Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
Vagon g‘ildiraklarining tovushi birdan kuchaydi — vagondan vagonga o‘tgan yo‘lovchilar tambur 
eshigini ochiq qoldirgan edilar. Petruxa tambur eshigini yopdi. G’illiraklarning taraqa-turug‘i bir oz 
bosildi, nihoyat dedi: 
— Unda menda yo‘q ekan-da. Senda Avdiy, u bormi, yo‘qmi? 
— Bilmadim, Pyotr. Bo‘lsa edi deyman, koshkiydi... 
— Senga u kerakmi? 
— Ha, usiz ilojim yo‘q... 
— Ana xolos,— norozi bo‘ldi Petruxa. Nimadir uning g‘ashiga tekkandi.— Xudo kerak bo‘lsa, 
unda nima p... yeb biz bilan yuribsan? 
Avdiy gapni chuqurlashtirishning vaqti ham, o‘rni ham emasligini sezdi. 
Lekin axir, pul ham kerak-ku,— dedi u murosa ohangida. 
— E, gap bu yokda desang-chi. Yo Xudo, yo mulla jiring! Pulning ketidan quvibdilar-da! 
— Shundayroqqa o‘xshaydi,— tan olishga majbur bo‘ldi Avdiy. Bu gapdan keyin Avdiy 
Kallistratov ancha narsalarni o‘yladi. 
Avvalo, yo‘l bo‘yi qorasini ko‘rsatmay chopar bolalarga ko‘z-quloq bo‘lib kelayotgan O’zi uncha-
munchaga ishonavermaydi. Aftidan, pixini yorgan va juda berahm bo‘lsa kerak. Agar qilayotgan 
ishining biron yerida ishkallik sezsa, u o‘zini va o‘z ortida turganlarni xavf ostiga qo‘ymaslik uchun 
har qanday yo‘l bilan o‘ch oladi. Hech narsadan qaytmaydi. Boshqacha bo‘lishi ham mumkinmas. 
Buni o‘z oti bilan giyoh bilan savdo qilish deb qo‘yibdi. Avdiyning birinchi chiqargan xulosasi 
shunday edi. Petruxa va boshqalar bilan yo‘ldagi gap-so‘zlardan ikkinchi aniqlagan narsasi shu 
bo‘ldiki — chopar bolalarga so‘z bilan ta’sir o‘tkazsa bo‘larkan. Va’zxonning vazifasi ham shu: chin 
dildan samimiy so‘z yuritish, hech qanday xavf-xatarga qaramay so‘z bilan fidokorlarcha tushuntirish
axir, bir paytlar fidoyi din yoyuvchilar jonlarini Xudo yo‘liga tikib, yovvoyi Afrika qabilalari ichiga 
Iso Ruhillo kalomini yetkazmagan edilarmi; zero, adashgan dillarni xalos etish — uning asl taqdirida 
bor, hayotining tugal ma’nosi va mazmuni ham ehtimol, xuddi mana shundadir,— ha, u dillarni xalos 
etadi. 
Ular Jalpoq-Soz manziliga ertalab soat o‘n birlarda yetib keldilar. Bekat katta, undan yana boshqa 
poezdlarga o‘tirilardi. Temir yo‘lning ikki izi tongda ko‘zga chalingan uzoq qorli tizma tog‘lar sari 
ketardi. Shuning uchun bu yerda turli tomonlarga boradigan yo‘lovchilar serob. Chopar bolalarga bu 
ham qulay. G’ala-g‘ovur bekatda bemalol ko‘zga tashlanmay yursa bo‘ladi. Hammasi xamirdan qil 
sug‘urganday silliqqina o‘tdi. Tushlik payti barchalari vokzaldagi oshxonaga kishi bilmas, lekin 
chaqqon yig‘ilib kelganlarida, Avdiy hayron qoldi. Avdiyni ham qo‘shib hisoblaganda, cho‘lga nasha 
yig‘ish uchun boradiganlar o‘n ikki kishi edi (unga shunday tuyuldi). Chopar bolalar stollar atrofida 
bitta-ikkitadan bo‘lib o‘tirishardi. Hamma bir-birovining ko‘z o‘ngida. Lekin, hech kim hech kimga 
ochiq so‘z qotmaydi. Ular oddiy yo‘lovchilardan aslo farq qilmaydilar. Ko‘proq Lyonkaga o‘xshagan 
o‘smirlar va Petruxaday bo‘yi cho‘zilib qolgan yigitchalar. Ayni yoz mavsumi. Kim qayoqqadir 
ketyapti, kim qayoqdandir kelyapti. Odatdagiday osiyoliklar yevropaliklar bilan aralash-quralash... 
Tartibni saqlash uchun bu yerga militsiya xodimlari dam-badam kirib chiqayotgan va bekatning o‘zida 
ham har qadamda militsioner yurgan bo‘lishiga qaramay, choparlarning avzoyidan hech narsa 
bilinmasdi. Ular tezgina ovqatlanib, o‘rinlarini boshqa navbat poylab turganlarga bo‘shatdilar. 
Shundan so‘ng xuddi bir ishora bo‘lganday darhol har tomonga imi-jimida tarqaldilar. Har birining 
o‘ziga yarasha yuki ham bor: non, konserva va boshqa turli-tuman zarur narsalar solingan to‘rxaltalar, 
charm sumkalar, portfellar. Mana shunday qilib, nashavand choparlar joy-joylariga, Mo‘yinqum 
atrofidagi yaydoq cho‘llar ichiga sochilib ketdilar. 
Petruxa, Avdiy va Lyonka O’zi belgilab bergani va topshirig‘i bo‘yicha uchovlon yo‘lga tushdilar. 
Avdiy O’zini bari bir ko‘rolmadi. Lekin butun ish O’zi tomonidan boshqarib turilganiga hech qanday 
shak-shubha yo‘k edi. Ular eng olis joyga, «Uchquduq» sovxozining Mo‘yinqumga taqalgan 
bo‘limigacha O’zi tomonidan ajratilgan va Petruxaga berib qo‘yilgan yigirma besh so‘mga yo‘lovchi 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling