lgan hozirning o‘zida, darhol, yolg‘iz yakkama-yakka!.. Bir zamonlar jannatday gullab-yashnagan Sharqning halokati va tanazzulining sababi shunda emasmikin? Nahotki suvsiz cho‘llarda har qadamda oyoqning tagida o‘sib yotgan shu nashapoyada odamning miyasini aynitadigan farah-baxsh og‘u yashirinib yotsa?.. — Oh, siz qadrdonlarim! — deb irg‘ishlardi Petruxa qo‘llarini keng cho‘llarga yozib ko‘rsatib,— Qara, ana yana, ana, ana! Hammasi o‘zimizniki, bizning nashamiz! Lekin, bu yerdan yig‘maymiz. Bular hali nima! Hech narsa emas! Sizlarni shunday joylarga boshlab boray-ki, anqayib qolasiz... Ular yana ichkarilab ketdilar va bir soatlardan so‘ng o‘rmon bo‘lib o‘sgan nashapoyadan chikdilar. Atrof-tumonatni odamni mast qiladigan gurkiragan nasha hidi tutgandi. Choparlar xursandchiligining cheki yo‘q edi. Ular nasha barglari va gullarini yig‘ishga tutindilar. Yiqqanlarini quritish uchun yoyib qo‘ydilar. Petruxa ikki soat quritilsa yetadi, ortiq kerak emas derdi. Ish qizigandan qizib borardi... hammasi joyida edi. Lekin, kutilmaganda allaqayoqlardandir vertolyotning guldiragani eshitildi. U cho‘l tepasidan pastlab uchib ular tomonga qarab kelardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling