Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
tuproqdan tozalay boshladi. Temir ancha katta edi. Uni batamom ochguncha Davron 
terga pishdi. U dunyodagi barcha narsani unutib ishlardi. Oddiy temir emas, balki 
tillarang odam haykali ochilgani sayin Davron tobora shoshilardi. U qulog‘i 
shang‘illaganiga, hushtak chalinganiga ham, tushlik ovqatga taklif qilgani kelib hayrat 
bilan tikilib turgan yigitlarga ham e’tibor bermadi. Haykal sirti tuproqdan holi bo‘lgach, u 
bir necha daqiqa harakatsiz qoldi. Hushtak ovozi eshitilishi bilan quloqlarini qo‘llari bilan 
mahkam berkitdi. «Demak, bejiz emas ekan, sharpa meni bekorga ta’qib etmabdi!» U 
haykalga tikilganicha to‘xtovsiz shunday deb pichirlar, yigitlar esa nima qilishini bilmay 
qarab turardilar. Davron shu ahvolda uzoq o‘tirdi. Ko‘z oldiga uch barmoqli yassibosh 
odamlar keldi. Vujudi titradi. 
Yigitlarning biri Davronning qaltiray boshlaganini sezib unga yaqinlashdi-da, 
yelkasidan asta ushladi. Davron cho‘chib orqasiga qaradi. Xuddi tanimayotganday, endi 
ko‘rib turganday tikildi. 
— Topildi.. — dedi pichirlab. So‘ng asta o‘rnidan turdi. 
— Topildi! 
U shunday deb yigitni mahkam quchoqladi. Kipriklarida qalqigan yoshni tutib 
turolmadi... 
Tushlik qilish xayollaridan ko‘tarildi. Quyoshning o‘tli nafasini ham, tashnalikni ham 
unutib ishladilar. Kechagacha tilla rangli haykallarning oltitasini kavlab oldilar. 
Haykallarning hammasi bir yerda — ikkitasi tik, qolgan to‘rttasi yotiq holda edi. 
Qorong‘i tushgach, ishni to‘xtatishga majbur bo‘ldilar. Davron Niyozning qaytishini 
kutdi. Undan darak bo‘lavermagach, institutga xabar yuborish uchun kolxoz markaziga 
yo‘l oldi. 
X o t i m a 
Yozyovondan topilgan tilla haykallar siri o‘rganilguncha yillar o‘tdi. Bu orada Yerdagi 
sezgir asboblar noma’lum sayyoradan uzatilayotgan to‘lqinlarni qabul qildi. Yerdan turib 
olib borilgan spektral tahlil Somon yo‘lidagi kichik bir sayyora atmosferasida suv bug‘i 
borligini aniqladi. Oradan yana yillar o‘tgach, yerliklar o‘z vakillarini Somon yo‘li sari 
uzatdilar... 
 
1978 yil. 
 
www.ziyouz.com
2007 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling