Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
57 — Vertolyot, vertolyot! — bolalarcha xursand bo‘lib qichqira boshladi Lyonka turgan joyida irg‘ishlab. Lekin Petruxa o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. — Yerga yot, ahmoq! — deb qichqirdi u shaloq so‘kingancha. Hammalari yerga biqinib yotishdi. O’tlar orasida yashirinishdi. Vertolyot bir oz nariroqdan uchib o‘tdi. Uchuvchilar ularni payqamagan bo‘lsalar kerak. Petruxa anchagacha o‘ziga kelolmadi. U Lyonkani so‘kkani so‘kkan edi. Vertolyot atay bizni qidirib kelgan, derdi nuqul. — Nima,— der edi ming‘irlab — tepadan hammasi ko‘rinib turadi, hatto sichqon ham ko‘rinadi. Biz ahmoqlar esa yuz chaqirim naridan ko‘rinamiz. Tepadan ko‘zi tushishi bilan kerakli joyga xabar qiladi. Militsiya mashinada kelsa, qochadigan joy yo‘q. Qo‘lingni ko‘tar! O’lding! Ammo sal o‘tmay hammasi unutildi. Ishlash kerak edi. Xuddi shu kuni hech aqlga sig‘magan hodisa ro‘y berdi. Avdiy bo‘rilar galasiga duch keldi. Voqea bunday bo‘ldi. Dam olishga o‘tirdilar. Ovqatlanib oldilar. Shunda Petruxa dedi: — Menga qara, Avdiy. O’zimizning odam bo‘lib qolding. Bizga kirishib ketding. Senga bir narsa aytib qo‘yay. Senga o‘xshagan yangilar uchun bir odatimiz bor. Agar birinchi marta ishga tushayotgan bo‘lsang, O’ziga hadyami, tortiqmi, bir narsa qilishing kerak. — Yana qanaqa tortiq? — qo‘llarini hayron bo‘lgancha yozib so‘radi Avdiy. — E, to‘xta. Muncha qo‘rqmasang. Senga birov magazinga borib kel deyaptimi? Magazinning o‘zi yo‘q bu yerda. Men nima demoqchiman. Sen gugurt qutichaday bo‘lsa ham, shirachni yig‘. Nashapoya ichida birpas chopib yursang, vassalom. Nima qilish kerakligini aytaman. O’sha shirachni O’zi bilan ko‘rishganda qo‘liga tutqizasan. Do‘stligimiz uchun deysan. Aqlli odamsan-ku, bilasan nima deyishni. Hammasiga O’zi bosh, sen uning qo‘l ostidagi odam. Ishonchini qozonishing kerak... Avdiy o‘yga toldi: nima qipti, chakki emas. Nashaning asilini — shirachni o‘ziga tuhfa qilsang, yo‘ling ochiladi, tanishib ham olasan. Nihoyat, O’zini ko‘rishga muyassar bo‘lasan. Bu juda ham zarur edi! Hammani titrab-qaqshatib o‘z hukmida tutib turgan O’zi bilan uchrashish! «Hokimlik, hokimlik, ikkita odam yig‘ilgan joyda albatta biri xokim bo‘ladi!» — achchiq kulib qo‘ydi Avdiy Kallistratov. — Bo‘pti,— dedi u,— keragicha yig‘ib so‘ng O’ziga beraman. Qachon berish kerak? Bekatga borgandami? — Anig‘ini bilmayman,— tan oldi Petruxa.— Balki ertaga berarsan. — Ertaga? — Shunday. Vaqt bo‘ldi. Ketamiz. Yetadi. Ertaga yigirma birinchi. Ertaga soat to‘rtgacha albatta aytilgan joyda bo‘lishimiz kerak. Yo‘lga tushamiz. — Qaerda? — Qaerda bo‘lardi,— bilag‘onlikdan kerilib dedi Petruxa.— Boraylik. O’shanda bilasan. Uch yuz o‘ttizinchi kilometrda. Avdiy boshqa so‘rab o‘tirmadi — uch yuz o‘ttizinchi kilometr Chu temir yo‘lidagi joy ekanligini tushundi. Hammadan, O’zi bilan uchrashuv ertaga o‘sha yerda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun vaqtni boy bermay tezroq shirach yig‘ish kerak emasmi? Bu ishning o‘zi qiyin emas ekanu, lekin odamni juda charchatib yuborarkan. Ishning usuli ham yovvoyilarcha. Qip-yalang‘och bo‘lib nashapoya ichida chopib yurish kerak. Shunda badanga nasha gullarining changlari yopishadi. Keyin ularni asta uqalab olinadi. O’sha kuni Avdiy Kallistratov toza halak bo‘lib yugurdi. Umrida bunday chopmagandi! Nashaning shira changi ko‘zga bazo‘r chalinadi. Rangini bilib bo‘lmaydi. Lekin, juda yopishqoq shirachday bo‘ladi. U badanga o‘rnashib yopishib qoladi. Ammo, uni sidirib olish osonmas. Ko‘p urinib ozginagina shirach yig‘ish mumkin. Lekin O’zi bilan ko‘rishmasa bo‘lmaydi. Bu mamlakatga jar soladigan, og‘ir dard-kasallikdan ogoh etadigan, bong uradigan gazeta maqolasi uchun g‘oyatda zarur. Avdiy buni juda yaxshi his qiladi va shuning uchun javzoning so‘xta qilib yuboradigan oftobiga qaramay u yoqdan-bu yoqqa chopgani chopgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling