Microsoft Word davron ziyouz com doc
Download 233.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davron ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
17 Davron uni tanigan, ammo ismini eslolmay turgan edi. — Endi shu yerlarni qo‘riqlash menga topshirilgan, — dedi yigitcha, — yuring, orolni aylantiray. U qayiqni orqaga itarib, chaqqonlik bilan chiqib oldi-da, motorni yurgizdi. Davron ham chiqdi. — Yovvoyi sigirlarni ko‘rasizmi? — dedi yigitcha. Daron tushunmadi. — Uch-to‘rtta sigir paydo bo‘lgan. Daryoda suv kamligida o‘tishgan. Keyin qaytib o‘tisha olmay yovvoyilashib qolishgan. Odamni ko‘rdi deguncha qochadi. Qayiq uchli tumshug‘i bilan sokin oqayotgan suvni ikkiga ayirib ilgariladi. Tinchi buzilgan daryo uning ortidan anchagacha chayqalib turdi. Qayiq orolga yaqinlashganda Davronda g‘alati bir his uyg‘ondi: orolga tushgisi, mana shu yovvoyi chakalakda qolgisi, yolg‘iz yashagisi, dunyo tashvishlaridan, shovqinlaridan yashiringisi keldi. Nima uchundir odamlar, hatto baliq tutib yurgan do‘stlari, rais bilan kurashish o‘rniga achchiq qilib arazlab yurgan Yigitali aka, daryodagi baliqlar qo‘riqchisi bo‘lgan shu qisiq ko‘zli yigit ham ko‘ziga xunuk ko‘rinib ketdi. Yodiga tushgan barcha tanishlaridan nafratlandi. Buning uchun asos ham topdi. Davron mana shu odamlardan xayolan qochib oroldan panoh izladi. Ammo xayolini yashin kabi yoritgan bu fikr xuddi shu yashin kabi bir onda so‘ndi. Avvalo, u sira bunday qilolmasligini biladi. Istak bilan iroda o‘rtasidagi tafovutdan ko‘p qatori Davron ham bahramand. Qolaversa, tarki dunyo bilan muddaoga erishib bo‘lmaydi-ku! Aytaylik, biror kimsa yolg‘iz yashamoqqa jur’at qildi. Shu harakati bilan nimaga erishadi? Faqat ojizligini namoyish etmaydimi?! Bundan ko‘ra yomonni ochiq- oydin yomon deyishga, u bilan kurashishga intilgan afzal! Davron oniy istagini shunday fikrlar bilan qoralab, xayolga botib o‘tirardi. Qayiq tezligini kamaytirib qalqib ketdi. — Ana, qarang, yaqin borsak, qochadi, — dedi yigit uning o‘yga borib o‘tirganini sezmay. Davron yalt etib u ko‘rsatgan tomonga yuzlandi. Sohilda uch sigir ularga sergaklanib qarab turardi. Qayiq yaqinlashgach, uchovi bir lahzada orqasiga burildi-da, ikki yonga qappayib chiqib turgan qorinlarini selkillatib yugurib ketdi. Daraxtlar ularni odamlar panohidan yashirdi. — Ko‘rdingizmi, yovvoyilashib qolgan, — dedi yigit qayiqni burib, tezlikni oshirar ekan. — Endi ularni nima qilishadi? — Nima qilishardi, suv sayozlashgach, qishloqqa borib sigirlar kimniki bo‘lsa, olib chiqsin, bo‘lmasa otib tashlaymiz, deb e’lon qilishadi. — Kim? — Ovchilar jamiyati-da. Bu yerlarni qo‘riqxonaga aylantirishar emish. Shuning uchun uy hayvonlarini boqish mumkin emas ekan. Egalari olib ketmasa otishadi, turgan gap. Bu yerda qadim jayrondan tortib yo‘lbarsgacha bo‘lgan ekan, endi shularni olib kelib ko‘paytiramiz, deyishyapti. Qayiq suvni to‘lqinlatib qirg‘oq bo‘ylab boradi. Davron ko‘zini oroldan uzmaydi. Nazarida har bir buta ortidan sigirlar javdirab qarayotganday, «Odamdan hurkib qochib ketishdi... Odamni eng ongli, eng oliy mavjudot deymiz. Lekin ayrim harakatlarida ongning zarrasi ham sezilmaydi. Hayvonlarni ayovsiz qirib yubordi. Ilgari ochdan o‘lmaslik uchun ov qilgan. Keyin shunchaki havasga o‘ldira boshladi... O‘z nafsini qondirish uchun erkdan ayirib qafasda saqlaydigan bo‘ldi. Qazilma paytida necha xil noma’lum hayvonning, necha xil o‘simlikning iziga duch keldik. Mutlaqo qirilib ketgan hayvonlarning sanog‘i yo‘q. Yaxshi hamki, borlarini saqlash harakatiga tushildi. Yo‘qsa, yer yuzidagi hayvonot dunyosi yaqin yillarda muzeylardagi tuluplardan iborat bo‘lib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling