Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
49 Avdiy Kallistratov bu odamlarni yomon yo‘ldan qaytarsam, ko‘zlarini ochsam, ular o‘zlariga boshqacha, ochiq bir nazar bilan qarab ko‘rsalar, hayotlarini zaharlab turgan qo‘rqinchdan va shu qo‘rqinchning ta’qibidan xalos etsam, deb orzu qiladi. Olgan bilimlari, juda boy bo‘lmasa-da, lekin yetarlicha orttirgan turmush tajribalari zaminida u olijanob, ezgu niyatlarini amalga oshirish yo‘llarini izlardi. Hozir u seminariyadan ketgani, rasmiy cherkovdan chiqarilganiga qaramasdan dilida targ‘ibotchi hamda va’zxon bo‘lib qolganligini, inchunin, hayot yo‘lida qilishi mumkin bo‘lgan birdan- bir ulug‘ ish — odamlarga haqiqat va yaxshilik so‘zini o‘zi bilgan, anglagan darajada yetkazish deb tushunardi. Buning uchun alohida fatvo olish shart emas, buning uchun o‘zing sig‘ingan narsaga sadoqatli bo‘lishing kifoya. Lekin, bularning bari hali yaxshi niyat, xolos. Yurak va aql amri bilan u nima qilishi zarurligini hali to‘la tasavvur eta olmasdi. Ko‘ngilda shirin hayollarga berilish, shu hayollarda tubanlarni tubanlikdan xalos etish boshqa va shu bilan birga, sening pand-nasihatingga, maslahatingga aslo muhtoj bo‘lmagan tirik odamlar o‘rtasida yaxshilik qilish — butunlay boshqa. Ular misol uchun xuddi o‘zlariga o‘xshagan, dunyoning bir chekkasiga nasha yig‘ish va pul ishlash uchun ketayotgan allaqanday bir Avdiyning va’z-karsoniga zormikinlar. Ularning taqdirlarini nurli tomonga burish ishtiyoqida yongan Avdiy Kallistratov bilan ularning necha pullik ishlari bor deysiz. Avdiy Kallistratov Xudo kalima ichida yashaydi va kalima ilohiy qudrat kasb etmog‘i uchun u chin va pok haqiqatdan tug‘ilmog‘i kerak, degan bo‘lsa ularga nima. Avdiy esa bunga xuddi borliqning qonuniday ishonadi. Lekin u hali bir narsani bilmaydi: yaxshilik yomonlik yo‘liga kirganlarga yordam bermoqchi bo‘lganda ham, yomonlik baribir yaxshilikka qarshi turaveradi... Ammo bu ko‘rgiliklar hali oldinroqda... VI To‘rtinchi kun tong azonda qorli tog‘larning bukir tizmalari ko‘zga chalindi. Poezd ular ketayotgan Chu va Mo‘yinqum cho‘llariga yaqinlashardi. Tep-tekis kengliklardan so‘ng keladigan qorli tog‘lar tarxi cho‘lmakonlarda o‘ziga yarasha bir belgi bo‘lib qolgandi. Cho‘llar bag‘riga kirib ketavergan sari tog‘lar ko‘zdan uzayib so‘ng yo‘qolardi. Lekin mana, yerning huv chetidan quyosh boshini ko‘tardi va olamni osuda nurlari bilan to‘ldirdi. Taqdirlari bir-birlariga sira o‘xshamagan turli-tuman yo‘lovchilar tushgan poezd tog‘larga yetmay turnaqator tizilgan vagonlari quyoshning ilk shu’lalarida yaraq-yuruq qilgancha, tongning arg‘uvon ko‘ylagi yoyilgan biyobonlarga burildi — u yoqlardan endi tog‘lar ko‘zga tashlanmaydi... Nashavand choparlar Jalpoq-Soz bekatida tushishlari kerak edi. Undan uyog‘iga har kim o‘zicha, o‘z bilganicha tavakkal harakat qiladi. Ammo to‘da o‘sha-o‘sha — bitta, niyat ham o‘sha-o‘sha — bitta. Lekin bularning hammasini kim boshqaradi, kim o‘sha O’zi — doim ularni ko‘z yummay kuzatib turgan — Avdiy Kallistratov ana shuni bilishni istardi. Lekin ayrim uzuq-yuluq, ivir-shivir so‘zlardan bo‘lak hech narsa unga ma’lum emasdi. Uch soatdan so‘ng Jalpoq-Soz bekati keladi. Choparlar yig‘ishtirinib g‘imirlab qolishdi. Kechasi o‘lguday ichishgan edi. Petruxa oxirgi topshiriqlarni olish uchun O’zining huzuriga borishdan avval hojatda uzoq yuvindi. Yo‘lovchilar toza diqqat bo‘lishdi. Choparlar o‘tgan kecha shampandan boshlashdi. Shampanni xuddi limonad ichganday ermakka stakanlab ichisharkan. Keyin arokqa o‘tishdi. Shuning asorati ertalab ancha bilindi. Tirmizak Lyonka-ku, qiyshanglab, rosmana chuldirab qoldi. Avdiy ertalab uni bazo‘r oyoqqa turg‘izdi. Jalpoq-Sozga yetdik degandan keyingina Lyonka zo‘rg‘a ko‘zini ochib, taxtaga oyog‘ini osiltirib o‘tirdi. Sochlari to‘zg‘ib ketgan boshi ingichka, qiltiriq bo‘ynida arang osilib turardi. Shu zumrasha g‘ayriqonuniy yo‘l bilan ancha-muncha pul topadi. Hayoti halitdanoq butunlay barbod bo‘lgan desa, albatta, bunga hech kim ishonmasdi. Poezd poyonsiz tekisliklardan ravon ketib borardi. Qaerdadir, qaysidir vagonda uning O’zi ketyapti. Boshi chirillab aylangan, karaxt Petruxa bosh og‘rig‘ini bosish uchun bir stakan qorayib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling