Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
hech narsani bilmayman de. Xo‘pmi? 
Xo‘p demay ilojing qancha, xo‘pmi, xo‘p... Lekin Avdiyning diqqatini oshirayotgan bu narsa 
emasdi. Indamay jim yurishga majbur bo‘layotganidan, katta-katta pul o‘marishning tayg‘oq va jinoiy 
yo‘liga kirgan bolalarga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmayotganidan xunob edi. Yuragi va’z aytish ishtiyoqi 
bilan to‘lib-toshar, lekin ko‘ngil amrini ado etolmasdi. Agarda Avdiy fikr va so‘zning kudrati bilan 
bolalarni ikkilan-tirib, o‘ylantirib qo‘ya olganda, qanchalar tubanlikka tushganlarini ularga uqtira 
bilganda va ular vijdon sasiga quloq tutib, bunday nomunosib hayotdan batamom voz kechish fikriga 
kelganlarida ham, baribir oxir-oqibatda bunga ularning qurblari yetmagan bo‘lardi. Sababi oddiy va 
oson: ular o‘ch olishga haqi bo‘lgan boshqa odamlar bilan og‘ir ahd-paymon qilinganlar, bu iskanjadan 
o‘zlarini aslo bo‘shatolmaydilar. Xiyonat yo‘liga kirmoqchi bo‘lganni esa dahshatli qasos kutadi. Shu 
buzuq chevirikni qanday pachaqlab tashlash mumkin? Nashavandlar va choparlarning hayotlarini o‘z 
ko‘zim bilan obdan ko‘rib, so‘ng bularni gazetada jiddiy yoritib beraman, odamlarning ko‘zlarini 
ochaman, olijanob maqsadlar uchun xizmat qilaman, degan hayolgina Avdiyga andak taskin berib 
turardi. Bu bir hovuch yo‘ldan ozgan yoshlarni xalos etish uchun olib boriladigan axloqiy kurashning 
boshlanishi bo‘ladi, deb umid qilardi Avdiy. Bu mashmashalarga beixtiyor aralashib qolgani
Petruxaning to‘dasiga toqat qilib kelayotganligining boisi ham faqat shu edi. 
Uchquduqqa kelganlarining uchinchi kuni arzimagan bir voqea bo‘lib o‘tdi. Avdiy bunga unchalar 
ham e’tibor bermadi. Petruxa esa voqeani bilgach, oyog‘i kuygan tovuqday bezovtalanib qoldi. O’sha 
kuni Petruxa ovuldagi qo‘shnilari, urush nogironining aravachasida sovxoz markaziga konserva, 
sigaret, qand-qurs keltirgani ketgan edi. Chunki ertasiga saharlab cho‘lga otlanadigan edilar. Elning 
ko‘ziga esa go‘yo, boshqa joyga uy solgani jo‘naganday bo‘lib chiqardilar. 
Lyonka uyning ichini suvoqdan chiqarar, Avdiy esa, soyaroq joyni tanlab omborxona uchun eshik 
yasardi. Birdan ko‘cha tomondan mototsiklning patillagani eshitildi. Avdiy o‘girilib qo‘lini 
peshanasiga qo‘yib qaradi. Uy oldida tarillab katta mototsikl to‘xtadi. Egasi undan qushday yengil 
sakrab tushdi. Mototsiklni yoshgina ayol haydab kelganligini ko‘rib Avdiy hayron qoldi. Bunday 
vahimasi zo‘r mashinani abjag‘i chiqqan uydim-chuqur yerlarda qanday haydar ekan-a?! Xotin 
boshidan ikki chetida kamarchalari likillab turgan kaskasini yechdi, ko‘zlaridan shamolhimoya 
ko‘zoynagini oldi, boshini silkib-silkib qo‘ydi, sariq sochlari yelkalariga sarsarak sochildi. 
— Issig‘-ey! — jilmaydi u qator oppoq tishlarini ko‘rsatib. 
Voy Xudoyim-ey, changga botganimni qarang! — xushchaqchaqlik bilan dedi u ustidan 
changlarini qoqarkan.— Salom! 
— Yaxshimisiz,— tortinibroq salomlashdi Avdiy. Petruxaning ahmoqona pand-nasihatlari unga 
o‘z ta’sirini ko‘rsatgan edi. «Kim bo‘ldi? Nega kelganiykin bu yerga?» — miyasidan o‘tdi Avdiyning. 
— Xo‘jayin shu yerdami? — so‘radi mototsikl minib kelgan xotin hamon chehrasidan tabassum 
arimay. 
— Qanaqa xo‘jayin? — tushunmadi Avdiy.— Uyning egasimi? 
— Ha, uyning egasi. 
— Hozir uyda yo‘q shekilli. Mollarini haydab ketganga o‘xshaydi. 
— Nima, siz uni ko‘rmadingizmi? 
— Yo‘q, ko‘rmadim. Yo‘q, ko‘rdim sal-pal, yaqinda kelib ketgan edi. Lekin u bilan gaplashganim 
yo‘q. 
— Qiziq, qanday qilib u bilan gaplashmaysiz, siz shu yerda ishla-yapsizmi o‘zi, unga uy solyapsiz 
shekilli? 
— Kechiring. Men haqiqatan ham, u bilan gaplasholganim yo‘q. U shoshib turgan edi. Kattamiz 
gaplashgan u bilan. Kattamizning oti Petr. Hozir bu yerda yo‘q. Tezda kelib qolishi kerak. 
— Menga buning aloqasi yo‘q, aybga buyurmang. O’rmonni ko‘rmoqchiydim. Ishim bor edi 
o‘rmonda. Yo‘l-yo‘lakay kirib o‘ta qolay, uydadir devdim. Xo‘p, kechiring, men xalaqit berdim 
shekilli. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling