Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
Avdiy o‘sha tomonga yurdi va ko‘p o‘tmay Grishanga ko‘zi tushdi. U o‘t-o‘lanlar orasida 
mo‘‘jazgina kursichada qo‘lida tayoqcha o‘ynab o‘tirardi. Kepkasini manglayiga bostirib kiygan. 
Sezgir odam bo‘lsa kerak, Avdiy hali yaqinlashmay turib, o‘girilib qaradi va kaftiga yo‘talib qo‘ydi. 
Undan nariroqda yana ikki kishi o‘tirishardi. Hammasi bo‘lib uch kishi. Shunda Avdiy tushundi: O’zi 
mana shu odam... Qadami taysallagan Avdiy badaniga sovuq o‘rmalaganligini his qildi. Yuragi 
gursillab tez-tez urib ketdi... 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
IKKINCHI QISM 

— Yaradorga salomlar,— dedi Avdiy iloji boricha odmigina qilib, shu bilan u qattiq dukirlab 
urayotgan yuragini bosmoqchi edi. 
Xuddi baliqchilarnikiday mo‘‘jazgina yig‘ma kursichada tayoq o‘ynb o‘tirgan Grishan bir ko‘zini 
qisib qaradi. 
Salom-ku, salom, lekin kimdan ekan bu salom? 
Avdiy beixtiyor kulib qo‘ydi. 
— Avvalo sening sog‘-salomatliging kerak odamdan-da, bu salomlar. 
— E shundaymi! G’oyat minnatdorman, haddan tashqari minnatdorman, yaxshi boshlangan 
ishning oxiri ham yomon bo‘lmaydi. Kimsasiz cho‘lda ko‘ngil so‘raganning yo‘rig‘i ham boshqa. 
Nimasini aytasan! Hammamiz ham issiq jonmiz-da, to‘g‘rimi? 
«Gapga chechan ekan, buning ustiga ko‘p kitob o‘qigan bo‘lsa, ish chatoq. Bunaqasini sira 
kutmagan edim, o‘lay agar. Ohanjama qiladi, o‘zini mahmadona qilib ko‘rsatyapti,— deb o‘yladi 
Avdiy.— Nima sababdan? Yoki O’zining nayrangimikin bu?» Avdiy Grishanning chehrasiga qarab, 
esda qoladigan hech narsasi yo‘q ekan, deb qo‘ydi ichida. Tashqaridan u g‘oyatda jo‘n odamga 
o‘xshab ko‘rinardi: bo‘yi o‘rtachadan balandroq, sochlari birmuncha qo‘ng‘ir ust-boshi ham yoshiga 
monand, ko‘zga unchalik tashlanib turmaydi, jinsi shim, yoqasi «molniya»li eskigina ko‘ylak, boshida 
cho‘ntakka ham sig‘ib ketaveradigan ko‘rimsizgina shapka. Agar Grishan cho‘loqlanmasa va shu 
tufayli qo‘lida yo‘g‘on g‘o‘dir tayoq ko‘tarib yurmasaydi, uni odamlar orasidan ajratib olish qiyin 
bo‘lardi. Ko‘proq tikilib qaragan kishi balki Grishanning ko‘zlarini eslab qolsa ajabmasdi. 
Jaynoqlangan qo‘yko‘zlarining ma’nosi to‘xtovsiz suratda o‘zgarib turar, ehtimol o‘zi ham sezmagan 
holda u tinmay ko‘zlarini qisar, o‘g‘rincha qiya qarar, rangini bilib bo‘lmaydigan qoshlarini uchirar, 
xuddi burchakka qisib qo‘yilgan, tashlanib, chovut solib, tishlamoqchi bo‘layotgan, lekin jur’ati 
yetmayotgan va shunga qaramasdan bari bir yurak yutib, irillayotgan, po‘pisa qilayotgan vahshiy 
jondorga o‘xshardi. Ehtimol gapirganda baralla ko‘zga tashlanadigan singan tepa kurak tishi tufayli 
shunday taassurot tug‘ilsa ham ajabmas. «Tilla tish qo‘ydirib olishi ham mumkin edi, lekin negadir 
buni xohlamagan,— deb o‘yladi o‘zicha Avdiy.— Balki ortiqcha ko‘zga tashlanib turishni istamas». 
— Oyoqqa nima qildi? Qayrilib ketdimi? Qaramay qadam qo‘ygandirsan-da? — odob yuzasidan 
so‘radi Avdiy. 
Grishan boshini noaniq chayqab qo‘ydi. 
— Ha, jinday lat yedi shekilli. Ko‘zimga qaramaganman, to‘g‘ri aytding, Avdiy, isming shunday 
shekilli, a? 
— Ha, ismim Avdiy. 
— Injildan olinganmi deyman. Xo‘p ismlar bo‘ladi-da, a,— so‘zlarni atay cho‘zib, tamshanganday 
yamlanib fikrlardi Grishan.— Avdiy — cherkovning isi kelib turadigan ism,— o‘ychanlik bilan dedi 
U-— Qarang-a, odamlar bir paytlar Xudoni dillariga tugib yashashgan. Rus o‘lkasidagi 
Prechistenskiylar, Bogolepovlar, Blagovestovlar mana shundan chiqishgan-da. Sening familiyang ham 
ismingga yarasha bo‘lsa kerak deyman, a, Avdiy? 
— Kallistratov. 
— Ana ko‘rdingmi, hammasi to‘g‘ri kelyapti... Mening nomim esa juda jo‘n, qora ishchining nomi 
— Grishan. Lekin, gap bunda emas. Shunday qilib desang, sen haqsan, Avdiy Kallistratov, oyog‘imga 
qaramaganman. Bundan qo‘rqinchli bir xulosa chiqadi: odam agar g‘irt ahmoq bo‘lmasa, albatta 
oyog‘ining tagiga qarab yursin. Bosh aqlsiz bo‘lsa oyoqqa jabr, degani ham mana shu haqda aytilgan. 
Ko‘rib turibsan, oqsoqlanib qoldim. Shu desang, bemaza ishlar. 
— Oqibati ham ancha bilingandir? — so‘radi Avdiy Petruxa aytgan gapga shama qilib. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling